6
|
Moʻynoq tumani Мўйноқ тумани
|
Moynaq rayonı Мойнақ районы
|
Moʻynoq
|
Moʻynoq shahri, 6 qfy
|
7
|
Nukus tumani Нукус тумани
|
Noʻkis rayonı
Нөкис районы
|
Oqmangʻit
|
1 shp, 6 qfy
|
8
|
Qanlikoʻl tumani Қанликўл тумани
|
Qanʻlıkuʻl rayonı
Қаңлыкүл районы
|
Qanlikoʻl
|
1 shp, 7 qfy
|
9
|
Qoʻngʻirot tumani Қўнғирот тумани
|
Qonʻrat rayonı Қоңрат районы
|
Qoʻngʻirot
|
Qoʻngʻirot shahri, 5 shp, 12 qfy
|
10
|
Qoraoʻzak tumani
Қораўзак тумани
|
Qaraoʻzek rayonı
Қараөзек районы
|
Qoraoʻzak
|
1 shp, 8 qfy
|
11
|
Shumanay tumani
Шуманай тумани
|
Shomanay rayonı
Шумоной районы
|
Shumanay
|
Shumanay shahri, 7 qfy
|
12
|
Taxtakoʻpir tumani Тахтакўпир тумани
|
Taxtakoʻpir rayonı
Тахтакөпир районы
|
Taxtakoʻpir
|
1 shp, 8 qfy
|
13
|
Toʻrtkoʻl tumani Тўрткўл тумани
|
Toʻrtkuʻl rayonı
Төрткүл районы
|
Toʻrtkoʻl
|
Toʻrtkoʻl shahri, 5 shp, 15 qfy
|
14
|
Xoʻjayli tumani
Хўжайли тумани
|
Xojeli rayonı
Хожели районы
|
Xoʻjayli
|
Taxiatosh, Xoʻjayli shaharlari, 2 shp, 10 qfy
|
|
Nukus shahri
Нукус шаҳри
|
Noʻkis qalasi
Нөкис қаласи
|
|
1 shp
| Toshkent shahri
Toshkent shahrining tumanlari xaritasi
Xaritadagi raqami
|
Lotin alifbosida yozilishi
|
Kirill alifbosida yozilishi
|
|
Tarkibi
|
1
|
Bektemir tumani
|
Бектемир тумани
|
|
|
2
|
Chilonzor tumani
|
Чилонзор тумани
|
|
|
3
|
Yashnobod tumani (2014-yilgacha Hamza tumani)
|
Яшнобод тумани
|
|
|
4
|
Mirobod tumani
|
Миробод тумани
|
|
|
5
|
Mirzo Ulugʻbek tumani
|
Мирзо Улуғбек тумани
|
1 shp
|
|
6
|
Sergeli tumani
|
Сергели тумани
|
|
|
7
|
Shayxontohur tumani
|
Шайхонтоҳур тумани
|
|
|
8
|
Olmazor tumani
|
Олмазор тумани
|
|
|
9
|
Uchtepa tumani
|
Учтепа тумани
|
|
|
10
|
Yakkasaroy tumani
|
Яккасарой тумани
|
|
|
11
|
Yunusobod tumani
|
Юнусобод тумани
|
|
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar) — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida o‘ttiz ming kishi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyatga, rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari;
ma’muriy-hududiy tuzilish — O‘zbekiston Respublikasi hududini ma’muriy-hududiy birliklarga bo‘lish;
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari — ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish, ma’muriy-hududiy birliklarning bo‘ysunuvini o‘zgartirish;
respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan, strategik ahamiyatga, yirik sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari;
tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yetti ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan aholi punktlari;
tumanlar — viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi, qoida tariqasida, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat bo‘lgan ma’muriy hududiy birliklar;
chegara chizig‘ining tavsifi — chegara chizig‘ining yo‘nalishi va ma’muriy-hududiy birlik chegaralarining kartografik chizmasida ko‘rsatilgan, chegara chizig‘ini burilish nuqtalarining koordinatalari, shuningdek joyning tegishli topografik elementlari bilan bog‘laydigan chegara nuqtalari o‘rtasidagi masofa ko‘rsatilgan holda, chegara chizig‘ining o‘tish tavsifini o‘z ichiga olgan asosiy hujjat;
shaharlardagi tumanlar — shaharlarning ma’muriy-hududiy birlik maqomidagi, aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yigirma ming kishi bo‘lgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan qismi;
shaharchalar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida ikki ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalari, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi punktlari;
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari — viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
qishloqlar va ovullar — tumanlar hududida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi punktlari.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va bo‘linmasligi;
qonuniylik;
ma’muriy-hududiy birliklardagi davlat boshqaruvining samaradorligi;
ma’muriy-hududiy birliklarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi.
2-bob. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasini davlat tomonidan tartibga solish
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari o‘z vakolatlari doirasida:
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini ko‘rib chiqadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini kelishadi.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan ularning reglamentlari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |