Sarlavha - ilmiy adabiyot mavzuini bildiradi.
Annotatsiya - titul varaqining orqasida joylashadi; mazmunning qisqacha tavsifi va kimga mo’ljallanishini anglatadi;
Mundarija - mavzu bayonining rejasi, kitobning ko’rsatgichi;
So’z boshi - muallif qo’ygan vazifalar bayoni; nashr yoki qayta nashrning zaruratini asoslaydi.
Xulosa (xotima) - yakun, qisqacha xulosalar;
Bildirgichli tuzilma (glossariy) - tushuntirilishi lozim bo’lgan kalitli so’zlar, atamalar va shu kabilarga izohlar.
1. Kurs ishining maqsad va vazifalari.
1.1. Kurs ishining maqsadi
Kurs ishi talabaning mustaqil ilmiy tadqiqot ishi bo’lib, u mutахаssislik fanlarining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o’zlashtirish, mоliyaviy hisоb va hisоbоt muammolarini o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish asosida yoziladi.
Kurs ishining asosiy maqsadi talabani tanlangan mavzuning ilmiy-amaliy muammolarini yoritib berish va ularning echimini topish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishga o’rgatishdir.
1.2. Kurs ishining vazifalari
Kurs ishi yozishning vazifalari quyidagilardan iboratdir:
mutахаssislik fanlardan o’tilgan nazariy materiallarni mustahkamlash va talabalarni muammoli mavzuni ilmiy nuqtai-nazardan yoritib berishga hamda amaliyotga tadbiq qilishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga o’rgatish;
talabalarda aniq muammoni qo’yish va uni echish qobiliyatini rivojlantirish;
talabalarni ilmiy va amaliy faoliyatda adabiyotlar, amaliy tahliliy va statistik ma’lumotlar va boshqa materiallardan foydalanishga o’rgatish.
Kurs ishi mavzusining yoritilishi va uning talab darajasida bajarilishi talaba ilmiy-nazariy tayyorgarligining muhim ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
2. Kurs ishini yozishga tayyorgarlik.
2.1. Kurs ishi mavzusini tanlash
Bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo’lgan kurs ishi mutахаssislik fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo’lib, kurs ishi yozish uchun tanlangan fan(predmet) ishchi o’quv rejasiga kafedra majlisi qarori asosida aniqlanadi.
Talaba tomonidan kurs ishini muvaffaqiyatli bajarish ko’p jihatdan mavzuni to’g’ri tanlab olishga bog’liqdir. Talaba o’z ilmiy va amaliy qiziqishlarini hisobga olgan holda kurs ishi mavzusini kafedra tomonidan tuzilgan va tasdiqlangan ro’yxat ichidan mustaqil ravishda tanlab olishi kerak.
Kurs ishining mavzulari odatda fan o’qituvchisi tomonidan talabalarga semestr boshida e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |