Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
§. Ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
3-§. Ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi
Har bir fan sohasi, shu jumladan, ekologiya huquqi fani ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida o'z yo'nalishlari, ya'ni tamoyillarga ega bo'lib. o'z navbatida har bir fan sohasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Ekologiya huquqining tamoyillari — tabiat-jamiyat tizimidagi o 'zaro munosabatlar yo 'nalishi, chegaralarini belgilab berishda ekologik-huquqiy mexanizmining barqarorligini kafolatlashda va qonunchilik qoida-talablarning ekologik munosabatlarini tartibga solish tartibini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab bo'lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimga bo'lishimiz mumkin: davlat va huquqning umumiy tamoyillari; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid tamoyillari; tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar. Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat va huquqning quyidagi tamoyillaridan foydalanadi: qonuniylik; ijtimoiy adolat; oshkoralik; ishontirish va majburlov choralarining hamkorligi; shaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar. Atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlash va tabiatni muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilarni o'z ichiga oladi biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligi hozirgi va kelgusi avlodning genetik fondini saqlash; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan olish; fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo'lish huquqini ta'minlash; jamiyatning ekologik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini uyg'unlashtirish; tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro uyg'unlashtirish; tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy resurslardan foydalanish tadbirlaridan ustuvorligini tan olish; tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag'batlantirish; tabiiy resurslar holatini tiklash majburiyligi; ekologiya ekspertizasini o'tkazishning majburiyligi; - ekologik qonunchilik qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikning qo'llanilishi va boshqalar. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi: tabiiy resurslardan faqat ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanishning zarurligi; tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyatini rag'batlantirish; yer, yerosti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosidan maxsus foydalanganlik uchun haq to'lash va umumiy asosda foydalanganlik uchun haq to'lamaslik; yerlardan belgilangan toifalar doirasida maqsadli foydalanish; qishloq xo'jaligiga moijallangan yerlarning ustuvorligi; - tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, davlat va ekologik funksiyasi ushbu tamoyillar asosida va doirasida amalga oshirilib, atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlash, aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi. Ekologiya huquqi o'z predmeti, yo'nalishlari, maqsad va vazifalariga ega bo'lgani kabi o'z usullariga ham ega bo'lib, ushbu usullar tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar holatiga ta'sir etish orqali katta ahamiyatga egadir. Hozirgi paytda ekologik munosabatlar qatnashayotgan jismoniy va yuridik shaxslar xatti-harakatlarini to'g'ri yo'naltirish uchun turli usullar qoilanilib, ularning koiami ortib bormoqda Ekologik-huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi: 7. Ekologizatslyalashtirish. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling