Hozirgi kunda kimyo sanoati misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda


III-BOB. TADQIQOD NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI


Download 0.75 Mb.
bet7/16
Sana22.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1645863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
МБИ лотин Саидова Ж 2023

III-BOB. TADQIQOD NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI
Atsetilen spirtlari turli xil polimerlar hamda sun’iy tolalar sintez qilishda monomerlar, choklovchi agentlar, ingibitorlar, qishloq xo‘jaligida defoliantlar, pestitsidlar, stimulyatorlar, teri va to‘qimachilik sanoatida oshlovchi komponentlar, tibbiyotda biologik faol preparatlar (pregnin garmoni, kortikosteroidlar) olishda xomashyo sifatida keng qo‘llaniladi. To‘yinmagan atsetilen spirtlari (propargil spirti va uning monoalmashingan yoki 1,1-dialmashingan birikmalari) foydali mahsulotlar, jumladan, vitaminlar va karotenoidlar sintezida qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Yuqori atsetilen spirtlari A, E va K vitaminlari ishlab chiqarishda yarimmahsulot sifatida ishlatiladi. 3,7-dimetil-6-okten-1-in-3-ol (degidrolinalool) asosida hid tarqatuvchi xushbuy moddalar ishlab chiqariladi. Alkilaril(getaril)-etinilkarbinollar asosida izoprenoidlar, rangli va aromatik kompozitsiyalar, gerbitsidlar, sirt-faol moddalar (surfinollar) olishda yarimmahsulot sifatida ishlatiladi. α-atsetilen γ-diollar lak, kley flotoreagent, ingibitorlar, xushbuy va dorivor moddalar olishda oraliq moddalar sifatida ishlatiladi. Atsetilen va uning hosilalarining reaksion qobiliyati yuqori bo‘lib, ular asosida turli xil kimyoviy o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkin. Atsetilen spirtlari molekulasida uch bog‘ va gidroksil guruhining bo‘lishi ularning kimyoviy xossalarini o‘ziga xosligini ta’minlaydi va qo‘llanish sohasini yanada kengaytiradi.
Gomogen-katalitik usulda Favorskiy, Grinyar-Iotsich va diazotirlash reaksiyalari yordamida atsetilen spirtlari, ularning hosilalari sintezi va olingan birikmalarning xossalari tadqiqoti adabiyotlarda keltirilgan. Lekin geterogen-katalitik usuldagi tadqiqotlar asosan patent xarakterga ega.
Atsetilen kimyosida uning molekulasiga har xil nukleofillarning birikishi natijasida turli xil getero va karbobirikmalarning hosil bo‘lishi, -C≡C- bog‘i hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalarning yangi usullari ishlab chiqilmoqda. Ayniqsa atsetilen va turli karbonil birikmalarning ta’sir reaksiyasi, yangi -C≡C- bog‘i saqlangan holda atsetilen spirtlari hosil bo‘lishi o‘ziga xos amaliy ahamiyatga ega. Geterogen katalitik usulda atsetilen spirtlari va ular asosida vinil hosilalar sintez qilish, ushbu jarayonlarda turli xil selektiv ta’sir etuvchi katalizatorlarni yaratish va qo‘llash atsetilen birikmalari kimyosining dolzarb muammolaridan biridir. Hozirda atsetilen spirtlarini dunyoning turli mamlakatlarida mis birikmalari asosidagi katalizatorlari orqali olish keng qo‘llanilmoqda.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling