Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet7/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

7-§. Huquq va uning belgilari
Huquq — davlat tomonidan o'rnatilgan yoki ma'qullangan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy xulq-alvor qoidalarining tizimi.
«Huquq» iborasi ikki ma'noda qo'llaniladi. Obvcktiv huquq umummajburiy xulq-atvor qoidalarining yig'indisi. Bu normalar u yoki bu insonning, subyektning irodasi hamda xohish-istagidan qat'i nazar mavjud bo'ladi. Subyektiv huquq —- muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tcgishli bo'lgan huquq. Masalan, fuqaro Aliycvning ma'lum narsaga, aytaylik, avtomobilga nisbatan mulk huquqi. Subyektiv huquq yuridik jihaldanshaxserkinligini ta'minlaydi, unga mustaqillik beradi va tashabbus ko'rsatishiga imkon yaratadi. Subyektiv huquq obyektiv huquqqa asoslanadi, obyektiv huquq bo'lmasa, subyektiv huquq ham bo'lmaydi. Subyektiv huquq insondan (yoki tashkilotdan), ya'ni huquqdor shaxsdan ajralmagan holda mavjud bo'ladi.
Huquq davlat bilan chambarchas bog'langan. Davlatsiz huquq bo'lishi mumkin emas, chunki aynan davlat huquqni shakllantiradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi.
O'z navbatida, davlat ham huquqsiz mavjud bo'lishi mumkin emas. Aks holda, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum bo'ladi.
Huquqning asosiy belgilari quyidagilardir:

  1. davlat yo'li bilan o'rnatilishi;

  2. bareha uchun majburiyligi;

d) huquq normalarining qonunlar va boshqa muayyan man- balarda ifodalanishi;

  1. subyektiv huquqlar orqali harakat qilish; davlat tomonidan ta'minlanganligi

Huquq adolatdan ajralmasdir. Rim huquqida huquqning halol yashash, o'zgalarni xafa qilmaslik, har kimga kerakligini berish kabi qoidalari yozib qo'yilgan edi. Huquq ezgulik va adolatlilik san'atidir. Huquqda adolat mezoni ifodalanadi.
Huquqning kelib chiqishiga doir nazariyalar. Davlat kabi huquqning kelib chiqishi to'g'risida ham turli nazariyalar mavjud.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling