Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti konstitutsiyaviy huquq fanidan «Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi»


-bob. Ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish va tugatish


Download 1.17 Mb.
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1508990
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abror Rayimqulov

4-bob. Ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish va tugatish
16-modda. Viloyatlarni tuzish va tugatish
Viloyatlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
viloyatni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
viloyat chegaralarining va viloyat tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda viloyat chegaralari chizig‘ining tavsifi (viloyatni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan viloyat hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (viloyatni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
viloyatni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
5-bob. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklarining chegaralarini o‘zgartirish
22-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegaralarini o‘zgartirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegaralari faqat uning roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasi.
23-modda. Viloyatlarning va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish
Viloyatlarning va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
viloyatlarning yoki Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish zarurligi hamda maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
viloyat yoki Toshkent shahri chegaralarining hamda viloyatning yoki Toshkent shahrining chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda viloyat yoki Toshkent shahri chegaralari chizig‘ining tavsifi;
viloyatning yoki Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblarni va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling