Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet5/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

5-§. Davlatning shakllan
Davlat shakli deganda, davlatning tuzilishi va boshqaruv usulini belgilaydigan tashqi xususiyatlari tushuniladi. Davlat shakli quyidagi uchta jihatni o'zida ifodalaydi:

Ushbu xususiyatlar davlat qanday tashkil ctilganligini va davlat hokimiyati qanday usullarda amalga oshirilishini ko'rsatadi.
Boshqaruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari, aholi bilan o'zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi. Boshqaruv shakliga ko'ra davlatlar monarxiya va rcspublikaga bo'Iinadi.
«Monarxiya» so'zi yunonchada «yakka hokimlik» ma'nosini bildiradi. Monarxiya oliy hokimiyat yakka hokim — davlat boshlig'ining qo'lida bo'lgan va bu hokimiyat meros qilib beriladigan davlat boshqaruvi shaklidir.
Monarxiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig'i sifatida maydonga chiqadi; monarx davlatni yakka o'ziboshqaradi;

  • monarx hokimiyati muqaddas deb e'lon qilinadi;

  • monarx o'z faoliyatida rasman mustaqildir;

  • hokimiyatni o'rnatish, qabul qilish (legitimlashtirish)ning alohida tartibi mavjud;

  • muddatsiz, umrbod boshqaruv;

monarx o'z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas.
Monarxiya mutlaq va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda bo'ladi. Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklan-magan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa (masalan, Saudiya Arabistonida), bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.
Agar monarxning hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan biron-bir vakolatli idora bilan cheklangan bo'lsa, bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy, parlament shaklidagi monarxiya bo'ladi (masalan, Buyuk Brilaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya).
«Respublika» so'zi yunonchada «umumiy ish» ma'nosini bildiradi. Respublika davlat boshqaruvining hokimiyat oliy idoralari muayyan muddatga saylanadigan shaklidir.
Respublikaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • hokimiyat oliy idoralarining saylab qo'yilishi;

  • hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;

  • hokimiyat oliy organlarining o'z qarorlarini saylangan muddati davomida qabul qilishi;

  • qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi organ bo'lgan sudlar obro'iningortishi;

- fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi.
Respublikalar prezidentlik respublikasi, parlamentar respublika va aralash turdagi respublikalarga bo'Iinadi:

  • prezidentlik rcspublikasida davlatni xalq saylaydigan va juda keng vako-latlarga ega bo'lgan Prezident boshqaradi. U davlatning ham, hukumatning ham boshlig'idir. Bunday respublikada hukumalni prezident tuzadi. Davlat tuzilishi shakli uning ma'muriy-hududiy tashkil etilishidir. Davlat tuzilishi bo'yicha barcha davlatlar quyidagi turlarga bo'linadi:

-oddiy (unitar);
- murakkab (federativ va konfederativ).
Sivosiy \uzum — davlat hokimiyatini amalga oshirish usul va yo'llarining majmui bo'lib, mamlakaldagi siyosiy vaziyatni, ya'ni jamiyatdagi siyosiy crkinlik darajasini va shaxsning huquqiy holatini bildiradi.
Demokrativa (yunoncha «xalq hokimiyati») — inson siyosiy va fuqarolik huquqlarining tcngligini, fuqarolarning davlat hokimiyati idoralarini tuzishda va ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, xalq irodasini demokratik hokimiyatning yagona manbai deb bilishni anglatadi. Xalq hokimiyatchiligi ikki shaklga ega: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.
Vakillik demokratiyasi xalqning o'z hokimiyatini vakillik idoralari, ya'ni demokratik hokimiyatning va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish idoralarining saylab qo'yiladigan organlari orqali amalga oshirilishini bildiradi. Bevosita demokratiya xalqning demokratik hokimiyat masalalarini hal etishda umumxalq ovoz berishi (referendum) yo'li bilan to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishidir



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling