O‘z ustida ishlash – shaxsning aniq maqsad, intilish asosida doimiy, izchil ravishda o‘z kamchiliklarini bartaraf etish, yutuqlarini yanada boyitib borish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish yo‘lida olib boradigan amaliy harakati.
O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi – uning aniq maqsad asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish, uning samaradorligini va o‘zining ishchanlik faolligini oshirish, zamonaviy pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish, ilg‘or texnologiyalardan xabardor bo‘lish, faoliyatiga innovatsion yangiliklarini tadbiq etish, kasbiy BKMni takomillashtirish, salbiy pedagogik nizolarning oldini olish va bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati.
O‘qituvchining mutaxassis sifatida:
- aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
- pedagogik jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik faolligini oshirish;
- izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish;
- ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo‘lish;
- faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini samarali tadbiq etish;
- kasbiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish;
- salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatni rejalashtirish – aniq maqsad asosida o‘qituvchi
tomonidan muayyan ko‘rinishdagi kasbiy faoliyat loyihasining ishlab chiqilishi, rejalashtirilishi hisoblanadi[10].
Kurs ishi maqsadi: Mikroelektronika mavzusini mazmuni va uni o’tish uslublarini o’rganish.
II. BOB. MIKROELEKTRONIKA MAVZUSINI MAZMUNI
2.1. Elektronika va mikroelektronika haqida tushuncha
Elektronika — fan va texnika sohasi bo'lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar hamda asboblar yaratish usullarini o‘rganish, ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Elektronika elektromagnit maydon nazariyasi, kvant mexanikasi, qattiq jism tuzilishi nazariyasi va elektr o'tkazuvchanlik hodisalari kabi fizik bilimlarga asoslanadi. Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, hozirgi kungacha to‘rt bosqichni bosib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |