Hozirgi kunda kimyo sanoati misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda


Download 0.75 Mb.
bet1/16
Sana22.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1645863
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
МБИ лотин Саидова Ж 2023


MUNDARIJA
KIRISH……………..…………………………………………………………
I-BOB. Adabiyotlar TAHLILI. ATSETILEN SPIRTLARINI SINTEZ QILISH USULLARI ……………………………………………
1.1. Ishqoriy muhitda atsetilen spirtlarini sintezi ………………
1.2. Ammiakli muhitda atsetilen spirtlarini sintezi ………
II-BOB. TADQIQOD OBYEKTI VA USULLARI………………………
2.1. Tadqiqot materiallari…………………………………………………
2.2. Katalizatorlar tayyorlash………………………………………………….
2.3. Tadqiqot usullari ………………….
III-BOB. TADQIQOD NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI……
3.1. Metiletiletinilkarbinol (3-metilpentin-1-ol-3) sintezini o`rganish
3.2. Tadqiqot usullari va sintez qilingan birikmalar tahlili
3.3. Metiletiletinilkarbinol (3-metilpentin-1-ol-3)ning stimulyatorlik xossalari
IV-BOB HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI…………………………
XULOSA………………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….


KIRISH
Hozirgi kunda kimyo sanoati misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda. Respublikamizda kimyo sanoatini rivojlanishni, ishlab chiqarish korxonalariga yangi texnologiyalarni jalb etish uchun muxandis texnologlar samarali ishlarni olib borishmoqda [1].
Fan va shu jumladan kimyo fani boshqa fanlarning yutuqlariga suyangan holda keyingi yillarda shunday yutuqlarga erishdiki, hozirgi kunda tabiatning o‘zida mavjud bo‘lmagan minglab moddalar yaratilmoqda. Bunarsalarkishilikjamiyatiniolg‘aqarabrivojlanishidajudakattarolo‘ynamoqda.
Kimyo mahsulotlari hozirgikunda jarayonlar qo‘llanilmaydigan bironbirsohayo‘qdesabo‘ladi.
Respublikamizda 20 dan ortiq kimyo korxonalari mavjud bo‘lib, turli tuman moddalar atsetilen, PVX, metanol, mineral o`g‘itlar, sulfatkislota, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, plastmassa, sintetik smolalari, sement, sun’iy tola, lak-bo‘yoqlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Misol uchun Respublikamizda eng yirik kimyo korxonalari hisoblangan CHirchiqdagi «Elektrokimyo sanoati», Navoiydagi «Navoiyazot»AJ, Farg‘onadagi «Azot» ishlab chiqarish birlashmasi mahsulotlari atsetaldegid, sirka kislotasi, PVX, MAK, NAK, ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfat, ammiak kabi moddalar ishlab chiqarilmoqda [2].
Olmaliq va Samarqand kimyo korxonalarida kompleks o‘g‘it hisoblangan ammofos, Navoiyda turli pestitsidlar, defoliantlar ishlab chiqarmoqda.
Qishloq xo‘jaligini azotli o‘g‘itlar bilan ta’minlash sanoatda esa turli azot saqlovchi olishda ahamiyati katta. Azotli o‘g‘itlar va birikmalar olishida ishlatiladigan asosiy xomashyo bo‘lganammiakhamshularqatorida. Ammiak ishlabchiqarilishi tonnasiga qarab sulfat kislotadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan ammiak, karbamid, azotli selitra, murakkab o‘g‘itlar olishda portlovchi moddalar, sintetik buyoqlar olishda ishlatiladi.
Azotli o‘g‘itlar qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Barchao‘simliklarozuqamoddasibo‘lganazotbirikmalarinituproqdanoladi. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti serxosilligi ma’lum darajada tuproq tarkibidagi azotga bog‘liq. Ammiakni ishlab chiqarishni betuxtov o‘sishi natijasida, uni ishlab chiqarishning yangi usullarini rivojlanishi va texnologiyalarni yuksaltirish katta ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi kunda atsetilen ishlab chiqarish kimyo sanoatini asosiy tarmoqlaridagi biri bo‘lib, nihoyatda rivojlanib bormoqda. Uning keyingi rivojlanishida atsetilen asosida olinadigan moddalar atsetaldegid, sirka kislotasi, NAK, PVX, sintetik moddalar va atsetilen sanoati chiqindi maxsulotlaridan metanol ishlab chiqarish amaliy axamiyatga ega
Bugungi kunda dunyoda atsetilen hosilalari, jumladan, atsetilen spirtlari va diollari qishloq xo‘jaligida o‘simliklar o‘sishini boshqarish, pestitsidlar va defoliantlar olishda, kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoatlarida korroziyaga qarshi ingibitorlar, tibbiyot va farmatsevtika sohasida yarim mahsulotlar va biologik faol moddalar sifatida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Atsetilen va karbonilli birikmalar asosida geterogen katalitik usulda atsetilen spirtlari hamda diollarini sintez qilish va texnologiyalarini yaratish hamda amaliyotga qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
Jahon miqyosida atsetilen asosida atsetilen spirtlari va diollari sintezi, jumladan, karbonilli birikmalarning atsetilen bilan geterogen katalitik usulda etinillash jarayonlarini amalga oshirish uchun tabiiy mineral o‘zaklar asosida yangi samarador ko‘p komponentli katalizatorlar yaratish, yaratilgan katalizatorlarning etinillash reaksiyalaridagi nisbiy faollik qatorini aniqlash, fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalarini hamda tuzilishini o‘rganish, katalizatorlarni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
I-BOB. Adabiyotlar TAHLILI. ATSETILEN SPIRTLARINI SINTEZ QILISH USULLARI

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling