Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-v fizika guruh talabasi qutlimuratova marjonaning fizika o’qitish metodikasi fanidan


Download 199.82 Kb.
bet1/9
Sana09.01.2023
Hajmi199.82 Kb.
#1085249
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qutlimuratova Marjonaa 2- v fizika


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI 2-V FIZIKA GURUH TALABASI
QUTLIMURATOVA MARJONANING
FIZIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
MIKROELEKTRONIKA MAVZUSINI MAZMUNI VA UNI O’QITISH
USULLARI” MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI


QABUL QILDI: AYTIMBETOV N
BAJARDI: QUTLIMURATOVA M

NUKUS_2022

MUNDARIJA:


I. BOB. KIRISH 3
II.BOB. MIKROELEKTRONIKA MAVZUSINI MAZMUNI 11
2.1. Elektronika va mikroelektronika haqida tushuncha 11
2.2. Elekrtonika va mikroelektronika sohasida davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar 14
III. BOB. MIKROELEKTRONIKA MAVZUSINI O’TISH USLUBLARINI O’RGANISH 16
3.1. Elektrotexnika fanini o`qitish metodikasi va uslubiy texnikasi 16
IV. BOB. XULOSA 22
V. BOB. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 26
I. KIRISH
Respublikamiz mustaqillikka erishgach xalq ta’limi tizimida tub o'zgarishlar sodir bo'ldi: jamiyat taraqqiyotini yoshlarning hayot, ishlab chiqarish, milliy hamda umuminsoniy munosabatlarga sadoqati bilan o`lchash imkoniyatlari kengaydi; yoshlarning ta’lim-tarbiyasi bilan mashg'ul ijtimoiy institutlar son va sifat jihatidan o'sdi. Litsey, kollej, magistratura, universitetlar ko'paydi; Zamonaviy o'quv dasturlari, darsliklar, o`quv qollanmalari yaratildi; Davlat ta’lim standart (DTS)lari tanlanib, pedagogik amaliyotga tatbiq etila boshlandi; o'qituvchilarning bahs va mushohadalarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlari munosib o'rin egalladi. Hozirgi sharoitda pedagogik texnologiya g`oyalarini maktab amaliyotiga olib kirish davlat buyurtmasi hisoblanadi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deb yozgan edi: «Yangi darsliklami, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o'z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur». Istiqbolga yo'nalgan bu zalvorli vazifani hal etish an’anaviy ta’lim tizimini yaxshi ma’noda taftish qilishni, ta’lim jarayoni qobig'ida yashirinib yotgan imkoniyatlami izlab topish va ishga tushirishni, XXI asr maktab in ing tabiati va mohiyatiga, xalqimizning milliy mintalitetiga, o'quvchilarining real bilish imkoniyatlariga mos ta’lim tizimini asoslashni taqozo qiladi. Ilm fan axborotlarining hozirgi davr o`sish tezligi va hajmi ulami o`tgan 15-20-yildagi holatidan keskin farq qiladi. Shu bois talab zamonaviy talablarga ko'proq moslashgan shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalarini yaratishni taqozo qiladi.
Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin; shaxsga yo`naltirilgan o'qitish texnologiyalari; avtoritar va shaxsga yo`naltirilgan o'qitish texnologiyalari; ishbilarmonlik o‘yinlar texnologiyasi; individuallashtirish o'qitish texnologiyasi; tabaqalashtirilgan o'qitish texnologiyasi; dasturlashtirilgan o'qitish texnologiyasi; kompyuterli o'qitish texnologiyasi; o'qitishning modul tizimi; masofali o'qitish texnologiyasi; ta’limning davriylik texnologiyasi. Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotidagi ana shunday dolzarb, markaziy masalalardan biri fizika ta’limining davriyligi muammosidir.
Fizika ta’limning davriyligini o'rganmasdan ta’lim jarayonining modul xarakterini, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish texnologiyasini tushunish qiyin. Fizika ta’limi jarayonini davrlarga ajratish, ulami atroflicha tahlil qilishning qator afzalliklari bor: fizika ta’limini davrlarga ajratish o'quvchilarning o'quv faoliyatlarini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishni osonlashtiradi, fizika ta’limi amal qiladigan qonuniyatlami belgilash hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Har bir davrga mos maqsad, vosita, natijalarni qayd etish fizikaviy ta’limining optimal amal qilishi uchun shart - sharoit yaratishga olib keladi. Xocp, shunday ekan, fanda, tegishli adabiyotlarda ta’limning davriyligi qay darajada o'rganilgan? Rus olimi M.A.Danilov «ta’lim jarayoni logikasi», «ta’lim jaravonining harakati antiruvchi kuch lari», «ta’lim jarayoni zvenolari» kabi qator atamalarni fanga olib kirgan edi. Uning yozishicha, «ta’lim jarayoni logikasi o‘quv predmeti mazmuni va uni o‘zlashtirish psixologiyasining o'zaro qo‘shilib ketishidan iborat». Ta’lim jarayonida o`quvchilar oldiga qo‘yiladigan topshiriq, muammo, mustaqil ish, intellektual va amaliy ishlar o‘zining murakkabligi, qiyinligi bilan o‘quvchilar ongida bilish ziddiyatlarini keltirib chiqaradi. Qiyinchiliklami sezish, ulami bartaraf etishga intilish ofcquvchilami mustaqil fikrlash, ijod qilish, tafakkur va xotiraga zo'r berib aqliy va amaliy muammolarni yechishga yetaklaydi. Ta’lim jarayonidagi ziddiyatlar ta’lim rivojining harakat lantiruvchi kuchidir [1].
Keyingi yillarda respublikamizda pedagogik texnoiogiya muammolariga oid qator ilmiy anjumanlar o`tkazilib, maqola va risolalar chop etildi. Garchand, ta’limning davriyligi pedagogik texnoiogiya muammolaridan biri bo`lsa-da, biz kuzatgan asarlarda ta’lim davrlari xususidagi fikrlar juda oz. Xususan, fizika ta’limi davrlariga bag`ishlangan tadqiqot yoki adabiyot mavjud emas. Barcha mehnat jarayonlari sikllarga ajratilgan. Sikllari ajratilgan jarayonlarda mehnat ilmiy asosda boshqariladi, ishlab chiqarish uzluksiz, konveyer shaklida takrorlanadi. Har bir takrorlanishning oxirida moddiy ne’matlar qabul qilingan etalon darajasida ishlab chiqariladi. Ta’lim jarayonida ham, shubhasiz, shunday imkoniyatlar mavjud. Ushbu o`quv qo'llanmada ta’lim sikllarini ajratishda o `quv maqsadlari asosiy mezon sifatida belgilanadi. O’qish va o`qitish faoliyatlarining o’zaro aloqaga kirishuvidan fizika ta’limining davriy harakati boshlanishi, davrdan-davrga o`tgan sari o `quvchilar bilimining takomillasha borishi, fizikaviy ta’lim davrlarini o'quv-tarbiya jarayonini ijodiy tashkil etish muammosi bilan daxldorlikda o`rganish zarurligi qayd etiladi. Pedagogik texnoiogiya g‘oyalarini respublikamiz sharoitida ishlab chiqishda l.Ismoilov, M.Mamadazimov, B.M.Mirzahmedov, E.N.Nazirov, Yu.PoMatov, D.Shodiyev, Yu.Mahmudov, E.Turdiqulov, K.Tursunmetov kabi usuliyatshunos, fizik olimlaming katta xizmatlari mavjud. Fizika ta’limi jarayoni davriyligini nazariy va sinov-tajriba tariqasida o'rganish juda zarur didaktik hamda metodik muammo bo`lsa-da, haligacha alohida tadqiqot predmeti sifatida o’rganilgan emas. Bu ta’lim davriyligining o‘ta murakkab va shu bilan birga, qiyin, keng qamrovli muammo ekanligi bilan izohlanadi. O’zbek maktablarining hozirgi taraqqiyot bosqichida umumiy o`rta ta’lim, litsey va kollej o'qituvchilari fizika ta’limining davriyligi qonuniyatiga, ta’lim davrlari xususidagi bilimlarga ehtiyoj sezishmoqda. Mazkur o'quv qo‘llanma fizikadan ta’lim jarayoni mohiyatini tahlil qilish, uning qobigida yashirinib yotgan imkoniyatlami izlab topish, ularni ishga tushirish uchun fizikadan ta’lim jarayoni davriyligi, ta’lim davrlarini o‘rganish, talimni davrlarga ajratish mezonlari – o’lchovlarini aniqlash, ta’limning daviiy harakatini nazariy va amaliy jihatdan asoslashga xm nat qiladi. Agar fizika ta’limi jarayonini sistemali tahlil qilish yo‘li bilan ilmiy asoslangan o'lchovlarga rioya qilib ta’lim davrlari ajratilsa, o'quv-tarbiya jarayonining modul xarakterini olishi ta’minlanadi, samaradorligi oshadi, o'quv mavzularini to`liq o'zlashtirish imkoniyatlari kengayadi. O’quv qo`llanmada fizika ta’limi jarayoni fizika ta’limining davriy harakati sifatida qaralib, asosiy maqsad fizika taTimining davriylik qonuniyati va unga muvofiq fizika ta’limi davrlarini asoslashdan iborat. O'quv qo‘llanmada nazariy va amaliy isbotni taqozo qiladigan ilmiy taraz, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadiga muvofiq quyidagi tadqiqot vazifalari hal qilinadi: - fizika ta’limiga oid didaktik va metodik adabiyotlami o’rganish fizika ta’limini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning hozirgi amaliyotini tahlil qilish; - ilg‘or pedagogik g'oyalarni umumlashtirish, pedagogik amaliyot qobig'ida yashirinib yotgan imkoniyatlami aniqlash; - fizika ta’limi davrlarini ajratish mezonlarini tanlash va ularga rioya qilib ta’lim davrlarini asoslash; - fizika ta’limi davrlarini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish tamoyillari, vositalari, tashkiliy shakllarini tavsiflash; - fizika ta’limining davriy harakatini pedagogik tajribada o'rganish va nazariy asoslarini bayon qilish; - fizika ta’limini davriy o'tkazishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ga muvofiq respublikamizda jahon andozalariga mos bo‘lgan ko‘p bosqichli ta'lim yo‘nalishlari joriy qilindi. Ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlaming asosini kasb-hunar kollejlari tashkil qiladi. Yangi tizimda tashkil qilingan kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va dasturlar tarkibiga zamonaviy texnika va texnologiyani aks ettiruvchi yangi fanlar kiritildi, mavjudlari takomillashtirildi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishining barcha sohalarida, qurilish, tibbiyot va umuman, hayotimizda elektr energiyadan keng ko‘lamda foydalaniladi [5]. Yangi asrda biz sifat jihatidan tamomila yangilangan jamiyatga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga kirgan holda kelajak sari shaxdam qadamlar bilan bormoqdamiz. Bu anchagina tayyorgarlikni, bilimni, saviyani, iqtidorni talab qiladi. Bosayotgan qadamlarimiz qat’iyatli, ishonchli, zafarli bo‘lishi uchun esa zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida ishlay oladigan, yetuk bilimdon, yuqori malakali kadrlar zarurdir. Birinchi prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganidek, IX-XV asrda ma’rifatli dunyo ahillari Buxoriylar, Farg‘oniylar, Xorazmiylar, Beruniylar, ibn Sinolar, Ulug‘beklarni qanchalik izzat–ikrom qilgan bo‘lsa XXI asrda ham xalqimiz, millatimizga nisbatan ana shunday ehtiromni qo‘lga kiritishimiz kerak. O‘sha davrda ulug‘ ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qayta tiklashimiz lozim. Bunga esa ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish orqali erishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov “Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzuidagi nutqida ta’lim tizimida erishilgan muvaffaqiyat va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni ob’ektiv tahlil qilib kadrlar tayyorlashda islohatlarga ehtiyoj borligini isbotlab berdi. Avvalo ta’lim tizimi eski sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim–tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sakrashlardan butunlay xalos bo‘lmagaligi, o‘qitish, tarbiyaviy-ma’rifiy mazmuni va uni tashkil etish dolzarb muammo ekanligi ta’kidlandi. Eski ta’lim tizimidagi bu kabi kamchiliklar va muammolarni tugatish istagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ishlab turgan o‘quv yurtlarini yangi yo‘nalishga solish va yangi sharoit va zamonaviy texnologiyada ishlay oladigan mutaxasisslar tayyorlash uchun yangi o‘quv yurtlarini tashkil etish;

  • o‘quv tarbiya jarayonining sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usulini joriy etish;

  • o‘quv yurtlari tuzilmalarini takomillashtirish, xususan 9-sinfni bitiruvchilar uchun tadbirkorlik faoliyati asoslari, iqtisodiy va huquqiy bilimlar darslari kiritilgan maxsus ta’lim muasasalarini barpo etish va ularni tarmog‘ini kengaytirish;

  • yoshlarga milliy uyg’onish va umuminsoniy qadriyatlarni idrok etish mafkurasi asosida, Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik ideallariga sadoqat ruhida ta’lim tarbiya berish;

  • yoshlar bilan muntazam ravishda tinimsiz ishlash, iqtidorli bolalarni qidirib topish, ularni eng yaxshi xorijiy o‘quv markazlarida professional ta’lim olishi uchun sharoit yaratish;

  • O‘zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojiga mos keladigan, yuksak malakali, xorijiy mutaxasislar bilan raqobat qila oladigan kadrlar salohiyatini yuzaga chiqarish va uni rivojlantirish;

  • ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yangi o‘quv adabiyotlari bilan, zamonaviy jihozlar va kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash;

  • pedagoglik kasbiga hurmatni oshirish, pedagog va murabbiylar mehnatiga qiziqishini kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitni yaratish.

Islohatning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, ta’lim andozalari, o‘quv rejalari, dasturlari mazmuniga tuzatishlar kiritish, yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi manfaatdor ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari (DTS) tasdiqlandi. Davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi, shuningdek, ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullarining sifatini baholash tartibini belgilaydi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklari, qo‘llanmalar, nizomlar va hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlat ta’lim standartida fizika ta’limining maqsad va vazifalari ta’lim yo‘nilishining majburiy minimumi, fizika bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv dasturi asoslanishi bilan birga o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar o‘z aksini topgan. Davlat ta’lim standarti talabi bo‘yicha o‘quvchilar fizika asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart.

Download 199.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling