hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi»1.
O‘zbekiston tarixining Farg‘ona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik qiyofasi bilan bog‘liq masalalariga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tarixdan ma’lumki, Farg‘ona viloyati shaharlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy hayoti o‘ziga xos rivojlanish, turg‘unlik va tanazzul davrlarini boshdan kechirgan. O‘z davrida Farg‘ona viloyati shaharlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayot ma’lum darajada rivojlanib, bu borada ko‘p ming yillik tajribalar umumlashtirilgan holda o‘ziga xos qadriyatlar shakllanishga ulgurgan.
Biz mazkur bitiruv malakaviy ishda Rossiya imperiyasi davrida Farg`ona viloyatidagi ijtimoiy – iqtisodiy hayot tarixini yoritishga harakat qildik.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mustaqillik yillarida Farg‘ona viloyat tarixini chorizm mustamlakachiligi davrini o‘rganish bo‘yicha bir qator kitoblar nashr yuzini ko‘rdi2. Ushbu kitoblarda Qo‘qon xonligini CHor Rossiyasi tomonidan tugatilishi hamda Farg‘ona viloyatining tashkil topishi. SHuningdek mustamlakachilik davrida Farg‘ona viloyatining ma’muriy xududiy tuzilishi, mustamlakachilik boshqaruv tizimi, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarixi bayon etilgan.
SHuning uchun bitiruv malakaviy ishda mustamlakachilik davridagi Farg`ona viloyatidagi ijtimoiy – iqtisodiy hayot tarixini o‘rganish bugungi kun dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Biz BMIda manba va adabiyotlar asosida ana shu masalalarni yoritib o‘tishga harakat qildik.
1 Каримов И. А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. —Т.: Ўзбекистон. 1997. — Б. 140.
2 Ўзбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб. Туркистон Чор Россияси мустамлакачилиги даврида. Тузувчилар: Содиқов Ҳ., Шамсутдинов Р., Равшанов П. ва бошқ. Таҳрир ҳайъати: Азизхўжаев А. – Т.: Шарқ., 2000; Кўҳна ва навқирон Андижон. Масъул муҳаррир. Мадумаров Т. Муаллифлар: Шамсутдинов Р., Мамажонов М., Матбобоев Б., Бозоров Қ., Жумабоев И. - Т. “Шарқ” , 2010; История Андижана в документах и материалах (1876-1917 гг). Андижанский гос. Ун-т. им. Бабура, международный фонд научно-практический экспедитсии «Мерос» («Наследие»); сост. Р.Т.Шамсутдинов, С.Хошимов, К.Базаров.- Ташкент: «Шарқ», 2012; Шамсутдинов Р.Т.Исҳоқов А.А. Андижон тарихидан лавҳалар. – Т:, “Sharq” , 2013. Шарафиддинов А. Фарғона вилояти тарихидан лавҳалар. (XIX аср охири – XX аср бошлари) I – китоб. – Т:, “Наврўз”, 2013.
Do'stlaringiz bilan baham: |