Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
2-§. Mehnatga oid munosabatlar
Ijtimoiy voqelikda mehnat huquqining predmctini tashkil etuvchi munosabatlar tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda bog'langan boshqa munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu munosabatlar mehnat munosabatlaridan ilgariroq. ular bilan bir vaqtda. yoxud bevosita mehnat munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Mazkur munosabatlar jumlasiga: mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarni; ishga joylashtirishga oid munosabatlarni; kadriar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog'liq munosabatlarni; mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlarni; mehnat nizolarini (yakka va jamoalarga doir) hal etish bilan bogiiq munosabatlarni kiritish mumkin. Yuqorida sanab o'lilgan munosabatlarning har biriga xos xususiyatlarga qisqacha to'xtalib o'lamiz. 1) Mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarda, odatda, ish beruvchi bilan mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o'rtasida kelib chiqadigan munosabatlar aks etadi. Amaldagi qonunehiligimizga binoan, mehnat jamoalari mehnatga oid ijtimoiy munosabatlarning subyekti hisoblanadi. Mehnat kodeksining 19-moddasida ko'rsatilganidek, mehnal jamoasining huquq va burchlari, lining vakolatlari. ularni amalga oshirish tartibi va shakllari qonun hamda boshqa normaliv hujjatlar bilan belgilanadi. Bu haqda darslikning tegishli bobida bataf'sil ma'lumot beriladi. Keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasi mehnat qonun-chiligida «Xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi» deb nomlangan yangi institut tarkib topdi. Mehnat kodeksining III bobi shu masalaga bag'ishlangan. Kodeksning 20-moddasiga muvofiq, xodimlar va ish beruvchilarning vakillik organlariga mehnatga oid munosabatlarning subyekti sifatida qaraladi. Kodeksning 21-moddasiga ko'ra, korxonadagi kasaba uyushmasi va uning saylab qo'yilgan organi yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar mehnat munosabatlarida xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo'lishi va bu manfaatlarni himoya qilishi mumkin. Mazkur organni saylash tartibi, uning vakolatlari, muddati va tarkibini mehnat jamoasining umumiy yig'ilishi (konferensiyasi) belgilaydi. Ya'ni vakillik qilish hamda ularning manfaatlarini himoya etishni ishonib topshirishlari mumkin bo'lgan organni xodimlarning o'zi belgilaydi. Ish beruvchining vakillik organini tuzishi, uning faoliyati, maqsadlari va huquqlari Mehnat kodeksining 28-moddasida bayon etilgan. Unda asosan, korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnatning shartlarini joriy etish, jamoa shartnomasi va kelishuvlariga oid masalalarni hal qilish, korxonani ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mehnat nizolari yuzasidan xodimlar manfaatlarini himoyalash, korxona va uning mulkiy manfaatlarini ifoda etish orqali ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, xo'jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ish beruvchining huquqlarini himoya qilish ko'zda tutilgan. Demak, tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlar mehnat huquqining asosiy predmeti — ijtimoiy mehnatga oid munosa-batlarga ko'makdosh sifatida xizmat qiladi. 2) Ishga joylashtirishga doir munosabatlar o'rta umumta'lim, litsey, kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yoshlarni, urush nogironlari va qatnashchilarini, harbiy xizmatni tugatib, iste'foga chiqqanlarni, shuningdek jazoni o'tab bo'lgan shaxslarni, mehnat va ishlab chiqarishning qayta tashkil etilishi, korxonalarning bankrot bo'lishi oqibatida ishdan bo'shatilgan kishilarni hamda aholining boshqa toifalarini ishga joylashtirish kabi masalalarni qamrab oladi. Ayni vaqtda voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiya, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo'limlari va boshqa davlat idoralari ishga joylashtiruvchi organ hisoblanadi. Shu bilan birga, ayrim hollarda mazkur munosabatlar ma'muriy huquq normalari bilan tartibga solinishini ham eslatib o'tish lozim. Umuman, aholini ish bilan ta'minlashga doir munosabatlar mehnat huquqi predmetining ajralmas qismi hisoblanadi. O'z-o'zidan ayonki, ular mehnatga oid ijtimoiy munosabatlardan ilgariroq namoyon bo'ladi. 3) Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga doir munosabatlar asosan, xodimlarning o'qishi, muayyan kasb yoki mutaxassislikka ega bo'lishi, shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'z malakasini oshirishijarayonida shakllanadi. Bu kabi ijtimoiy munosabatlarning mazmun-mohiyati mehnat faoliyatida emas, muayyan kasb yoki mutaxassislik bo'yicha o'qitishda mujassamlashgan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad — ishlab chiqarish jarayonida o'qitish tizimini joriy etish orqali yuqori samara bilan ishlash qobiliyatiga ega malakali xodimlarni tayyorlashdan iborat. Mazkur munosabatlar ham mehnat munosabatlari bilan uzviy bogiiqligi sababli, uning ajralmas qismi hisoblanadi. Binobarin, ular mehnat huquqi predmetining tarkibiy qismi hamdir. Ma'lumki, 1998-yilning 1-mayida «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining (yangi tahrirdagi) qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish, fuqarolarning ish bilan ta'minlanishi, kasb va mashg'ulot turini tanlashi va ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy tayyorgarligi hamda ma'lumotiga muvofiq, mehnat sohasidagi kafolatlangan huquqlarining ro'yobga chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling