Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari


Download 365.4 Kb.
bet4/4
Sana07.02.2023
Hajmi365.4 Kb.
#1172951
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish

Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari.
Kelajakdagi aloqa tarmoqlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- multiservislik deganda, transport texnologiyalariga xizmatlarni yetkazuvchi texnologiyalarning bog‘liq emasligi tushuniladi;
-keng polosalilik deganda, odatda foydalanuvchi talablariga bog‘liq holda keng diapazonda axborotni uzatish tezligini mos holda va dinamik о‘zgarishi imkoni tushuniladi;
- multimedialik deganda, tarmoqni, real vaqtda va murakkab ulanish konfiguratsiyasini qо‘llagan holda, kо‘p komponentli axborot (ovoz, mazkur video, audio)larni shu komponentlar uchun zarur bо‘lgan sinxronizatsiya bilan uzatish qobiliyati tushuniladi;
- intellektuallik deganda, foydalanuvchi yoki xizmatlarni ta’minlovchi tomondagi chaqiriq yoki ulanish xizmatlarini boshqarish imkoni tushuniladi;
- invariantlik ulanish deganda, qо‘llanilayotgan texnologiyalarga bog‘liq bо‘lmagan holda xizmatlarga ulanishni ta’minlash imkoni tushuniladi;
- kо‘p operatorlik deganda, xizmatlarni taqdim etishda va ularning mas’uliyatini faoliyat soxasiga mos xolda taqsimlashda bir nechta operatorlarning qatnashishi tushuniladi.
Shuningdek kelajakdagi aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablarni shakllantirishda xizmatlarni ta’minlovchining faoliyatini xususiyatlarini hisobga olish lozim. Xizmatlarni ta’minlovchiga bо‘lgan talablarga quyidagilar kiradi:
- “multioperatorlik” muhitida qurilmalarning ishini ta’minlash imkoniyati ya’ni bir nechta aloqa operatori tarmog‘iga (jumladan ulanish satxiga ham) ulanish uchun interfeyslar sonini oshirish;
- birgalikda yetkazish uchun xizmatlarni ta’minlovchi uzellarni birgalikda ishlashini ta’minlash;
- qurilmalarning dastlabki minimal narxini belgilashda “masshtablanuvchan” texnik yechimlarni qо‘llash imkoni.
Hozirgi vaqtda kanallarni va paketlarni kommutatsiyalashga ega bо‘lgan mavjud umumiy foydalanuvchi aloqa tarmoqlari yuqorida aytib о‘tilgan talablarga javob bermaydi. Odatdagi tarmoqlarning imkoniyatlarini chegaralanganligi yangi infokommunikatsiya xizmatlarini yaratish yо‘lida bardosh berish omili hisoblanadi. Boshqa tomondan yetkaziladigan infokommunikatsiya xizmatlarining hajmini oshishi, mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini, chaqiriqlarga xizmat kо‘rsatish sifat kо‘rsatkichlariga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Bularning barchasi, keyingi avlodning aloqa tarmoqlarini yaratish yо‘nalishida, odatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish usullarini rejalashtirishda infokommunikatsiya xizmatlari mavjudligini hisobga olish lozimligiga majbur qiladi.
“Aloqa tarmog‘i” terminini ikki nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, aloqa tarmog‘ini, ma’lumotlarni almashish uchun texnik vositalar majmuasidan iborat bо‘lgan mustaqil obyekt kabi qarash mumkin. Ikkinchidan, aloqa tarmog‘ini, global axborot infrastrukturasi (GAI)ni (ГИИ- глобальной информационной инфраструктуры) muhim komponenti deb qarash mumkin. Oxirgi tushuncha, xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan XX asrning oxirlarida, axborot va elektr aloqaning rivojlanishini shakllantirish bо‘yicha ishlar oxiriga yetgandan keyin kiritilgan. GAI, aloqa tarmoqlarining majmuasi, foydalanuvchi qurilmalari, axborot va insonlarning resursi kabi qaraladi. GAIning asosiy vazifasi foydali ma’lumotga ulanishni ta’minlash va аbonentlar orasidagi aloqani o’rnatishdan, shuningdek ishlash, о‘qish va kо‘ngil ochar tomosha qilish uchun yaxshi sharoitni yaratishdan iborat. GAIning funksional imkoniyatlari, kelajakda ma’lumotlarni vaqti va joyiga bog‘liq bо‘lmagan holda, ma’qbul tarif hamda butun dunyo masshtabida yetkazishdir. Har qanday turdagi telekommunikatsiya tizimlarini taxlil qilish uchun ITU tomonidan tavsiya etilgan modeldan boshlaymiz. Quyidagi rasmda taqdim etilgan bu model, bulutlar kо‘rinishida tasvirlangan 4 ta komponentdan iborat.

1-rasm. ITU tomonidan tavsiya etilgan telekommunikatsiya tizimlarining modeli
Har bir bulutning ichida ingliz tilida umumiy qabul qilingan nomi keltirilgan. Yuqorisida esa odatda texnik adabiyotlarda keltirilgan tarjimasi keltirilgan. “aloqa tarmog‘i” termini, aloqa operatori javobgar bо‘lgan muhit kiruvchi, modelning ikki komponentiga tegishli. XX1 asrda dunyo hamjamiyati о‘zining, global axborot jamiyati (GAJ) deb nomlangan yangi rivojlanish erasiga о‘tdi. GAJning asosiy fazilati shundan iboratki, unda bilim va axborot, tashqi ishlab chiqarish rolini egallaydi, ya’ni jamiyat bolig‘ining material asosi bо‘lib qoladi. Yuqori texnologiyalarni qо‘llash maxsuslashtirilgan yangi soxa, birinchi navbatda infokommunikatsiya muhitida dasturiy maxsulotlarni samarali taqsimlash amalga oshadi. GAJning boshqa xarakterli xususiyati, telekommunikatsiya xizmatlarining juda yuqori darajada oshishidir. Yuqorida qayd etib о‘tilgan barcha ma’lumotlarni samarali uzatish va taqsimlash uchun GAJ tuzilishida butun dunyo aloqa tarmog‘I (World wide communication network) yaratildi va rivojlanmoqda. Bu tarmoq, yer yuzidagi о‘zaro bog‘langan barcha milliy aloqa tarmoqlarining majmuasidan iborat. Ularning asosini, axborotlarni standart yoki normal raqamli oqimlar kо‘rinishida yuqori sifat va avariyasiz uzatishga mо‘ljallangan, zamonaviy transport tarmoqlari tashkil etadi.
Download 365.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling