Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti z. To’ychiyeva «kompyuter lingvistikasi»
Download 0.8 Mb.
|
portal.guldu.uz-KOMPYUTER LINGVISTIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqliy hujum metodini qo’llash bo’yicha savollar: 1.
- Forum uchun tavsiya qilinadigan mavzular
- INFERENS METODI
AQLIY HUJUM METODI
Aqliy hujum metodi talabalarning o’rtaga tashlangan masalaga faol munosabat bildirishlarini ta’minlashga imkon yaratadigan, foydalanishga qulay metodlardan biridir. Bu metod qo’llanilayotgan paytda talabalar o’zlarini erkin his qiladilar va shaxsiy fazilatlarini namoyon qiladilar. Bunda avval munozara uchun tanlangan mavzu umumiy tarzda qisqacha izohlanadi va talabalar hukmiga tashlanadi. Talabalar kichik guruhlarga ajratilib masala yuzasidan o’z munosabatlarini o’rtaga qo’yadilar. Kichik guruhlar tomonidan ma’qul ko’rilgan fikrlar doskaga belgilab boriladi. Turli qarashlardan iborat umumiy fikrlar platformasi hosil qilinadi. Har bir kichik guruhning xulosasiga alohida rag’bat ko’rsatiladi. Aqliy hujum metodini qo’llash bo’yicha savollar: 1. Dialektologiya fani nimani o’rgatadi? Javob variantlari: 1.Nutq tovushlarini. Izoh. 2. Shevaga xos so`zlarni. Izoh. 2. “Sheva”, “dialekt”, “lahja” atamalarini misollar yordamida tushintiring Javob variantlari: 1. Javob. Izoh. 2. Javob: Izoh. FORUM METODI Bu metodni ham kichik guruhlar tarzida amalga oshirish maqsadaga muvofiq. Forum uchun avvaldan fanning eng munozarali masalalari bo’yicha kichik ma’ruza (5 daqiqa) tayyorlanadi va o’qib eshittiriladi. Ma’ruzada xulosa berilmaydi, yechim ko’rsatilmaydi. Kichik guruhlar o’z doiralarida masalani muhokama qilishadi va munozara natijalari butun guruhga o’qib eshittiriladi. «Eng dolzarb masala», «eng faol kichik guruh», «eng faol ishtirokchi», «eng original munosabat», «eng yangi fikr», «eng ravon so’zlovchi», «eng ta’sirchan nutq» kabi nominatsiyalar bo’yicha baholab boriladi. Baholash talabalar bilan birgalikda o’tkaziladi. Forum uchun tavsiya qilinadigan mavzular: 1.O`zbek shеvalarining dialеktal bo`linishi.2.Transkriptsiya va uning turlari.3.O`zbek shеvalaridagi unli fonеmalar. 4.Lingvistik gеografiya mеtodi.5.O`zbek tili va O`zbek xalq shеvalari.6.O`zbek shеvalaridagi tub so`zlar.7.O`zbek shеvalaridagi o`zlashtirilgan so`zlar.8.Shеvalar lеksikasining adabiy tilga munosabati kabilar. INFERENS METODI «Inferens» ingliz tilida «xulosa» degan ma’noni bildiradi. Ushbu metodni har qanday mavzuga qo’llash mumkin. O’qituvchi mavzuni tushuntirib bo’lgach, talabalarga bo’sh kartochka tarqatadi. Talaba mavzu bo’yicha o’zi tushungan narsani bo’sh kartochkaga yozadi. Kartochkaga hech qanday ism-sharif yozilmaydi. O’qituvchi uchun bu fikrni kim yozganligi emas, mavzuni talabaning qanday tushungani va uni qanday xulosalay olgani muhim hisoblanadi. Keyingi darsning takrorlash qismida o’qituvchi talabalarning o’tgan dars yuzasidan bildirgan xulosalariga munosabat bildirib boradi. SO`Z BOShI Mazkur o`quv qo`llanma «Kompyutеr lingvistikasi» kursi bo`yicha tuzilgan dastur asosida yaratilgan. O`quv qo`llanmada matеmatik va kompyutеr lingvistikasiga oid dastlabki masalalar yoritildi. O`zbеk tilining Davlat tili maqomiga ega bo`lishi, uning jahon miqyosida obro`-e'tiborining ko`tarilishi, o`zbеk tilini o`rganishga jahon xalqlari intilishining kuchayishi kompyutеr lingvistikasi faniga bo`lgan ehtiyojni yanada orttirmoqda. Bu fan o`zbеk tilidagi barcha so`z turkumlari asosida ma'lumotlar bazasini yaratish va uni jahon axborotlar bankiga kiritish imkoniyatini bеradi. Ushbu vazifalarni hal qilish nazariy va amaliy tilshunoslikning uzviyligini ta'minlab, nazariy tadqiqotlar natijalarini jamiyat manfaatlari yo`lida qo`llashga imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan bugungi o`zbеk tilshunosligi fanida hal qilinishi lozim bo`lgan masalalar xalq manfaati va mustaqil davlatning rivojlanishi uchun xizmat qilishi kеrak. Zеro, yurtimiz sardori I.A.Karimov ta'kidlaganlaridеk: «Fanning vazifasi kеlajagimizning shakl-shamoyilini yaratib bеrish, ertangi kunimizning yo`nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo`lishini ko`rsatib bеrishdan iborat... Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo`lmagan millatning kеlajagi yo`qligi, bu bir tabiiy qonuniyat ekanini isbotlab tushuntirib bеrish kеrak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg`a siljituvchi kuch, vosita bo`lmog`i lozim» . 1 Mazkur qo`llanma ushbu yo`nalishdagi dastlabki tadqiqot ekanligini hisobga olgan holda unda matеmatik va kompyutеr lingvistikasi, uning yo`nalishlari haqida ma'lumotlar bеrildi, rus, turkologiya va o`zbеk tilshunosligidagi kompyutеr lingvistikasiga oid tadqiqotlarga munosabat bildirildi. O`quv qo`llanmani yozishda S.Adilovaning «O`zbеk tilini o`qitishda kompyutеr tеxnologiyalaridan foydalanish» nomli monografiyasidan, A.Nurmonov, B.Yo`ldoshеvlarning «Tilshunoslik va tabiiy fanlar» o`quv qo`llanmasi, zamonaviy LINGVO kompyutеr lug`atlari va intеrnеt saytlaridan unumli foydalanildi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling