Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


–MAVZU: EKОLОGIYA HUQUQI ASOSLARI


Download 0.79 Mb.
bet41/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

7–MAVZU: EKОLОGIYA HUQUQI ASOSLARI.
REJA:

  1. Ekоlоgiya huquqi, uning predmeti va оb’ektlari.

  2. Ekоlоgik tizim tushunchasi.

  3. Ekоlоgik javоbgarlik tushunchasi.

  4. O’zbekistоn Respublikasi fuqarоlarining tabiatni muxоfaza qilish sоhasidagi huquq va majburiyatlari.

  5. Atrоf muhitni Xalqarо muhоfaza qilish.

TAYANCH ATAMALAR
Ekоlоgiya, ekоlоgik huquqiy javоbgarlik, ekоlоgiyani xalqarо muxоfaza qilish, ekоlоgik nazоrat, ekоlоgik ekspertiza, ekоlоgik huquq оbe’tlari.
l-§. Ekologiya huquqining tushunchasi, xususiyatlari va umumiy ekologiya tizimida tutgan o 'mi
XX asrda yuzaga kelgan fan-texnika taraqqiyoti natijasida yaratilgan yangi texnika vositalari, ishlab chiqarish obyektlari o'z navbatida tabiatga bo'lgan ta'sirini oshishi misli kutilmagan ekologik salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Shuning uchun ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshladi.
Ushbu holat ekologik-huquqiy munosabatlar doirasi va darajasini o'rganuvchi ekologiya huquqi fanining paydo bo'lishi va rivojlanishiga zaruriyat yaratdi.
Ekologiya huquqi — tabiat bilan jamiyat o'rtasida paydo bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o'rganuvchi fandir.
Ekologiya huquqi bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimida o'z o'rni va salohiyatiga ega bo'lgan alohida yo'nalish va xususiyatlarga ega bo'lgan huquq sohasi hisoblanadi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, har bir huquq sohasining mohiyati tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar doirasi va darajasiga bog'liq bo'ladi. Shu jumladan, ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida tartibga solayotgan ijtimoiy muno-sabatlarning kengligi, murakkabligi, xilma-xilligi va o'ziga xos xususiyatlari bilan boshqa huquq sohalaridan ajralib turadi13.
Hammamizga ma'lumki, davlat va huquq nazariyasiga asosan, huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida tutgan o'rni va ishtiroki darajasi doirasi nuqtai nazaridan mustaqil va kompleks (majmualashgan yoki keng qamrovli, keng tarmoqli) huquq sohalariga bo'linishi mumkin. Mustaqil huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni asosan, o'zining kuchi, imkoniyatlari darajasida tartibga soladi. Masalan, ma'muriy huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va boshqalar
Keng qamrovli (kompleks) ahamiyatga ega bo'lgan huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda boshqa huquq sohalarining huquqiy qoida-talablari va tamoyillardan foydalanadi.
Ekologiya huquqi ham tabiat-jamiyat tizimidagi global ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda birinchi navbatda ekologik umummajburiy ahamiyatga ega bo'lgan tamoyil, usul va qoida-talablardan foydalanadi, ikkinchidan, ushbu murakkab ekologik muammolarni hal qilish, ularning huquqiy tartibotini ta'minlashda o'zaro bog'liq bo'lgan huquqning boshqa sohalarining kuch va imkoniyatlaridan foydalanadi. Chunki, ekologiya huquqi hal qilishga qaratilgan ekologik muammo va vazifalarning ko'lami kengligi, murakkab va ahamiyatliligi sababli faqatgina jamiyat hayotining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy jabhalarida mavjud bo'lgan barcha vosita chora-tadbirlarni safarbar qilish orqali ekologik munosabatlarni tartibga solish mumkin.
Shuning uchun ham ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ekologik tamoyil, qoida va talablar bilan bir qatorda boshqa huquq sohalari ya'ni, ma'muriy, jinoiy, fuqarolik, mehnat va xo'jalik-huquqiy vosita va qoida-talablaridan foydalanadi.
Demak, ekologiya huquqi tabiat va jamiyat tizimida paydo bo 'ladigan ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan keng qamrovli va ko'p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo 'lib hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash joizki, har bir fan yoki huquq sohasi yoki ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida tutgan o'rni va tartibga solinayotgan munosabatlarning ko'lamiga ko'ra o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'ladi.
Shu jumladan, ekologiya huquqi ham birinchi navbatda huquq tizimining alohida sohasi sifatida boshqa huquq sohalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, huquqning umum e'tirof etilgan tamoyil, shakl va qoidalardan foydalanib, rivojlanib bormoqda. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlar tabiat qonuniyatlari, tabiiy resurslar, ekologik tizim va komponentlarga ta'sir etish ya'ni holatining yomonlashishi, miqdorining kamayishi, muvozanatning buzilishi, turlarning yo'qolib ketishi va hokazolar kabi jarayonlarda paydo bo'ladi. Hammamizga ma'lumki, inson tabiat mahsuli, uning bir qismi, tabiat qonuniyatlari doirasida shakllangan, rivojlanayapti va taraqqiy etib boradi. Bir so'z bilan aytganda «Tabiat-jamiyat» tizimida tabiat beqiyos darajada ustun huquqqa, ko'lamga va salohiyatga egadir. Shuning uchun ham jamiyat o'z taraqqiyotiga erishmoqchi bo'lsa, albatta tabiatning muqaddas, ustuvor qonu-niyatlarini anglashi, e'tirof etishi, o'z xatti-harakatlarini moslashtirishi va eng muhimi o'z ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq harakat yo'nalishlari tabiatning holatiga bog'lab rivojlantirishi lozim bo'ladi. Ko'rib turibmizki, ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonuniyatlarning ustuvorligi o'z navbatida ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farq qiluvchi, ajralib turuvchi xususiyatlari mavjudligini taqozo etadi. Ushbu xususiyatlar birinchidan, ekologik munosabatlarni tartibga solishda tabiat qonuniyatlarini ustunligini ta'minlash; ikkinchidan, jamiyat hayotida shakllangan ekologik umum majburiy tamoyil, qoida-talablarning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda qo'llash; uchinchidan, ekologik munosabatlarni tartibga solish mexanizmida konstitutsiyaviy, ma'muriy, mehnat, jinoiy, fuqarolik, xo'jalik-huquqiy chora-tadbirlaridan foydalanish va to'rtinchidan, ekologik muammolarni hal qilishda jamiyat hayotida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy jabhalarini chora-tadbirlarini keng safarbar qilish bilan belgilanadi. Ekologiya huquqi murakkab ta'limot tizimiga ega bo'lib, tabiat qonuniyatlari va jamiyat qonunlarining o'zaro moslashishi, muvofiqlashishi natijasida shakllanadi, rivojlanadi va taraqqiy etadi. Shuning uchun ham tabiatda bo'ladigan o'zgarishlar, voqea-hodisalar bilan bog'liq nazariy ta'limot va bilimlar o'z navbatida jamiyatning tabiat sir-asrorlari, ilmini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Chunki, tabiiy bilimlarni o'rganish o'z navbatida jamiyatning tabiat bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarini uyg'unlashtiradi, har bir davlat ekologik siyosati yo'nalishlarini oqilona belgilashga xizmat qiladi.
Biz ekologiya huquqi fanini chuqurroq o'rganmoqchi bo'lsak, avvalambor, «Ekologiya fani» haqidagi umumiy tushuncha va yo'nalishlarini yetarli anglashimiz kerak bo'ladi.
Ekologiya — murakkab tizimga ega bo'lgan, tirik organiz-mlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o'zlari yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlarini o'rganuvchi fandir.
1866-yilda nemis biologi o'z ilmiy asarida birinchi bo'lib «Ekologiya» atamasini fanga kiritib, uning ma'nosini tirik organizmlarning o'zaro va ularning yashash muhiti bilan bog'liqligini o'rganuvchi ta'limot sifatida ifodalaydi
Ekologiya atamasi yunoncha «oikos» — turar-joy, yashash muhiti, uy, — «logos» — ta'limot, degan ma'noni bildiradi. Bir so'z bilan aytganda, ekologiya biz yashab turgan muhit, uy, vatanimiz haqidagi fandir.
Demak, ekologiya huquqi fani global ahamiyatdagi ekologiya fanining tarkibiy qismlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi fani «Tabiat-jamiyat tizimi»da turli shakl va yo'nalishlarda paydo bo'ladigan o'zaro ta'sirlarni barqarorlashtirish, harakat yo'nalishlarini aniqlash, jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bilan bog'liq ehtiyojlarini qondirish me'yorlarini o'rnatish, tabiat qonunlari darajasida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablarini belgilash kabi mas'uliyatli vazifalarni o'zida mujassam etgan.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling