Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet9/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

9-§. Axloq va huquq
Axloq — kishining jamiyatdagi xulqini normativ tartibga soluvchi usullardan biri. U ijtimoiy hayotning barcha sohalari — mehnat, maishiy turmush, oila, siyosat, xalqaro munosabatlar va shu kabilarga aloqador. Axloq — ijtimoiy ong shakllaridan biri, shu bois butun ijtimoiy ong singari uning ham tuzilishi bir xil emas. Jamiyat aksariyat qismining asrlar davomida shakllangan axloqiy tushunchalari alohida ijtimoiy guruhlarning, boz ustiga alohida individlarning axloqiga mos tushmasligi mumkin. Lekin, har holda, jamiyatdagi hukmron axloq jamiyat a'zolari ko'pchiligining xulq-atvorini belgilab beradi. Axloqning alohida xususiyati shundan iboratki, axloq normalariga amal qilish jamoatchilik fikri orqali ta'minlanadi.
Jamiyatdagi yozilmagan xulq-atvor qoidalarining majmuidan iborat bo'lgan axloqdan farqli ravishda huquq — ma'lum yuridik shakllar, ya'ni manbalarda, jumladan qonun, farmon, qaror va huquqda namoyon boiuvchi ijtimoiy xulq-atvor qoidalarining qat'iy ifodalangan tizimi. Huquq normalari asosan, yozma shaklda bo'ladi.
Axloqdan farqli ravishda, huquq qoidalari umummajburiy xususiyatga ega. Ularni bajarish davlatning majburlash kuchi orqali ta'minlanadi. Shu kabi ba'zi farqlarga qaramay, axloq va huquq bir qancha umumiy xususiyatlarga ega.
Axloq ham, huquq ham, umuman olganda, butun jamiyatning, demakki, aholi aksariyat qismining qarashlari va tushunchalarini aks ettirishi kerak. Ularning ijtimoiy hayotning aynan bir xil sohaiarini qamrab olishini hisobga olganda, ular o'rtasida ziddiyatlar boimasligi kerak. Agar bunday ziddiyat paydo bo'lsa, u huquqiy normalarni o'zgartirish orqali, ya'ni axloq foydasiga hal qilinishi zarur.


Huquq tizimi. Huquq — ichki yaxlitligi va o'zaro muvofiqligi bilan ajralib turadigan muayyan tizim. Lekin, boshqa tizimlar kabi, huquq ham huquq tarmoqlaridan iborat kichik tizimlarga bo'linadi.
Davlatning yuridik normalari yig'indisi uning huquqini tashkil etadi. Huquqiy normalar turli-tuman bo'lib, ular o'zaro mustahkam bog'langan, muvofiqlashgan va yaxlit huquq tizimini tashkil etadi.
Huquq tizimi turli-tuman, lekin o'zaro mustahkam aloqada boigan yuridik normalar yig'indisidir.
Huquq tizimi katta tarkibiy qismlarbo'lmish huquq larmoqlariga bo'linadi. Davlatdagi ijtimoiy munosabatlarning xilma-xilligi tarmoqlarga boiishning asosini tashkil etadi. Aynan shu muno-sabatlar huquqiy boshqaruvning predmetini tashkil etadi. Ijtimoiy munosabatlarning har bir ma'lum turi (oila, mehnat munosabatlari va hk.) tegishli huquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Bu normalar huquqiy tartibga solish predmetiga ko'ra (ya'ni ijtimoiy munosabatlarning ma'lum turiga ko'ra) huquq tarmoqlariga bo'lingan.
Huquq tarmog'i jamiyat hayotining ma'lum sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi o'zaro bog'liq yuridik normalar yig'indisidir.
Har bir tarmoqning huquqiy tartibga solish prcdmeli o'z xususiyatlariga ega. Bu esa ushbu munosabatlardagi huquqiy lartibga solishning o'ziga xos jihatini belgilaydi. Huquqiy tartibga solish usuli, huquq lizimini tarmoqlarga bo'lishning qo'shimcha asosidir.
Huquqiy tartibga solish usuli huquqning ijtimoiy munosa-batlarga ta'sir ko'rsatishiga yordamlashadigan yo'llari, usullari, vositalarining yig'indisidir. Masalan, fuqaroviy-huquqiy usulda mulkiy munosabatlarning ishtirokchilari mustaqil va bir-biriga qaram emasligi, ular o'z xohishlariga ko'ra o'z mulklaridan foydalanish huquqiga ega ekanligi nazarda tutiladi. Fuqarolik muomalasi ish-tirokchilari o'rtasidagi munosabatlar tomonlar ishlab chiqqan shartlar hamda ularning huquq va majburiyatlari erkin ravishda belgilab qo'yilgan sharlnoma asosida yuzaga keladi. Fuqaroviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari o'rtasidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi. Davlat boshqaruvi sohasida yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solishning bir usulini talab qiladi. Bu yerda tomonlar bir xil huquqqa ega emas, ulardan biri ikkinchisiga bo'ysunadi. Tomonlardan biri boshqasiga nisbatan hukmron mavqega ega bo'ladi.
Shunday qilib, ma'muriy-huquqiy munosabatlarning (huquqning aynan shu tarmog'i davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi) asosiy usuli hokimiyatni boshqarish usuli bo'lib, unda davlat organlaridan biri ikkinchisiga bo'ysunadi.
Huquqiy tartibga solish predmeti — ushbu huquq tarmog'ining normalari ta'sir o'tkazadigan munosabatlar, huquqiy tartibga solish usuli esa — ushbu ta'sir o'tkaziladigan vosita O'zbekiston huquq tizimi huquqning quyidagi asosiy tarmoqlarini o'z ichiga oladi:
- konstitutsiyaviy huquq; ma 'muriy huquq; fuqarolik huquqi;
-jinoyat huquqi; yer huquqi; agrar huquq; me/mat huquqi; ijtimoiy
ta'minot huquqi; ekologik huquq; moliyaviy huquq; fuqarolik-protsessual huquq;
- jinoyat-protsessual huquq; xo 'jalik-protsessual huquq.
Konstitutsiyaviy, ma'muriy, fuqarolik va jinoyat huquqi asosiy
huquq tarmoqlari deb hisoblanadi.
Yuqorida sanab o'tilganlarning dastlabki o'ntasi moddiy huquq tarmog'i bo'lsa, keyingi uchtasi protsessual huquq tarmog'idir.
Huquq tizimida ikkita huquqiy makonni ajratib ko'rsatish mumkin: ommaviy huquq va xususiy huquq. Ommaviy huquq davlat bilan fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Bu hokimiyat va bo'ysunish munosabatlaridir. Ommaviy huquq doirasiga konstitutsiyaviy, ma'muriy, jinoyat, jinoyat-protsessual, soliq huquqi sohalari kiradi.
Xususiy huquq o'zaro majburiyallar asosida huquqlarga ega bo'luvchi subyektlar o'rlasidagi munosabatlarni tartibga soladi, bu yerda munosabat ishtirokchilari tengdirlar. Xususiy huquq doirasiga fuqarolik, mehnat va oila huquqi sohalari kiradi. Huquqning ommaviy va xususiy huquqqa bo'linishi Qadimgi Rim huquqi davridan buyon mavjud bo'lib, bunga qariyb ikki ming yilcha bo'lgan.
Konstitutsiyaviy huquq konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini, mamlakatning davlat tuzilishini, Prezident, Oliy Majlis, hukumat, sud tizimi, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining huquqiy maqomini mustah-kamlab qo'yadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling