Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet53/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

-jinoyatga tayyorgarlik ko'rish;

Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashinsli uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi o'ziga bogiiq boimagan holatlarga ko'ra sodir etilishi boshlangunga qadar to'xtatilgan boisa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko'rish deb topiladi. Masalan, qasddan odam o'ldirish uchun jinoyat sodir etish qurollari va vositalarini tayyorlash, sheriklar topish. Bunda jinoyat sodir qilish hali boshlanmasdan fosh qilingan bo'lishi kerak.
Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bogiiq bo'lmagan holatlarga ko'ra oxiriga yetkazilmagan boisa, jinoyal sodir etishga suiqasd deb topiladi. Masalan, o'g'ri o'g'rilik qilish uchun birovning uyiga kirdi, ammo uy egasi borligini ko'rib. qochib ketishi. Bu yerda o'g'rilik uy egasi bo'lmaganida sodir etilishi mumkin edi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish yoki unga suiqasd qilish tamom boigan jinoyat uchun qonunning qaysi moddasida javobgarlik belgilangan boisa. o'sha moddasi bo'yicha javobgarlikka sabab bo'ladi. Masalan, o'g'rilik qilmoqchi bo'lgan shaxs uy egasi borligi uchun o'g'rilikni amalga oshira olmagan bo'lsada, Jinoyat kodeksining o'g'rilik uchun javobgarlik belgilangan 169-moddasi bilan javobgar bo'ladi.
Jinoyat kodeksi maxsus qismida ko'rsatilgan jinoyatlarning tarkibi barcha elementlari yuz bergan vaqt jinoyat tamomlangan vaqt deb topiladi. Bu holat jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddaga bog'liq bo'ladi. Qasddan badanga og'ir shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilangan Jinoyat kodeksining 104-moddasida badanga og'ir shikast yetkazilgan vaqt jinoyat tamom boigan vaqt deb hisoblanadi.
Jinoyatlarni tamom bo'lgan yoki tamom bo'lmagan jinoyatlarga bo'lish, jinoyat sodir qilishdan ixtiyoriy qaytish masalasini ham o'rganishni taqozo qiladi. Agar shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko'rish harakatlarini oxiriga yetkazishi mumkinligini anglagan holda uni o'z ixtiyori bilan to'xtatsa yoki jinoiy oqibat kelib chiqishini anglagan holda bunday oqibat kelib chiqishini oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish hisoblanadi va javobgarlikka tortilmaydi. Ammo jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs harakatlarida boshqa bir jinoyat tarkibi bo'lsa o'sha jinoyati uchun javobgar bo'ladi. Masalan, shaxs qasddan odam o'ldirish uchun noqonuniy ravishda o'qotar qurol sotib oldi, ammo odam o'ldirish fikridan o'z ixtiyori bilan qaytdi. Bunda u qasddan odam o'ldirish jinoyati uchun javobgar bo'lmaydi, ammo noqonuniy o'qotar qurol sotib olganligi uchun javobgar bo'ladi.
Jinoyatda ishtirokchilik. Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifasi insonni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, jinoyatlarning oldini olishdir. Ushbu vazifaga erishish yoilaridan bin jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta'minlash orqali sodir qilingan jinoiy qilmishlarni huquqiy baholash va odilona jazo tayinlashdir. Jinoyatlar bir kishi tomonidan sodir qilinganida uning javobgarligini aniqlash nisbatan unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi, shuningdek, yakka shaxs tomonidan sodir qilingan jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi ham kamroq bo'ladi. Lekin, jinoyatlar bir necha shaxslar tomonidan oldindan kelishgan holda sodir etilsa, uning ijtimoiy xavfliligi ham, jinoyatni sodir etish ko'lami ham, kelib chiqadigan oqibatlarning darajasi ham yuqori bo'ladi.
Shu sababli ham jinoyat huquqi nazariyasida ishtirokchilikda jinoyat sodir qilish doimo diqqat markazdagi masala boiib kelgan. Amaldagi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 27- moddasida «ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi» deb ko'rsatilgan.
Mazkur norma mazmunidan kelib chiqadigan boisak, ishtiro­kchilik faqat qasddan qilinadigan jinoyatlarda bo'ladi, ehtiyo-tsizlikdan qilinadigan jinoyatlarda ishtirokchilik tarkibi mavjud bo'lmaydi. Qonun chiqaruvchi ishtirokchilik masalasini belgilashda obyektiv va subyektiv omillardan kelib chiqqan. Ishtirokchilikning obyektiv belgisiga ikki yoki undan ortiq shaxslarning birgalikda jinoyatni sodir etishi kirsa, subyektiv belgiga ishtirokchilarning bir-birlari bilan kelishganligi, o'rtada vazifalarning taqsimlanganligi kiradi.
Ikki yoki undan ortiq shaxslarning jinoyatda birgalashib harakat qilishi va jinoiy oqibat ularning birgalikdagi harakati natijasi bo'lishi ishtirokchilikning asosiy obyektiv belgisidir. Bunda jinoyatning ishtirokchilari oldindan kelishib oladi va qonun bilan qo'riqlana-digan obyektlarga birgalashib tajovuz qilinadi. Jinoyatni sodir etishda barcha ishtirokchilar bajaruvchi sifatida harakat qilganlarida ham ularning harakatlari o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjud bo'ladi. Agar bir necha shaxslar ilgaridan o'zaro kelishmagan holda bir vaqtda bir manbadan mulkni talon-taroj qilsalar ishtirokchilik mavjud bo'lmaydi hamda ularning qilmishi mustaqil jinoyatlar sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi JK ning 28-moddasida jinoyat ishtirokchilarining to'rt turi ko'rsatilgan: bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi. Har birining jinoyatda ishtirok etish darajasi va xususiyatidan iborat obyektiv mezon ularni ajratish uchun asos qilib olingan.
Jinoyatni bevosita yoki qisman sodir etgan yoxud jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo'lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deyiladi. Bajaruvchilar ikki turga bo'linadi: 1) bevosita jinoyatni sodir etgan, 2) javobgarlikka tortilishi mumkin bo'lmagan shaxslardan yoki vositalardan foydalanib jinoiy niyatini amalga oshirgan shaxs. Agar jinoyatning obyektiv tomonini bir necha kishilar bajarsa, ularning barchasi bajaruvchilar bo'ladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko'rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deyiladi. Tashkilotchi ishtirokchilikning eng xavfli ko'rinishi bo'lib, ko'p hollarda u jinoyatni sodir etishda bevosita qatnashmaganligi sababli uni ushlash, aybini isbotlash va javobgarlikka tortish qiyin bo'ladi. Tashkilotchi jinoyat rejasini ishlab chiqadi, boshqa ishtirokchilarni tanlaydi. ular orasida vazifalarni taqsimlaydi.
Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deyiladi.
Dalolatchi jinoyat sodir etilishida bevosita qatnashmaydi. balki jinoyat ishtirokchilarini bevosita jinoyatga chorlaydi. dadillik beradi va shaxsda jinoyat sodir etishga istak paydo qiladi. Dalolatchilikning xavfliligi shundaki. aynan uning harakatlari tufayli boshqa ishtirokchilar jinoyatni sodir qilishadi. Obyektiv tomondan dalolatchilik qo'rqitish, ishontirish, majburlash. aldash. va'da qilish kabi shakllarda bo'lishi mumkin.
Dalolatchilik og'zaki ravishda. telefonda. xat orqali yoki boshqacha tarzda amalga oshirilishi mumkin. Dalolat jinoyat sodir qilingunga qadar yoki jinoyatni sodir qilish vaqtida bo'lishi mumkin. Jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin boimagan sha.xslarnijmoyat sodir qilishga dalolat qilish ushbu shaxslar tomonidan sodir qilingan jinoyatning bajaruvchisi deb topish uchun asos boiadi.
Yordamchilar deb jinoyat qilishga o'zmaslahatlari, ko'rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to'siqlarni yo'qotish bilan yordam bergan kishilar, shuningdek, jinoyatchini, jinoyat qurolini va vositalarini. jinoyat izlarini. jinoiy yoi bilan topilgan narsalarni yashirishga va bunday narsalarni olish va o'tkazishga oldindan va'da bergan shaxs tushuniladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling