Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi va tilshunoslik
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
5. D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi va tilshunoslik Kimyo fanidagi N. D. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasining dunyo olimlari tomonidan keng e'tirof etilishi va elementlarni sistemaga solishda tutilgan tamoiilning naqadar to`g`riligi boshqa soha olimlarining ham havasini keltirdi. Butuni bo`laklarga, to`dani turlarga tasniflashda D.I.Mendeleyevga ergashgan holda,
tasnif asosiga
bir belgini
olishga harakat
qildilar. Avvalo,
D.I.Mendeleyevning muvafaqqiyati nimada? D.I.Mendeleyevgacha bo`lgan olimlar faqat bir-biriga o`xshash bo`lgan elementlarnigina taqqosladimi? Noo`xshash elementlar ularning nazaridan chetda qoldi. D.I Mendeleyev ulardan farqli ravishda noo`xshash elementlarni o`zaro taqqosladi. Buning natijasida elementlarning atom massalarining qiymatlari o`zgarishi bi-lan ularning xossalari davriy ravishda o`zgarishini aniqladi. D.I.Mendeleyevgacha elementlarning galogenlar ishqoriy metallar va ishqoriy yer metallar kabi guruhlari ma'lum edi. D.I.Mendeleyev bu elementlarni taqqoslab, ularning atom masalalarining qiymatlari ortib borishi tartibiga joylashtirdi. F=19 CL=36,5 Vg=80
Na=23 K=39
Rb=85
Mg=24 Ca=40
Sr=87 kabi. 35
joylashtirilgan uzluksiz qatorida ftordan keyin natriy va magniy, xlordan keyin kaliy, bromdan keyin - rubidiy va stronsiy turishi kerak. Agar bu elementlar atom ogirliklarining ortib borishi tartibida joylashtirilsa, davriy ravishda takrorlanadi. qatorda magniy bilan xlor, kalsiy bilan brom, stronsiy bilan yod orasida nechta element yo`qligidan qat`iy nazar elementlar xossalarining bunday davriy o`zgarishi ko`rinaveradi. Bo`larning hammasi D.I.Mendeleyevga o`zining davriy qonunini yaratishga asos bo`ldi. Uning elementlar davriy krnunining yaratishga elementlarni taqqoslashga to`g`ri tomonli bilan yondoshganligi - davriy sistemani tuzishda atomning asosiy D.I.Mendeleyevning kimyo fanida erishgan bu yutuqini boshqa fanlar kabi tilshunoslikka ham tatbiq etish mumkin. Birinchidan, lisoniy birliklarni tasniflashda tasnif tamoyili sifatida ularning bitta asosiy belgisiga tayanish ham D.I.Mendeleyev tamoyilini qo`llashdir. Masalan so`z tasniflashda, gap bo`laklarini guruhlarga ajratishda va boshq. Ikkinchidan, muayyan leksik-semantiq guruhga mansub bo`lgan leksemalarning o`rnini belgilash, ma'lum bir tilda fonemalarning fonologik sistemada to`tgan o`rnini belgilashda ham D.I.Mendelev davriy sistemasi ta'sirini kuzatish mumkin. Shuningdek, elementlar davriy sistemasi asosida ayrim leksemalarning leksik-semantiq guruhsagi o`rnini belgilash mumkin. Agar biron bir tushuncha o`z ifodasini topgan bo`lsa boshqalariga qiyosan uning o`rnini, bo`sh katagini belgilash ham mumkin. Masalan, harindoshlik bildiruvchi leksemalar. Shu keltirilgan fikrlarning o`ziyo? D.I.Mendeleyev elementlar davriy sistemasining tilshunoslikka qanchalar ta'sir etganining yaqqol namunasidir.
35 Рудзитис Г.Е., Фелдман Ф.Г. Кимё (органик кимё), 11-синф учун. T., 1980.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling