Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasi 1-
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5–MAVZU. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI. REJA
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasi 1-qismiga ko'ra, tovar bozoriga sifatsiz mahsulot sotish badanga og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud mol-mulkning musodara qihnib, yoki musodara qilinmay oili oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 2-qismida odamning o'limiga sabab bo'lgan sifalsiz mahsulotni chiqarganlik yoki sotganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Unga ko'ra shaxs mol-mulki musodara qilinib besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi deb ko'rsatilgan Tahlil qilinayotgan moddaning 3-qismida sifatsiz mahsulot chiqarganlik yoki sotganlik natijasida: odamlar o'limi; boshqa og'ir oqibatlarning yuzaga kelganligi uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Boshqacha og'ir oqibatlar deganda. ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishi sogiiqqa zarar yetkazish, odamlarning yalpi zaharlanishi va boshqalar tushuniladi. Unga ko'ra shaxs mol-mulki musodara qilinib o'n yildan o'n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 5–MAVZU. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI. REJA: 1.Mehnat huquqi tushunchasi, subhektlari, tamоyillari va manbalari. 2.Ahоlini ish bilan tahminlash. Mehnat shartnоmasini tuzish va bekоr qilish asоslari. 3.Mehnat intizоmi va mehnat muhоfazasi. 4.Mehnat huquqida ish vaqti, dam оlish vaqti va tahtil. Mehnatga haq to’lash. 5.Mehnat nizоlari va ularni hal qilish tartibi. l-§. Mehnat huquqi tushunchasi va predmeti Mehnatga oid munosabatlar quyidagi o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1) mehnatga oid munosabatning subyekti — xodim korxona, muassasa, tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga qo'shiladi va o'z mehnati bilan korxona jamoasi oldidagi vazifani bajarishga kirishadi. Xodimning mehnat jamoasi tarkibiga kirishi uni vaqtineha, mavsum davomida yoki doimiy muddatga ishga qabul qilinishida emas, korxonaning shtatiga yoki mehnat jamoasi ro'yxatiga kiritilishi bilan belgilanadi; ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko'ra, muayyan mehnat funksiyasini bajarish xodim majburiyatlarining predmetini tashkil etadi. Muhimi shundaki. bu ish bir qancha kishilar faoliyati bilan uyg'unlashgan holda, ya'ni mehnat kooperatsiyasi doirasida bajariladi. Binobarin, u faqat individual-konkret topshiriq emas. Chunki xodimning mehnat funksiyasi muayyan mehnat faoliyatining turiga mos kelishi barobarida, u alohida-alohida ishlab chiqarish operatsiyalari bilan cheklanib qolmaydi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan yakunlanmaydi, qisqasi, mehnatga oid munosabatlarni kishilarning mehnat faoliyati jarayonidagi uzviy va uzoq vaqt davomida namoyon bo'ladigan aloqalari deya ta'riflash mumkin. Shuning uchun zarur hollarda ishlab chiqarish manfaatlari yoki xodim talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda uning boshqa ishga o'tkazilishiga yo'l qo'yiladi; xodimning va mehnat jamoasi har bir a'zosining ish faoliyati muayyan tuzum o'rnatilgan sharoitda amalga oshiriladi. Mehnatga oid munosabatlar subyektlarining mehnatni tashkil elishga doir tartib-intizom, qoida talablariga bo'ysunishi — mehnat muno- sabatlarning izchilligi va samaradorligini belgilovchi zarur omillardan biri. Mehnatga oid munosabatlar ixtiyoriy xarakterga ega bo'lsa-da, ular bevosita ishlab chiqarish doirasida namoyon bo'ladi va muayyan maqsadni ko'zlab amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat sanaladi. Demak, mehnat munosabatlarini kishilar mehnatining ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish qurol va vositalariga nisbatan qo'llanilishi natijasida ro'yobga chiqadigan ijtimoiy munosabatlar deya tavsiflash mumkin. Ular xodimning korxona, muassasa, tashkilot tarkibiga qo'shilishi, ichki mehnat lartibiga bo'ysungan holda muayyan mehnat funksiyasini bajarishi jamoa oldida turgan xo'jalik, iqiisodiy-ijtimoiy va boshqa va/ifalarni ado etishga ko'maklashuvida namoyon boiadi. Xulosa qilib aytganda. mchnal huquqining prcdmetini, ya'ni mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan xodimlar mehnatining ishlab chiqarishda qo'llanilishi tufayli paydo bo'ladigan ijtimoiy mehnatga oid munosabatlar tashkil etadi. Ushbu munosabatlar mehnat huquqi predmetining yadrosi (o'zagi) hisoblanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling