Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet32/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

6-§. Mehnat shartnomasini tuzish
llgari ta'kidlanganidek, mehnat shartnomasini tuzish paytida xodimlarning qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlar darajasi pasaytirilishi mumkin emas.
Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Mehnat shartnomasining shakli O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy mehnat shartnomasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatda yozma holdagi mehnat shartnomasini tuzish yuzasidan tavsiyalar tasdiqlangan.
Mazkur tavsiya va mehnat shartnomasining namunaviy shakli mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona, muassasa, tashki-lotlarga, ya'ni ish beruvchilar va xodimlarga mehnat shartnomalarini tuzishda amaliy yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo'lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.
Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko'rsatiladi.
Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega boigan mansabdor shaxsning imzosi bilan mustahkamlanib, uning tasdiqlangan muddati ko'rsatiladi. Bunday tasdiqlash imzoning haqiqiy va vakolatli ekanini ko'rsatadi.
Mehnat shartnomasi sanasi ko'rsatilgan holda imzolar bilan tasdiqlanadi. Korxona, muassasa, tashkilot ishga qabul qilish huquqi berilgan mansabdor shaxsning imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi (gerbli muhr bo'lmagan taqdirda, imzoning haqiqiyligi va vakolatliligi boshqa muhr bilan tasdiqlanadi).
Mazkur tavsiyalarda ko'rsatilganidek, xodimning talabiga ko'ra, mehnat shartnomasi u biladigan tilda tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma bilan bil xil kuchga ega bo'ladi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ishga qabul qilish to'g'risida buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi.

Mehnat daftarchasiga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi.


Xodim to'g'risida: familiyasi, ismi va otasining ismi, tug'ilgan sanasi, ma'lumoti, kasbi, mutaxassisligi va lavozimi.
Ish to'g'risida: ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o'tkazish (jamoa shartnomasida ko'rsatilgan hollarda ishlab chiqarish zarurati bilan vaqtincha boshqa ishga o'tkazish bundan mustasno), mehnat shartnomasi bekor qilingani haqida.
Shuningdek, xodimning iltimosiga ko'ra, mehnat daftarchasiga o'rindoshlik asosida ishlagani va vaqtincha boshqa ishga o'tkazilgan davrlari haqidagi yozuvlar ham kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasida qayd etilmaydi.
Mehnat daftarchasiga ishga qabul qilinishi, boshqa doimiy ishga o'tkazilishi kabi barcha turdagi yozuvlar ish beruvchi tomonidan buyruq berilganidan so'ng kiritiladi va bu yozuv buyruqning mazmuniga mos boiishi shart.
Belgilangan tartibda yagona ta'rif-malaka ma'lumotnomasida va xizmat mansablarining yagona ro'yxati yoxud lavozimlar jadvalida ro'y bergan o'zgarishlar yoki qo'shimchalar to'g'risidagi ma'lumotlar xodimlar e'tiboriga yetkazilib, so'ng ularning mehnat daftarchalariga ish beruvchining buyrug'i asosida tegishli o'zgartirish yoki qo'shimchalar kiritiladi.
Bordiyu, xodimga ishlab turgan davrida yangi malaka darajasi berilgan bo'lsa, bu haqda belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilishi shart. Xodim ikkinchi va undan keyingi kasblarni o'rgangan taqdirda, bu to'g'rida mehnat daftarchasiga ushbu kasblarning malaka darajalari ko'rsatilib, qayd qilinadi.
Xodim yangi o'rgangan kasbi bo'yicha ish bajargan taqdirda, mehnat daftarchasiga bu to'g'rida tegishli yozuv kiritiladi.
Mehnat daftarchasida mehnat shartnomasi bekor bo'lgani to'g'risidagi yozuv amaldagi qonun talablariga mos bo'lishi, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) to'g'risida yozuv kiritilmasligi shart.
Xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimning mazkur tashkilotda ishlagan davrida mehnat daftarchasiga ishi to'g'risidagi ma'lumot (yozuvlar) korxona rahbari yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxsning imzosi va korxona yoki xodimlar bo'limining muhri bilan tasdiqlanadi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasi berilishi shart. Qarorda ish beruvchining aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilgan hollarda, butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o'rtacha oylik ish haqi to'lanishi belgilab qo'yilgan.
Yuqorida ta'kidlanganidek, ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo'ladi.
Korxona rahbarini, uning o'rinbosarlari, bosh buxgalterni ishga qabul qilish korxona mulki egasining huquqi bo'lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o'zi vakil qilgan organlar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi, boshqa organlar orqali amalga oshiradi.
Korxona rahbari mulkdor unga bergan vakolatlar doirasida xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi.
Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartno­masining mazmuniga to'liq muvofiq ravishda chiqarilishi kerak.
Buyruq xodimga ma'lum qilinib, tilxat olinadi.
Amaldagi mehnat qonun-chiligida mehnat shartnomasining bir qancha turlarining muddati, mazmunining o'ziga xosligi, shakli va uni tuzish tartibiga oid jihatlariga ko'ra tavsiflanadi.
Mehnat shartnomasi muddatlariga ko'ra ikki turga bo'linadi:

  1. nomuayyan muddatga tuziladigan shartnomalar;

  2. muayyan muddatga tuziladigan, ya'ni besh yilga qadar muddatga, shuningdek, muayyan ishni bajarish muddatiga mo'ljallab tuziladigan shartnomalar. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, shartnomaning keyingi turi ishning tugallanish muddatini aniq belgilash imkoniyati bo'lmagan hollarda tuziladi. Shuning
    uchun ham ishning tugallanish muddati mazkur shartnomaning muddati bo'lib hisoblanadi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling