Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
§. Ekologiya nazoratining tushunchasi, tnaqsadi
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
6-§. Ekologiya nazoratining tushunchasi, tnaqsadi, vazifasi va mullari
Ekologiya nazorati — davlat ekologik siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida tabiat-jamiyat tizimidagi ekologik munosa-batlarning barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir. Hammamizga ma'lumki, ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida ekologiya nazorati muhim vazifalarni amalga oshiradi bepoyon hududlarda aholining genofondiga halokatli ta'sir ko'rsatayotganligini nazarda tutish lozim Ekologiya nazorati — atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo'mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o'rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo'llash bilan bog'liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy chora-tadbirlar yig'indisini o'z ichiga oladi. Ekologiya nazoratining asosiy maqsadi atrof tabiiy muhit barqarorligini saqlashdan iborat bo'lib. davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borilishini taqozo etadi. Hozirgi va kelajak avlodga barqaror atrof tabiiy muhitni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunining 29-moddasiga asosan, ekologiya nazoratining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: atrof tabiiy muhit holatini hamda xo'jalik yuritish va boshqa faoliyat ta'siri ostida unda bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatib borish; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni sog'lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajaralishini tekshirish. Ekologiya nazorati jarayonida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: atrof tabiiy muhitda bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatish, axborot jamlanmasini shakllantirish; atrof tabiiy muhit holatiga antropogen ta'sirlarni o'rganish; ishlab chiqarish va xo'jalik yuritish jarayonining barcha jabhalarida ekologik qonunchilik qoida-talablariga rioya etilishini tekshirish; ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tekshirish; tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha ruxsalnomalar berish; ekologik qoida-talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash, ogohlantirish, javobgarlikka tortish - aholi orasida ekologik qonunchilik qoida-talablarni targ'ib va tashviqot qilish va boshqalar. Demak, ekologiya nazorati bilan bog'liq murakkab faoliyatini olib borishda ekologiya nazorati subyektlari tomonidan quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy usullar qo'llaniladi: - kuzatish — atrof tabiiy muhitda bo'ladigan o'zgarishlarni o'rganish va ma'lumotlarni to'plash; umumlashtirish - atrof tabiiy muhit holatiga zararli va xavfli ta'sirlarni aniqlash, tahlil qilish asosida ma'lumotlarni tasniflash. baholash — antropogen faoliyat ishlarining zararli, xavfli va noqonuniyligini aniqlash. ruxsatnoma berish - yuridik va jismoniy shaxslarga yer, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, yerosti boyliklari va atmosfera havosidan foydalanish uchun litsenziya berish; - ogohlantirish, cheklash va to'xtatish — ekologik xavfli va zararli xo'jalik va boshqa faoliyatni cheklash, vaqtincha to'xtatib qo'yish va bekor qilish; - javobgarlikka tortish — ekologik qoida-talablarni buzgan, yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy javobgarlik choralarini qo'llash. Ekologiya nazorati ekologik-huquqiy mexanizmning muhim tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling