ijodning bir turi bo’lib, odatda biror yozuvchi ijodi yoki alohida asarning kulgili yoki yaramas tomonlarini ochib ko’rsatib beruvchi she’riy yoki nasriy asar.
Dramaturgiya -
Lot. «harakat» so’zidan olingan. Drama – harakat va kishilarning o’zaro so’zlashuvidan tarkib topadi. Yozuvchining drama shaklida yozgan asarlar yig‘indisidir. Sahna uchun muljallanib yozilgan asarlar majmuidir.
Senariy -
Ital. «scenario» – asarning rejasi demakdir. O’tkaziladigan bayram yoki tomoshaning to’liq yozma bayoni.
Askiya -Azkiyo – arablarning «zakovat» so’zidan olingan, zehni utkir degan ma’noni
anglatadi, askiya – ikki kishi yoki bir necha guruhlardan iborat so’z oyinlarining muayyan mavzu ustidagi tafakko’r musobaqasi – so’z jangidir.
Kompozitsiya -
Lot. «qurmoq» –
asar qismlarining tuzilishi, mantiqiy joylashishi va uning o’zaro bog‘lanishi.
Masal -Ar. urnak, maqol, namuna degan ma’noni beradi. Masal – majoziy xarakterdagi qisqa hikoya bo’lib, ahloqiy va tarbiyaviy fikrlarni ifodalaydi.