Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


-§. Davlatning kelib chiqishi va unga doir nazariyalar


Download 0.79 Mb.
bet2/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

2-§. Davlatning kelib chiqishi va unga doir nazariyalar
Davlatning vujudga kelishini oddiygina qilib quyidagicha tushunish mumkin. Davlatni vujudga kelishi uchun ijtimoiy tabaqalashuv vujudga kelgan. Ijtimoiy tabaqalashuv esa turli xil sinflarni vujudga keltirgan, ya'ni hukmron va qaram sinflarni. Dastlabki, qaram sinflarning vujudga kelishi uchun faqatgina moddiy ehtiyoj sabab bo'lgan xolos. Ya'ni, bir guruh odamlar (hukmron sinf) turli xil yo'llar bilan ortiqcha mulk evaziga boyiy boshlaganlar va shu mulki orqali boshqa bir guruh odamlar (qaram sinf)ni boshqara olganlar. Endi bu ijtimoiy tabaqalashuv qanday sodir bo'lgan? Buning sabablari turli xil bo'lib, bir necha nazariya asosida tushuntirilgan. Shu o'rinda savol tug'iladi: qaysi nazariya to'g'riroq? Agarda tarixga nazar tashlasak turli xil davlatlarning vujudga kelishidagi tabaqalashuv turli xil omillar asosida sodir bo'lgan.
Davlatning kelib chiqishi to'g'risidagi masala ko'p asrlar davomida ko'plab mutafakkir faylasuflar, huquqshunoslar
tarixchilarni o'ylantirib kelgan. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Shulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz.
1. Ilohiy (teologik) nuzariya. Bu nazariya asoschilari vakillari davJatning xudo tomonidan yaratilganligini uqliradilar, «butun hokimiyal xudoniki» degan qoidani ilgari suradilar. Bu nazariya qadimda paydo boigan va o'rta asrlarda keng tarqalgan. Ushbu nazariya teokratik, ya'ni davlat boshlig'i ayni paytda lining diniy rahnamosi bo'ladigan davlat qaror topgan davrdagi jarayonlarni aks ettiradi. Sharq davlatlarining «Podshoh xudoning yerdagi soyasi» degan fikri ham buni ifodalaydi.
2. Palriaixal nazariya tarafdorlari davlat kattalashib ketganoiladan bevosita kelib chiqqan, inonarx hokimiyati esa go'yo oilaning barcha a'zolariga rahbarlik qiladigan otadan meros bo'lib o'tgan deb hisoblaydilar. Ushbu nazariya Yunonistonda (qadimgi Gretsiyada) paydo bo'lgan Aflotun (Platon) va Arastu (Aris- totel)lar o'zasarlarida asoslab berganlar. Aflotun o'ziningmashhur «Davlat» asarida oiladan o'sib chiqqan yuksak adolatli davlatni tasvirlaydi.
Adolat g'oyasining o'zidan kelib chiqsak deydi Aflolim, adolatli odam hech niniasi bilan adolalli davlatdan farq qilmaydi. Inson ruhining uch asosi (aql, jaholat va nafs)ga maslahat, muhofazaga asoslangan tadbirkor davlatga muvofiq kcladi. Keyingilariga hukmdorlar, askarlar va ishlab chiqaruvchilar (hunarmandlar va dchqonlar)ning uch tabaqasi to'g'ri kcladi'.
Bu g'oya XVII asrda ingliz olimi Filmcrning «Patriarx» asarida rivojlantirilgan. Muallif Injilga asoslanib, Odam Atoning hokimiyatni xudodan olib, o'zining katla o'g'li, patriarxga, u esa o'zining avlodlari bo'lgan qirollarga berganligini isbotlashga uringan.
3. Shartnoma nazariya. Gollandiyada ushbu nazariyani Grosiy va Spinoza, Angliyada — Lokk va Gobbs, Fransiyada Russo, Rossiyada A. N. Radishchcv rivojlantirgan. Ularning fikricha, hokimiyat xalqqa tegishli bo'lib, xalq uni monarxga bergan. Normal hayot kechirish uchun odamlar davlat tuzish to'g'risida o'zaro
shartnoma tuzadilar, ixtiyoriy sur'atda unga o'z huquqlarining bir qismini topshiradilar. Keyinchalik ularning ma'lum bir shaxsga bo'ysunishlari haqida ikkilamchi shartnoma tuziladi. Agar monarx hokimiyatni suiiste'mol qilsa, xalq qo'zg'olon ko'tarishga va monarxni taxtdan ag'darishga haqli bo'ladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling