She’r -Ohang jihatidan
bir tartibga solingan, his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli ritmik nutqdir.
Qo’shiq -Kuyga solib aytiladigan she’r. Unda kishilarning his-tuyg‘u kechinmalari ifodalanadi. U she’riy matn va musiqa uyg‘unligidan iborat bo’ladi.
Improvizatsiya -(
lot. Improvisus) –
tusatdan, kutilmagan, tasodifan degan ma’noni bildiradi.
Interpretatsiya -(
lot. tushuntirish, talqinlash) asarlarning ijodiy ijro etishdagi talqini.
Opera -(
ital. opera – ijod, asar)
musiqali dramatik asar; musiqa, sahnaviy harakat va nutq sintezidan tashkil topgan mus. dr. asar.
Pantomima-
Gr. «pantomimos». 1.Turli harakat va mimikalar bilan fikr va hissiyotlarni ifodalash. 2.So’zsiz, turli harakat, mimika va musiqa jo’rligida badiiy obrazni gavdalantirib beruvchi teatr san’ati turi. 3.Balet san’atining asosiy elementlaridan biri. Bir so’z
bilan aytganda, gavda va uning a’zolari yordamida bajariladigan ifodali harakat.