Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet8/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

8-§. Huquq ijtimoiy norma
Jamiyatda nonnalarning ikki tizimi mavjud: texnikaviy va ijtimoiy. Texnikaviy normalar «inson — mashina» munosabatlarini tartibga soladi. Agar texnikaviy normalar bajarilmasa, Chernobil atom elektr stansiyasidagi kabi falokat sodir bo'lishi mumkin. Ijtimoiy normalar— odamlar va ularning birlashmalari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalari bo'lib, ular «inson — inson» munosabatlarini tartibga soladi. Ijtimoiy normalarning turlariga quyidagilar kiradi: axloq normalari, jamoat birlashmalari normalari, milliy urf-odatlar, xalqlarning odatlari, an'ana normalari, siyosiy hayot normalari, huquq normalari, diniy normalar.
Axloq normalari — ezgulik va yovuzlik, sha'n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va mas'uliyat haqidagi axloqiy tushunchalarga muvofiq ravishda jamiyatda o'rnatilgan xulq-atvor qoidalari.
Jamoat hirlashmalarining normalari - jamoat birlashmalarining o'z faoliyatini tartibga solish va tashkilotlarning a'zolari o'rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun o'rnatgan xulq-atvor qoidalari.
Odat normalari — kishilarning ko'p marta takrorlanganligi uchun odatga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga o'tib kelayotgan xulq-atvor qoidalari.
An 'ana normalari — ilg'or an'analarni asrash munosabati bilan yuzaga kelgan umumlashgan va barqaror xulq-atvor qoidalari.
Marosim normalari — kishilarning ma'lum rasm-rusumlarni bajarishdagi xulq-atvor qoidalari.
Diniy normalar — dindorlarning xudoga, machitga, cherkovga, bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarni tashkil qilish va ularning amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari.
Siyosiy normalar — alohida shaxslar va siyosiy birlashmalarning hokimiyatga munosabati masalalarini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari.
Huquq normalari — davlat tomonidan belgilanadigan umum-majburiy xulq-atvor qoidalari.
Tabiiyki, ijtimoiy normalarning mazkur ro'yxati to'liq emas.
Huquq normalarining boshqa ijtimoiy normalardan farqini huquq normalari va axloq normalarini taqqoslash orqali ko'rsatib beramiz.
Huquq normalarining belgilari va tuzilishi. «Norma» so'zi lotinchadan tarjima qilinganda «qoida», «namuna» ma'nosini anglatadi.
Huquq normasi — davlat tomonidan belgilanadigan, kafolat-lanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi.
Gipoteza — huquq normasining tarkibiy qismi bo'lib, unda norma amal qila boshlaydigan, bajariladigan sharoit bayon etiladi. Misol uchun, pensiya haqidagi qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida erkaklarga umumiy mehnat staji 25-yil bo'lganidan so'ng 60 yoshdan, ayollarga esa 20 yillik staj bilan 54 yoshdan boshlab sotsial ta'minot bo'limlari tomonidan pensiya to'lanadi.
Dispozitsiya — huquq normasining shunday tarkibiy qismiki, unda xulq-atvor qoidalarining o'zi ifodalanadi, huquq subyekt-larining huquq va majburiyatlari belgilab beriladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 223-moddasida belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O'zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan o'tish uchun javobgarlik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi — hukumatning ruxsatisiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib, yoinki, buning uchun belgilangan chegara punkti orqali o'tmay, davlat chegarasidan noqonuniy o'tishning taqiqlanganligidir.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling