Etyud-(fran. etude – mashq, o’rganish) – ijrochilik mahoratini oshirish uchun qilinadigan mashqlar.
Prolog -Gr. «prologos» – asardagi voqealarning boshlanish qismi.
Kulminatsiya-Lot. «culmen, culminis» – cho’qqi, harakat rivojlanishining eng yuqori nuqtasi.
Bayram -Turkcha «toy-marosim, xursandchilik, shodiyona», qadimgi yahudiy (dr.evr.) tilida «xach-xachat» – raqsga tushmoq, lot. festivus –
«bayramona» degan ma’noni anglatadi.
Melodrama -Gr. «melos» – ashula, «drama» – harakat. O’rta asrlarda ashulali va musiqali dramalarni melodrama deb atagan.
Aktyor -Fr. akteur, lot. Aktor – ijrochi, harakat qiluvchi degan ma’noni bildiradi.
Shtamp -Aktyorlik mahoratiga xos bo’lgan tushuncha bo’lib, ichki mazmundan ajralib qolgan tashqi harakat.
Xunarmandchilik (remeslo) - Aktyorlik mahoratini yuzaki o’rganish (ko’chirmachilik).
Taqlid, namoyish san’ati -Tashqi jihatdan tomoshabin uchun oynash.
Kechinma san’ati-Bu yo’nalishda ichki va tashqi texnikasini o’z ixtiyoriga buysindira olgan, haqqoniy harakat qilish texnikasini o’zlashtirigan aktyorlar nazarda tutiladi. Stanislavskiy sistemasining mohiyati ichki kechinma san’atiga asoalanadi.
Butaforiya -Sahnalashtirish jarayonida haqqoniy predmetlar o’rnida ishlatiladigan, atayin sahna uchun yasalgan jihoz, predmet.
Loja -fr.loge, tomosha zalidagi barer bilan ajratib qoyilgan joy.
Mizanssena -fr.mise en scene – sahnada joylashish. Konfliktlarni plastik harakatga ko’chirish, sahnada aktyorlarning joylashuvi, harakati, kichik sahnalar.
Anturaj -Sahnaviy kengliklarni raqs harakatlari bilan tuldirish, boyitish.
Balet -(fran. Ballet, lot. Ballo – raqsga tushaman, uynayman) – sintetik san’at turlaridan, sahnada ko’rsatiladigan badiiy asar, mimika va xoreografiya obrazlari bilan ifoda qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |