Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-v fizika guruh talabasi qutlimuratova marjonaning fizika o’qitish metodikasi fanidan
Download 199.82 Kb.
|
Qutlimuratova Marjonaa 2- v fizika
IV. XULOSA
Kishilik jamiyati taraqqiyotining shaxs tarbiyasi masalalari kun tartibiga qo‘yilgan ilk davrlardanoq bolalarning ta’limi va tarbiyasi uchun mas’ul shaxslar toifasining shakllanishi, ularning shaxs va mutaxassis sifatida muayyan ijtimoiy talablarga javob bera olishlari, kasbiy mahoratga ega bo‘lishlariga nisbatan ijtimoiy talablar qo‘yila boshlagan. Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarni mazkur ijtimoiy talablar bilan yaqindan tanishtirish, ularda pedagogik malaka va kasbiy mahoratni shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Tegishli yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlarida “Pedagogik mahorat” fanining o‘qitilishi bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim va tarbiya jarayonlarni metodik jihatdan puxta, tashkiliy jihatdan samarali tashkil eta olishlarida muhim poydevor hisoblanadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik texnikaga ega bo‘lishlari pedagogik jarayonda yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarni samarali, salbiy nizolarsiz uyushtirilishini ta’minlash bilan birga hech bir qiyinchiliksiz ta’lim va tarbiyaviy ishlar jarayonini tashkil etilishiga ham yordam beradi. Oliy o‘quv yurtidagi tahsil davrida talabalarni Sharq va G‘arb mutafakkirlarining pedagog shaxsi va faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga oid qarashlari bilan yaqindan tanishtirish ularga kelgusida o‘zlarini mutaxassis sifatida tasavvur etishlari uchun imkoniyat yaratadi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Pedagogik mahorat” fanini o‘qitish uchun yordamchi manba sifatida yaratilgan ushbu manbadan tegishli yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni, maktab amaliyotida o‘qituvchi mahorati masalalari, pedagogik muloqotni to‘g‘ri tashkil etish, pedagogik odob, pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil etishga oid nazariy bilimlarini mustahkamlash va boyitish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’lumki, talabalar tomonidan pedagogik mahorat asoslariga doir ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirilishida laboratoriya mashg‘ulotlari alohida o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasida berilgan laboratoriya ishlanmalari bilan tanishish asosida talabalar tomonidan pedagogik qobiliyat, o‘quv-tarbiya jarayonida ruhiy holatni boshqarish malakasi, kommunikativ qobiliyat, pedagogik texnika va nutq texnikasi malakasini o‘zlashtirish imkoniyati mavjud. Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov "Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, hujjat ma'lumotini, malakasini bo'yicha paysalga solib qo'yish fikriga duch keldik. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak" - deb ta'kidlagan edi. Bundan olib chiqqan holda umumta'lim maktab o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini kuzatishda bir qator ko'rinishi kerakligi belgilab qo'yiladi. Bo'lg'usi o'qituvchining faoliyati jarayonida ibrat, namuna ko'rsatish yoshlar bilan faolligini, his-tuyg'usini, katta-harakatini rivojlantirishi va ta'sir eta olishi muhimligi aniqlandi. Har bir mashg'ulot materialini tuzatish, uni murakkablashtirish va bundan keyin ham keyingi bilan aloqasini ta'minlashni ta'minlash, mashg'ulot o'tkazish, mehnat topshiriqlari va shu kabilarni yoshlarning, ularni tarbiyalash va rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash tizimi aniqlandi. O'quv jarayoni - o'qituvchi kasbiy kompetentligini qo'llab-quvvatlash muhim omili. Biz o'qituvchining kasbiy nuqtai nazarini tahlil qilar ekanmiz, uning faoliyati ko'p tarmoqqa joylashtirish imkoniyatiga ega. Kasbiy kompesiya tuzilishi va mazmuni ikki asosiy tarkibdan iborat. Kasbiy tajriba – bu bilim, mahorat va tajriba uzviyligi boʻlib, oʻzlashtirish qobiliyatini roʻyobga chiqarishga harakat qiladi. Bugungi kunda ta'lim tizimi anchagina qiyinchilik tug'dirayotgan, tadqiqotchilar tomonidan turlicha hal etilayotgan masala to'qnashib turibdi, bu kompetensiya tarkibining mazmuni va uning chegaralari, uning tarkibiga kirgan qismlarining hajmi masalasidir. Yuqoridagi qatordan kompetentlikning uch asosli guruhi sifatida koʻrsatiladi. Oʻz-oʻziga, shaxsiy sifatida, hayot faoliyati subʼekti sifatida munosabatda boʻladigan kompetentliklar. Insonning boshqa odamlar bilan oʻzaro munosabatlariga taalluqli kompetentliklar. Insonning barcha turi va shakldagi faoliyatiga taalluqli kompetentliklar. O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini tekshirishda chet tili va axborot texnologivalaridan jo'natish «Axborot-kommunikativ kompetentlik» mavzularini turli nuqtai nazardan, shaxsiy axborot vositalaridan ma'lumot olish uchun ham mumkin. Ahamiyatli qurilmalar sirasiga axborot texnologiyalari asoslarini bilish, kompyuterdan zaruriy texnik yuklash, ta'limmakoni sub'ekt faol ijtimoiy ifodalanganligi, tahlilni izlash, tahlil qilish va qidiruvga oid bilim, ko'nikma va malakalarning jami kiritiladi. "Kompetentsiya" tushunchasi va unung pedagogik mazmuni "Kompetentlik" tushunchasining mazmuni. Bozor munosabatlari kuchli mehnat bozorída barqaror o'rin egallagan har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo'lish, uni ishchi ishtirokini oshirib boríshni taqazo qilayapti. Xo'sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o'zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o'rinda shu va shunga yondosh g'oyalar tufayli so'z yuritiladi. Ingliz "competence" tushunchasi lug'aviy bevosita "qobiliyat" ma'nosini ifodalaydi. Mazmun esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali yoʻlga chiqish, yuqori darajaga koʻtarish kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni eta olishni davolashga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi xoh u fizikadan xoh boshqa fandan o’ziga xos xarakter va o’ziga monan xususiyatga, va umumiy holda komil inson bo’lishi kerak. O'qituvchining ta ’lim muassasasidagi pedagogik faoliyatida va atrofini o'rab turgan insonlar - do 'stlari, hamkasblari o’quvchilar bilan о ‘zaro suhbatida muloqot qilish jarayoni muhim ahamiyatga ega. Zero, aql-idrok va chuqur mulohaza, tafakkur va vazminlik bilan muomala qilish, ayniqsa, o’qituvchidan talab qilinadigan pedagogik mahoratning bir qismidir. Uning hurmati, izzati, e ’tibori so'zlarni oqilona topib gapirishida mujassamlashgan. Shu m a’noda ta ’kidlash joizki o'qituvchining “aql-zakovati, fikr-tuyg'ulari, bilimi va muloqot madaniyati saviyasi, tafakkuri ma ’lum darajada so 'zda ifoda etiladi. Muloqot madaniyatida so 'z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. O'qituvchi o'quvchilar bilan muloqot jarayonida adashishga, xatolikka yo’l qo'yishi mumkin emas. Vaholanki, о 'qituvchi muloqotida birgina adashish, yoki qo'pollik uning pedagogik faoliyatida tuzatib bo'lmas xatoliklarni keltirib chiqaradi. O'qituvchi o'z muloqoti bilan nimalarga qodir ekanligini muntazam bilib, xato va kamchiliklarini darhol tuzatib borishi kerak. Download 199.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling