Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-v fizika guruh talabasi qutlimuratova marjonaning fizika o’qitish metodikasi fanidan


Download 196.32 Kb.
bet1/9
Sana04.01.2023
Hajmi196.32 Kb.
#1076975
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qutlimuratova Marjona 2- v fizika


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI 2-V FIZIKA GURUH TALABASI
QUTLIMURATOVA MARJONANING
FIZIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
MIKROELEKTRONIKA MAVZUSINI MAZMUNI VA UNI O’QITISH
USULLARI” MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI


QABUL QILDI: AYTIMBETOV N
BAJARDI: QUTLIMURATOVA M

NUKUS_2022

MUNDARIJA:


I. BOB. KIRISH 3
II.BOB. MIKROELEKTRONIKA MAVZUSINI MAZMUNI 8
2.1. Elektronika va mikroelektronika haqida tushuncha 8
2.2. Elekrtonika va mikroelektronika sohasida davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar 11
III. BOB. MIKROELEKTRONIKA MAVZUSINI O’TISH USLUBLARINI O’RGANISH 13
3.1. Elektrotexnika fanini o`qitish metodikasi va uslubiy texnikasi 13
IV. BOB. XULOSA 19
V. BOB. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 23
I. KIRISH
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ga muvofiq respublikamizda jahon andozalariga mos bo‘lgan ko‘p bosqichli ta'lim yo‘nalishlari joriy qilindi. Ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlaming asosini kasb-hunar kollejlari tashkil qiladi. Yangi tizimda tashkil qilingan kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va dasturlar tarkibiga zamonaviy texnika va texnologiyani aks ettiruvchi yangi fanlar kiritildi, mavjudlari takomillashtirildi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishining barcha sohalarida, qurilish, tibbiyot va umuman, hayotimizda elektr energiyadan keng ko‘lamda foydalaniladi [5]. Yangi asrda biz sifat jihatidan tamomila yangilangan jamiyatga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga kirgan holda kelajak sari shaxdam qadamlar bilan bormoqdamiz. Bu anchagina tayyorgarlikni, bilimni, saviyani, iqtidorni talab qiladi. Bosayotgan qadamlarimiz qat’iyatli, ishonchli, zafarli bo‘lishi uchun esa zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida ishlay oladigan, yetuk bilimdon, yuqori malakali kadrlar zarurdir. Birinchi prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganidek, IX-XV asrda ma’rifatli dunyo ahillari Buxoriylar, Farg‘oniylar, Xorazmiylar, Beruniylar, ibn Sinolar, Ulug‘beklarni qanchalik izzat–ikrom qilgan bo‘lsa XXI asrda ham xalqimiz, millatimizga nisbatan ana shunday ehtiromni qo‘lga kiritishimiz kerak. O‘sha davrda ulug‘ ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qayta tiklashimiz lozim. Bunga esa ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish orqali erishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov “Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzuidagi nutqida ta’lim tizimida erishilgan muvaffaqiyat va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni ob’ektiv tahlil qilib kadrlar tayyorlashda islohatlarga ehtiyoj borligini isbotlab berdi. Avvalo ta’lim tizimi eski sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim–tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sakrashlardan butunlay xalos bo‘lmagaligi, o‘qitish, tarbiyaviy-ma’rifiy mazmuni va uni tashkil etish dolzarb muammo ekanligi ta’kidlandi. Eski ta’lim tizimidagi bu kabi kamchiliklar va muammolarni tugatish istagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ishlab turgan o‘quv yurtlarini yangi yo‘nalishga solish va yangi sharoit va zamonaviy texnologiyada ishlay oladigan mutaxasisslar tayyorlash uchun yangi o‘quv yurtlarini tashkil etish;

  • o‘quv tarbiya jarayonining sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usulini joriy etish;

  • o‘quv yurtlari tuzilmalarini takomillashtirish, xususan 9-sinfni bitiruvchilar uchun tadbirkorlik faoliyati asoslari, iqtisodiy va huquqiy bilimlar darslari kiritilgan maxsus ta’lim muasasalarini barpo etish va ularni tarmog‘ini kengaytirish;

  • yoshlarga milliy uyg’onish va umuminsoniy qadriyatlarni idrok etish mafkurasi asosida, Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik ideallariga sadoqat ruhida ta’lim tarbiya berish;

  • yoshlar bilan muntazam ravishda tinimsiz ishlash, iqtidorli bolalarni qidirib topish, ularni eng yaxshi xorijiy o‘quv markazlarida professional ta’lim olishi uchun sharoit yaratish;

  • O‘zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojiga mos keladigan, yuksak malakali, xorijiy mutaxasislar bilan raqobat qila oladigan kadrlar salohiyatini yuzaga chiqarish va uni rivojlantirish;

  • ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yangi o‘quv adabiyotlari bilan, zamonaviy jihozlar va kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash;

  • pedagoglik kasbiga hurmatni oshirish, pedagog va murabbiylar mehnatiga qiziqishini kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitni yaratish.

Islohatning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, ta’lim andozalari, o‘quv rejalari, dasturlari mazmuniga tuzatishlar kiritish, yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi manfaatdor ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari (DTS) tasdiqlandi. Davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi, shuningdek, ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullarining sifatini baholash tartibini belgilaydi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklari, qo‘llanmalar, nizomlar va hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlat ta’lim standartida fizika ta’limining maqsad va vazifalari ta’lim yo‘nilishining majburiy minimumi, fizika bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv dasturi asoslanishi bilan birga o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar o‘z aksini topgan. Davlat ta’lim standarti talabi bo‘yicha o‘quvchilar fizika asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart.

Download 196.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling