Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
O 'zbekiston Respublikasi JKning 29-mockkisida ishtirokchilikning to'rt shakli ajratilgan: 1) oddiy ishtirokchilik. 2) murakkah ishtirokchilik, 3) uyushgan guruh, 4) jinoiy uyushma shaklida bo 'ladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi. Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug'ullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi. Qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlar. Jinoyat qonunida tashqaridan qaraganda jinoyatga o'xshash. ammo sodir etilganligi uchun javobgarlikka tortish mumkin boimagan qilmishlar ham belgilangan. Ular qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb ataladi: - kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa: oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqa vazifani bajarish; kasb yoki xo'jalik faoliyati bilan bog'liq asosli tavakkalchilik. JAZO TUSHUNCHASI, MAQSADLARI VA TURLARI Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qoilanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir. Jazo mahkumni axloqan tuzatish. uning jinoiy faoliyatni davom eltirishiga to'sqinlik qilish hamda mahkum. shuningdek. boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qoilaniladi. Jinoiy jazolar tizimi sudlar uchun aniq qilib belgilab qo'yilgan va nisbiy ogirligini inobatga olgan holda muayyan tartibda qo'yib chiqilgan hamda jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan tayinlanishi mumkin boigan jazo turlarining ro'yxatidir. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jazoning quyidagi asosiy turlari belgilangan: jarima; muayyan huquqdan mahrum qilish; - axloq tuzatish ishlari; - xiznuit bo 'viclia cheklash; : intizomiy c/ismga jo'natish; ozodlikdan mahrum qilish; Mahkumlarga asosiy jazolardan lashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo'shimcha jazo ham qoilanilishi mumkin: Xizmat bo'yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo'natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qoilaniladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiyjazo sifatidagina emas. balki qo'shimcha jazo tariqasida ham qoilanilishi mumkin. Sud jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatangina jazo tayinlashi mumkin. Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasini, qilmishning motivlarini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini, jazoni yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni inobatga oladi. Jazo Jinoyat kodeksining Umumiy qismida ko'rsatilgan jinoyatlarning turlari va ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan qoilanilishi lozim bo'lgan jazo chorasi haqidagi moddalarning qoidalari asosida Maxsus qism tegishli moddalari sanksiyalari doirasida tayinlanadi. Jinoiy javobgarlikdan va jinoiy jazodan ozod qilish asoslari. Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifasi, maqsadi jinoyat sodir qilgan shaxslarni jazolash emas, balki jinoyat sodir qilgan shaxslarni axloqan tuzatish, jinoyat sodir etilishining oldini olishdir. Shu sababli ham jinoyat qonunchiligida jinoyat sodir qilgan shaxs aybiga iqror bo'lgan, keltirilgan zararni bartaraf qilgan hollarda, shuningdek, birinchi marta jinoyat sodir qilingan hollarda va qonunda belgilangan boshqa hollarda jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni ko'zda tutadi. O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining o'n ikkinchi bobida (64-68-moddalari) javobgarlikdan ozod qilishning quyidagi turlari ko'rsatilgan: javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi; qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi; aybdor o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymonligi; jabrlanuvchi bilan aybdor yarashuvga kelishganligi; -jinoyat sodir qilgan shaxsning kasalligi; amnistiya akti asosida. O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining o'n uchinchi bobida (69-76-moddalari) jazodan ozod qilishning quyidagi turlari ko'rsatilgan: -jazoni ijro etish muddati o'tib ketganligi; shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotganligi; aybdorni chin ko'ngildan pushaymonligi; shartli hukm qilish; -jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish; -jazoni yengilrog'i bilan almashtirish; kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo'qotganligi oqibatida jazodan ozod qilish; amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish Voyaga yetmaganlar javobgarligini xususiyatlari. Mamlakatimiz jinoyat qonunchiligi voyaga yetmagan shaxslarning yoshga oid xususiyatlarini hisobga olgan holda ular tomonidan sodir qilingan jinoyatlar uchun alohida javobgarlik qoidalarini belgilagan. Jinoyat kodeksining Umumiy qismi oltinchi bo'limi aynan voyaga yetmaganlar javobgarligi xususiyatlariga bag'ishlangan bo'lib, o'n sakkiz yoshga to'lmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarga quyidagi jazolar qo'llanishi mumkin: jarima; axloq tuzatish ishlari; qamoq; ozodlikdan mahrum qilish. O'n sakkiz yoshga to'lmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan qo'shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda jinoyat kodeksida belgilangan jazolarning ma'lum bir qismi olinadi. Masalan, jarima jazosida jarimaning miqdori eng kam oylik ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha bo'lsa, voyaga yetmaganlarda jarima jazosining miqdori eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. Bundan tashqari sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda uning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti, tarbiyasi, sog'ligi, jinoyat sodir qilishda kattalarning ishtiroki masalasiga jiddiy e'tibor qaratadi. Voyaga yetmaganlar javobgarligining yana bir o'ziga xos xususiyati voyaga yetmagan shaxs birinchi marta jinoyat sodir qilganida uni jazo qo'llamasdan tuzatish mumkin deb hisoblash uchun asoslar mavjud boiganida, javobgarlikdan ozod qilish imkoniyatining yaratilganidir. Bunda voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiya ular bilan shug'ulanadi. So’nggi paytlarda o’lim jazоsi muammоsi yuzasidan g‘оyat qiziqarli tоrtishuvlar оlib bоrilmоqda. О’zbekistоn Respublikasi Prezidenti Islоm Karimоv Оliy Majlis Qоnunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardabo’lgan qo’shma majlisidagi ma’ruzasida jinоiy jazоlar tizimidan o’lim jazоsini chiqarish sud-huquq tizimi islоhоtlarining muhim vazifasi ekanligini alоhida ta’kidlagan edi. Mustaqil Respublikamizning Kоnstitutsiyasi printsiplari asоsida ishlab chiqilib, 1994 yil sentyabrda qabul qilingan va 1995 yil aprelda kuchga kirgan О’zbekistоn Respublikasining Jinоyat kоdeksida 13 ta mоdda bo’yicha o’lim jazоsi qоldirildi xоlоs. О’zbekistоn Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi Qоnuni bilan amaldagi Jinоyat kоdeksiga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritilib, yana beshta jinоyat bo’yicha mоddalar sanktsiyasidan o’lim jazоsi chiqarildi. Ba’zi jinоyatlar uchun Jinоyat kоdeksining tegishli mоddalari sanktsiyasida o’lim jazоsining qоldirilishi o’sha vaqtda respublikamizdagi kriminоgen vaziyat, jamiyat va davlat xafvsizligi, fuqarоlar manfaatini himоya qilish nuqtai nazari bilan izоhlanadi. О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining 2001 yil 29-30 avgustda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq VI sessiyasida Prezidentimiz Islоm Karimоv “Adоlat qоnun ustuvоrligida” nоmli asarida jinоyat qоnunchiligiga оid siyosatda jinоiy jazоlarni liberallashtirishning navbatdagi istiqbоllarini belgilab berdi. Unda mamlakatimizda amalga оshirilayotgan sud-huquq islоhоtlarining bоsh maqsadi jinоyat, jinоyat-prоtsessual qоnun hujjatlari va jinоiy jazо tizimini izchillik bilan bоsqichma-bоsqich liberallashtirishdan ibоrat ekanligi ta’kidlandi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling