Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-v fizika guruh talabasi qutlimuratova marjonaning fizika o’qitish metodikasi fanidan


Download 196.32 Kb.
bet2/9
Sana04.01.2023
Hajmi196.32 Kb.
#1076975
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qutlimuratova Marjona 2- v fizika

Fizikaviy bilim - bu tabiatdagi fizik hodisalarning, qonuniyatlarning turmushdagi qo'llanishlarini insonning ongida aks etishidir. Talabalarning bilimini oshirishga ijobiy ta'sir qiluvchi omillar quyidagilardir:
• talabalarning inteilektual salohiyati yuqori bolishi, boshqacha aytganda, ularning o'qishga bo'lgan qiziqishi va unga ijodiy yondoshishi;
• o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini va kasbiy mahoratini yetarli darajada ekanligi;
• qo’llanilayotgan o'quv dasturlari va o ‘quv qo'lanmalarining mazmunini didaktik talablarga to'liq javob berishi;
• o'qitish jarayonining axborot kommunikatsion va metodik jihatdan to'la ta’mmlanishi;
• o'qitishga kerak bo'lgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
• o'qitishni samarali tashkillashtirishga kerakli sanitariya-gigiyenik, xavfsizlik, sotsial-psixologik shartlarning mavjudligi, bilim berishni yetarli darajada moliyaviy ta’minlanishi;
• o‘qituvchilarning moddiy va manaviy ehtiyojlarining qanoatlantirilishi;
• talabalarning huquqini buzmaslik va majburiyatlarini bajarishga insoniy muomilada bo'lishga o'rgatish;
• bilim berish jarayonini demokratik tamoyillari asosida amalga oshirish va boshqalar. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, uzluksiz ta’lim tizimida fizikani o‘qitishni zamonaviy talablar darajasida amalga oshirish ushbu fanni o'qitish metodikasining dolzarb ilmiy-metodik muammolaridan ekanligini sezish qiyin emas[9].
Kishilik jamiyati taraqqiyotining o‘ziga xos bosqichi bo‘lgan bozor iqtisodiyoti har bir mutaxassisdan puxta bilim, yuksak kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishni talab etmoqda. Zero, kuchli raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzilmaning bu shaklida mutaxassislarning kasbiy salohiyati va mahorati ular tomonidan tashkil etiladigan faoliyat samaradorligini ta’minlovchi muhim omil sanaladi. Shu sababli mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlashga doir milliy siyosat asosini har tomonlama shakllangan, o‘zining puxta kasbiy bilim, malaka va mahoratga egaligini to‘la namoyon eta oladigan shaxslarni kamol toptirish g‘oyasi tashkil etadi. Malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat yagona, yaxlit tizimda shubhasiz oliy ta’lim muassasalari alohida o‘rin tutadi. Binobarin, uzluksiz ta’lim tizimining aynan bu bosqichida bo‘lajak mutaxassislar ixtisoslik fanlari asoslarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o‘zlashtirish imkoniyatiga egadirlar. Shunga ko‘ra bo‘lajak o‘qituvchilarni samarali tayyorlashda bu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ixtisoslik fanlari o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ixtisoslik fanlari orasida “Pedagogik mahorat” fanining mavjudligi esa bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliy, texnik jihatdan kasbiy faoliyatga tayyorlashning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda yagona shart – o‘quv mashg‘ulotlarining nazariy, texnik va texnologik nuqtai nazardan to‘g‘ri tashkil etilishi hisoblanadi. “Pedagogik mahorat, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun ishlanmalar” nomli o‘quv qo‘llanmada ana shu shartning inobatga olinishi ko‘zda tutiladi.
O‘qituvchi mehnatini tashkil etishda o‘z ustida ishlash ham alohida ahamiyat kasb etadi. Mutaxassis sifatida o‘qituvchining mahorati, qobiliyati doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor bo‘lish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish asosida tarkib topadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchidan o‘z ustida ishlashni taqozo etadi.

Download 196.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling