Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


-§. Davlatning belgilari va huquqiy davlat


Download 0.79 Mb.
bet3/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

3-§. Davlatning belgilari va huquqiy davlat
Davlat jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi boshqa tashkilot-lardan bir qator o'ziga xos belgilari bilan farq qiladi. Davlatning belgilari to'g'risidagi masala hamisha huquqshunoslar e'tiborini tortib kelgan va bu haqda ularning turli talqinlari mavjud.
F.Engcls o'zining «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» degan asarida davlatning asosiy belgilari sifatida aholining hududiy bo'linishi, ommaviy hokimiyat hamda soliqlar tizimining tashkil etilishini ko'rsatib o'tgandi. G.F.Shershenevich ham shunga o'xshash uch belgi: «a) odamlarning birlashuvi; b) ular ustidan hukmronlik qiluvchi hokimiyat; d) shu hokimiyat ta'sir doirasidagi hudud...»9ni sanab o'tadi.
Hozirgi vaqtda davlatning umumiy c'tirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini ko'rsatish mumkin:

  • davlat o'z davlat chegaralari doirasida fuqarolik belgisi bo'yicha
    birlashgan butun jamiyatning, butun aholining yagona vakili sifatida
    maydonga chiqadi;

  • davlat — suveren hokimiyatning yagona sohibidir;

  • davlat yuridik kuchga ega bo'lgan va huquq nortnalarini aks ettirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqariladigan hujjatlarni qabul qiladi;

  • davlat o'z vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo'lgan davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat murakkab mexanizm (mahkama)dir;

  • davlat — qonuniylik va huquq-tartibot posboni boiishga maxsus
    da'vat etilgan huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari (sud,
    prokuratura, militsiya, politsiya va hk.)ga ega bo'lgan yagona
    tashkilot;

  • faqat davlatgina o'z mudofaasi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi
    va xavfsizligini ta'minlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik
    organlariga ega bo'la oladi.

Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:
1. Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo'lgan barcha shaxslar— ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati idoralari huquqqa bo'ysunadilar.

  1. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo'lmasligi kerak.

3. Inson huquqlari va erkinliklariga riova etilishi, ularning himoya qilinishi va ta'minlanishi. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug'ilganidan tegishli bo'lib, ular insondan ajralmasdir. Gap, eng avvalo, insonning yashash, erkinlik, daxlsizlik va xavfsizlikka ega bo'lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkinliklari to'g'risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar.

  1. Davlat va fuqaroning o'zaro mas'uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkinligining me'yorini belgilab qo'yar ekan, xuddi shu chegaralarda o'zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo'yadi.

  2. Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legilimligi). Hokimiyat qonuniy deb e'tirof etilishi uchun u quyidagi talablargajavob berishi shart: demokratik saylovlar yo'li bilan shakllantirilgan bo'lishi;
    samarali faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat'iy tartibnita'minlashi; ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olinishi.

  3. Hokimivat vakolatlarining bo'linishi. Davlat hokimiyati bir qo'lda to'planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog'ini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo'yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o'z vakolati doirasida amal qiladi.

7. Sudning mustaqilligi. Sud davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog'i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yoi qo'yilmaydi.
X. Huquqni muhofaza qiluvchi idortilarning samarali ishlashi. Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud boisa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak, ushbu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak.
9. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko'rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong huquqqa munosabat, qonun talablarini
bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig'indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, huquqni hurmat qilish va huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo'ladi.
10. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma'lum bir muxolafatning bo'lishi zarur.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling