Oliy va о‘rta maxsus ta’lim
Download 0.76 Mb.
|
Αzbekiston respublikasi
Kompozitsiya – bu asar qismlarning tuzilishi, mantiqiy joylanishi va ularning o’zaro bog’lanishi.
Tadbir kompozitsiyasi – dramaturgiya qonuniyatlari asosida asar voqealarini bir-biri bilan bog’lovchi harakatlar tuzilishidir. Teatrlashtirilgan tadbirlarning kompozitsion tuzilishi muqaddima, tugun, asosiy harakat, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim kabi komponentlarni o’z ichiga oladi. Muqaddima – asarning boshlanish qismi, dastlabki tushuntirish beradigan debochasi, tadbirning kirish qismi, asosiy voqealarga olib boradigan ko’prik. U yuqori emotsional kayfiyatda o’tib, tomoshabin diqqatini tadbirga yig’adi. Muqaddimada ta’sirchan she’rlar, filmdan parchalar, musiqa asarlari, ba’zi hollarda hujjatli materiallar, yozib olingan ovozlardan tashkil topishi mumkin. Muqaddima tadbir boshlanishi bilan faqatgina sahnada emas, balki teatrlashtirilgan ko’rinishda bino foyesida yoki kirish yo’lakchasida boshlanishi mumkin. Hozirgi zamon mehnat qahramonlariga bag’ishlangan ba’zi bir portret kechalarida muqaddima quyidagicha bo’ladi. Musiqachilar sahnaga ikki tomondan chiqib keladi. Bu paytda kirish yo’lakchasidan tadbir qahramonlari ko’rinadi. Zal ularni tantanali kutib oladi. Ular sahnaga ko’tariladilar. Milliy libosdagi qizlar ularga gullar taqdim etadilar. Muqaddima tomoshabin diqqatini asosiy harakatlar bo’layotgan joyga qaratadi. Muqaddima ramziy-badiiy shaklda o’tsa, u yanada ta’sirchan bo’ladi. Tugun – asarda voqeaning rivojlanishiga sabab bo’lgan voqea-hodisa, ya’ni tadbir xarakterining boshlanishi, tomoshabinning bevosita fikri va his- tuyg’usining ma’lum bir jumboqqa qaratilishi. Final – asarning yakuni, oxiri eng muhim qismi. (Finalni ba’zi hollarda “yechim” yoki “epilog” deb ham atashadi.). Yechimning yaxshi tugallanmasligi tomoshabin his-tuyg’ularining susayishiga, asar qimmatining pasayishiga olib keladi. Yechim ba’zi hollarda butun ijrochilarning sahnaga ommaviy chiqishlarida, jamoa bo’lib qo’shiq aytishlarida, birgalikda murojaatnoma qabul qilishlarida namoyon bo’ladi. Shunday qilib, biz madaniy-ommaviy tadbirlar ssenariysini yaratilish jarayonining umumiy qonun-qoidalariga to’xtalib o’tdik. Lekin shuni unutmaslik kerakki, ssenariy har doim ma’lum bir sanaga bag’ishlanib, muayyan aholi, konkret auditoriya, asosan bir marotaba tashkil qilish uchun yoziladi. Shu sababli unda mahalliy xususiyatlar, tadbir o’tkaziladigan joy imkoniyatlari, moddiy va texnik vositalar mavjudligi, tashkilotchilar va havaskorlar ijodiy kuchi, shuningdek, aholining ehtiyoji va qiziqishlari hisobga olinishi shart. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling