Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet6/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

Demokratik tuzum belgilari:

  • shaxsning iqtisodiy sohada erkinligi;

  • inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e'lon qilinishi va kafolatlanishi;

  • barcha shakllardagi va torn ma'nodagi demokratiya;

  • hokimiyat vakolatlarining bo'linishi;

  • ijtimoiy hayolda fikrlar xilma-xilligi (plyuralizm), ijtimoiy birlashmalarning ko'pligi;

-qonun ustunligi.
Agar davlatda demokratik tuzum hukmron boisa, demak, bu davlatda fuqarolar umume'tirof etilgan huquq va erkinliklardan toia foydalanadilar, davlat esa ularni nafaqat tan oladi, balki har tomonlama kafolatlaydi va himoya qiladi.
Bunday davlatda mafkuraviy va siyosiy xilma-xillik konstitutsiya bilan mustahkamlab qo'yiladi, siyosiy partiyalarning faoliyatiga ruxsat etiladi. Siyosiy partiyalar oliy va mahalliy hokimiyat idoralariga deputatlarni saylashda ishtirok etish orqali iloji boricha ko'proq a'zolarini hokimiyat idoralariga kiritishga harakat qiladilar. Qoida tariqasida, demokratik saylovda g'alaba qilgan siyosiy partiyalar hukumatni tuzish va shu tariqa o'z siyosatini o'tkazish huquqiga ega bo'ladilar.
Antidemokratik tuzumga xos xususiyat shundaki, bunday tuzumda davlat idoralari hokimiyatni amalga oshirish chog'ida demokratik prinsiplar va qoidalarga rioya etmaydilar, ularni doimo yoki tez-tez buzadilar. Bunday siyosiy tuzumda fuqa-rolarning huquq va erkinliklari poymol etiladi, qo'pol ravishda buziladi, muxolafat bartaraf etiladi (ba'zan juda shafqatsizlik bilan), ba'zida esa parlament singari demokratik institutlar yo'q qilinadi.
6-§. Davlat mexanizmi
Davlat mexanizmi — jamiyatni boshqarish va xalq manfa-atlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat idoralari va muassasalarining tizimi. Davlat mcxanizmining asosiy belgilari quyidagilar:

  • tarkibi — boshqaruv faoliyati bilan shug'ullanadigan odamlar
    yig'indisi; bir-birlari bilan o'zaro aloqadorliqda va munosabatda
    bo'lgan idoralar va muassasalarning murakkab tizimi; davlat apparati barcha bo'g'inlarining funksiyalari, tashkiliy va moliyaviy vositalar, zarur boiganda esa davlatning majburlov choralari bilan ta'minlanadi;

  • maqsadi — fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatlash va muhofaza qilish.

Davlat idorasi (organi) — davlat mexanizmining qonunga muvofiq ravishda o'z tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo'yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo'lgan hamda davlat mexanizmining boshqa qismlari bilan uzviy aloqadorlikda bo'lgan va yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismi.
Davlat idorasining belgilari: qonun chiqarish yo'li bilan tashkil topishi:
- vakolati — ushbu idora mustaqil hal eta oladigan masalalar doirasi; huquqiy asosda funksional faoliyat ko'rsatishi; davlat apparatida mustaqil o'rin tutishi; boshqa idoralar bilan aloqada bo'lishi; tuzilishi (ichki tuzilishi).
Davlat idoralari quyidagi turlarga bo'linadi:

  1. Vakillik idoralari: qonun chiqaruvchi; mahalliy hokimiyat idoralari.

  2. Ijroiya idoralari: markaziy idoralar (davlat boshlig'i monarx yoki prezident; hukumat; vazirlik va davlat qo'mitalari); huquqni muhofaza qiluvchi idoralar (prokuratura; ichki ishlar vazirligi va uning organlari; adliya vazirligi; milliy xavfsizlik xizmati); mahalliy idoralar (O'zbekistonda viloyat, tuman va shahar hokimlari).

3. Sud va konstitutsiyaviy nazorat idoralari: Konstitutsiyaviy sud; Oliy sud va umumiy yurisdiksiya sudlari; Oliy xo'jalik sudi va uning viloyat (shahar) bo'g'inlari.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling