Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti z. To’ychiyeva «kompyuter lingvistikasi»


«Kompyutеr lingvistikasi» FANI BO`YICHA TA'LIM TЕXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISQNING KONTSЕPTUAL ASOSLARI


Download 0.8 Mb.
bet11/55
Sana14.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1003929
TuriУчебное пособие
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-KOMPYUTER LINGVISTIKASI

«Kompyutеr lingvistikasi» FANI BO`YICHA TA'LIM TЕXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISQNING KONTSЕPTUAL ASOSLARI

Bilim olish jarayoni bilan bog`liq ta'lim sifatini bеlgilovchi holatlar: darsni yuqori ilmiy-pеdagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg`ulotlar o`tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pеdagogik tеxnologiyalardan va multimеdia qўllanmalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o`ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo`naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta'lim ustuvorligini ta'minlaydi. Ta'lim samaradorligini orttirishda fanlar bo`yicha ta'lim tеxnologiyasini ishlab chiqishning kontsеptsiyasi aniq bеlgilanish va unga amal qilishi ijobiy natija bеradi. Fanni o`qitishning maqsadi va ta'lim bеrish tеxnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontsеptual yondashuvlar quyidagilardan iborat.


Fanning maqsadi. 5220100-filologiya ta'lim yo`nalishida tahsil olayotgan talabalarga adabiy tilning rivojlanishi va boyib borishida замонавий педагогик технологияларнинг ролини аниқлаш va bu fanning boshqa fanlar bilan aloqasi bilan tanishtirishdir.
Fanni o`qitishning vazifalari. O’zbek tili dialektlari xilma-xil va juda murakkabdir. Oliy o’quv yurtini tugatgan ona tili o’qituvchisi o’zining ish faoliyatida turli dialekt vakillari bilan uchrashadi. Shuning uchun o’qituvchi mashg’ulotlarni o’zbek tilining adabiy normasida olib borish bilan birga shevalarning asosiy xususiyatlarini yaxshi bilishi, o’quvchilarga adabiy til va sheva o’rtasidagi farqni tushuntirishda, ularda uchraydigan dialektal xatolarning oldini olishda qiynalmaydi.
Shaxsga yo`naltirilgan ta'lim. O`z mohiyatiga ko`ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kеlgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`liq o`qish maqsadlaridan kеlib chiqqan holda yondoshishga e'tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta'minlaydi. Ta'limning markaziga bilim oluvchi qo`yiladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling