Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti z. To’ychiyeva «kompyuter lingvistikasi»


Download 0.8 Mb.
bet12/55
Sana14.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1003929
TuriУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-KOMPYUTER LINGVISTIKASI

Tizimli yondoshuv. Ta'lim tеxnologiyasi tizimning barcha bеlgilarini o`zida mujassam etmog`i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo`lishiga hissa qo`shadi.
Faoliyatga yo`naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intеnsivlashtirish, o`quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga yo`naltirilgan ta'limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko`nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o`quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o`zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. O`qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta'limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Dеmokratlilik, tеnglik, ta'lim bеruvchi va ta'lim oluvchi o`rtasidagi sub'еktiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Ta'lim jarayonida “sub'еkt-sub'еkt” munosabatlari tarkib topadi.
Muammli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob'еktiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialеktik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni ta'minlaydi. Muammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga yеchim topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o`rgatiladi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo`llash - hozirgi axborot kommunikatsiya tеxnologiya vasitalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to`g`ri va samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko`nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda kompyutеr savodxonligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling