Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
Dam olish vaqti tushunchasi va turlari. Maiumki, fuqarolarning eng muhim huquqlaridan biri — dam olish huquqi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 38-moddasida mustahkamlab qo'yilgan. Bu huquq xodimlar uchun 40 soatdan oshmaydigan ish haftasi, bir qator kasblar va ishlab chiqarish sohalari uchun qisqartirilgan ish kuni, tungi paytlarda qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi, har yili haq to'lanadigan ta'tillar va har haftada dam olish kunlari berilish hamda dam olish uchun boshqa madaniy-maishiy sharoitlar yaratib berish bilan ta'minlanadi.
Dam olish vaqti mavzusi MKning VIII bobida bayon etilgan. Dam olish vaqtiga oid huquqiy normalar Mehnat kodeksi va korxonaning jamoa shartnomasida (37-modda) aniq belgilab qo'yilgan. Mehnat qonunchiligiga ko'ra, dam olish vaqti xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo'lgan va bundan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanishi mumkin bo'lgan vaqt hisoblanadi. Dam olish vaqti ish kuni davomidagi tanaffuslar, ish kuni (smena) oralig'idagi dam olish vaqti, haftalik uzluksiz dam olish, bayram kunlari, ta'tillar kabi turlarga bo'linadi. Mehnat kodeksining 127-moddasiga muvofiq, xodimlarga dam olish va ovqatlanish uchun ish kuni (smena) davomida tanaffus beriladi va bu tanaffus ish vaqtiga kirmaydi. Tanaffus, odatda, ish boshlangandan keyin uzog'i bilan to'rt soatdan keyin beriladi. Tanaffus muddati va uni berish vaqti ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena grafiklarida yoki xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Ishlab chiqarish sharoitiga ko'ra, tanaffus berish mumkin bo'lmagan ishlarda ish beruvchi tomonidan xodimlarga ovqatlanib olish uchun ish vaqti davomida 30 daqiqa muddat bilan belgilanadi. Bunday ishlar ro'yxati, ovqatlanish tartibi va joyi ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilab qo'yiladi. Mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda ish kuni (smena) davomida beriladigan boshqa tanaffuslar ham belgilab qo'yilishi mumkin. Barcha xodimlarga dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish) beriladi. Besh kunlik ish haftasi sharoitida xodimlarga haftada ikki kun dam olish kuni, olti kunlik ish haftasida esa bir dam olish kuni beriladi. Yakshanba umumiy dam olish kuni hisoblanadi. Besh kunlik ish haftasida ikkinchi dam olish kuni muassasa, tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Odatda, ikki dam olish kuni ketma-ket beriladi. Smenalar bo'yicha ishlaydigan bo'lin-malarda (uchastkalarda) dam olish kunlarini berish smenalar grafigiga muvofiq belgilanadi (Namunaviy ichki mehnat tartibi qoidalarining 4.8-bandi). Ayrim xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb qilishga ish beruvchining farmoyishi bo'yicha alohida hollarda jamoa shartnomasida belgilangan asoslar va tartibda yo'l qo'yiladi. Agar korxonada jamoa shartnomasi tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tegishli asoslar va tartib belgilangan bo'lishi kerak. Xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb qilish taqiqlanadi. Shu bilan birga, ayrim toifa xodimlarni (nogironlar, ayollar, voyaga yetmagan shaxslar) ishga jalb qilish qonunchilikda belgilangan cheklashlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, MKning 157-moddasida ta'kidlanganidek, dam olish kunlari bajarilgan ish uchun kamida ikki hissa miqdorda haq to'lanadi. Amaldagi qonunchilikka binoan, bayram kunlari shonli voqealar yoki an'anaviy sanalarga bag'ishlanadigan kunlar bo'lib, umumiy qoidaga binoan, shu kunlari korxona, muassasa va tashkilotlarda ish bajarilmaydi. Yuqorida aytilganidek, bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Xodimlarni ish beruvchining farmoyishi bilan ana shu kunlari ishga jalb etishga alohida hollarda qonunda nazarda tutilgan asoslar bo'yicha va tartibda yo'l qo'yiladi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlari bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq to'lash Kodeksning 157-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Ta'tillar. MKning 133-moddasida muvofiq, barcha xodimlarga, shu jumladan, o'rindoshlik bo'yicha ishlayotgan xodimlarga ham dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlagan holda yillik mehnat ta'tillari beriladi. Qonunda yillik asosiy ta'tilning muddati kamida 15 kun ish kunidan iborat etib belgilangan. Ayrim toifadagi xodimlarga ularning yoshi, sog'lig'ini hisobga olib, yillik uzaytirilgan ta'tillar beriladi. Chunonchi: Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling