Oliy va о‘rta maxsus ta’lim


Download 0.76 Mb.
bet19/31
Sana21.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1639404
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
Αzbekiston respublikasi

Kompozitsiya - bu lotincha so‘zdan olingan bo‘lib “bir butunlik, yaxlitlik” ma’nosini bildiradi.
Tadbir kompozitsiyasi - Asarda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni bir maqsad sari yetaklovchi g’oya orqali, dramaturgiya qonuniyatlari asosida bir-biri bilan bog’lovchi tuzilmadir. Teatrlashtirilgan tadbirlarning kompozitsion tuzilishi prolog (muqaddima), bosh voqea, voqelar rivoji, tugun, qarama-qarshilik, kulminatsiya, final kabi komponentlarni o‘z ichiga oladi. Ba’zi hollarda teatrlashtirilgan tadbirlar, xususan ommaviy bayramlarning kompozitsion tuzilishida tugun, qarama-qarshilik, yechim kabi komponentlar uchramaydi. Chunki bu tadbir to‘laqonli teatrlashtirilmagan bo‘lib maqsad va g’oya asosan qo‘shiq mazmuni va raqs harakatlarida yuzaga chiqariladi.
Prolog- asarning boshlanish qismi bo‘lib tadbir nima haqidaligidan xabar beradi. Tomoshabin diqqatini asosiy voqealarga qaratadi. U ko‘tarinki kayfiyat, go‘zallik va nafislikni talab qiladi. Bu qismda hujjatli materiallar, filmlardan
lavhalar, ta’sirchan vositalardan keng foydalanish mumkin. Prolog nafaqat sahnada balki tadbir o‘tkaziladigan maydonga kirish yo‘lakchalaridan ham boshlanishi mumkin.
Bosh voqea - bu prologdan keyingi ko‘rinish bo‘lib, voqealar rivojini ta’minlovchi omildir. Bunda tadbirning g’oya va maqsadiga ozroq bo‘lsada urg’u beriladi.
Voqealar rivoji - bu tadbir mazmuni va syujetinining murakkablashuviga yordam beruvchi voqealar bo‘lib, ular tugun, qarama-qarshilik, kurash, to‘qnashuv va qiyinchiliklarni yengish jarayonidir.
Tugun - bu tomoshabinning bevosita fikri va his-tuyg’usining ma’lum bir jumboqqa qaratilishi. Ya’ni asar qahramonlarining kutilmagan voqealarga yuz kelishi. Tugun asarda qarama-qarshilikning kuchayishiga, asosiy voqealarning rivojlanishiga turtki bo‘lishi kerak.
Qarama-qarshilik - bu tadbir maqsadi va mazmuniga, asardagi qahramonlarning hatti-harakatiga zid bo‘lgan voqeadir. Qarama-qarshilik qanchalik kuchli bo‘lsa, tomoshabinning tadbirga qiziqishi shunchalik ortadi.
Ommaviy bayram va tomoshalar seneriysi tomoshabinga ko‘p tomonlama emotsional ta’sir qilishi bilan birga tomoshabinlarni bayramning faol ishtirokchisiga aylantirib, tomoshabinni, qahramonlar o‘rtasidagi u yoki bu qarama-qarshiliklarga bo‘lgan munosabatlari, kechinmalarida birga bo‘lishni talab qilmaydi. Shuning uchun ommaviy bayram va tomoshalar seneriysida doimo qarama-qarshilikning bo‘lishi talab qilinmaydi. Masalan, «Navro‘z», «Mehrjon»,
«Birinchi qadam» bayramlari, xalq sayillari. Bunday bayram va sayillarda teatrlashtirish janrlaridan foydalanilmasa umuman qarama-qarshilik bo‘lmasligi mumkin.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling