Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi


Fizikadan labaratoriya ishlarini o'tkazishda mediaresurslar qo'llash samaradorligi


Download 78.45 Kb.
bet4/6
Sana07.03.2023
Hajmi78.45 Kb.
#1247225
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi fom

2.2.Fizikadan labaratoriya ishlarini o'tkazishda mediaresurslar qo'llash samaradorligi
Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va takomillashuvining zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan. Soxalarda katta xajmdagi axborotlarni to‘planishi, yaxlit axborot makonini vujudga kelishi, ularni saqlash, qayta ishlash, uzatish jarayonlarida zamonaviy axborot–kommunikasiya texnologiyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yishni bilish lozim. Shu borada ta’lim tizimida xam o‘quv jarayonini olib borish uchun mo‘ljallangan turli kompyuter dasturlari ishlatilib kelinmoqda va ularning soni kun sayin ortmoqda. Elektron ta’lim resurslar (ETR) - davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o‘quv jarayonini elektron vositalar yordamida kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o‘rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan elektron ta’lim– uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, multimediali elektron ta’lim resurslari, baholash metodlari va mezonlarini o‘z ichiga oladi. ETR deyarli barcha axborotli materiallarni yagona axborot majmuasiga jamlash imkonini beradi. Bundan tashqari, unda davr talabidagi kerakli interfaollik, ko‘rgazmalilik, mobillik, ixchamlik va ularni ko‘paytirishda kam harajat sarflash, ko‘p variantlilik, ko‘p bosqichlilik bo‘lish bilan birga bilim va ko‘nikmalarni tekshirish uchun topshiriqlar, vaziyatli masalalar, keyslar va testlar to‘plamining ko‘p bo‘lishi hamda vaqti-vaqti bilan yangilanib turishini ta’minlaydi. Zamonaviy elektron ta’lim resurslarining afzalligi, avvalo, o‘quv jarayonida talabalarda mustaqillik va faollik rolini samarali tashkil etishdan iborat. Ta’lim jarayoniga ETRni joriy etish talabalarga fan bo‘yicha axborotning to‘liq manzarasini namoyish etish bilan birga, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, o‘qitishni individuallashtirish, nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish imkonini beradi, ya’ni o‘quv jarayoni samaradorligini shirishga yordam beradi. Bundan tashqari, zamonaviy elektron ta’lim resurslarning afzalligi talabaga taqdim etilayotgan o‘quv axborotlarini erkin qabul qilish, ularni individuallik xususiyatiga ko‘ra, o‘zlashtirishida pedagogning o‘qitish funksiyasi talabaning o‘ziga o‘tadi. Bunda pedagog o‘quvchini faqat qo‘llab-quvvatlaydi, o‘quv axborotlari oqimidan samarali foydalanish hamda yuzaga keladigan muammolarni hal etishda kerakli ko‘rsatmalar orqali muammoni hal etishda yordam beradi.
Keyingi yillarda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda dars mashg‘ulotlarni tashkil etishning yangi shakllari shakllanmoqda. Ulardan, keng foydalanayotgan amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus dasturlar yordamida kuzatilishi qiyin bo‘lgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar, animatsiyalar, vertual tajribalar va taqdimotlar vositasida ko‘rgazmali tushuntirishdir.hunki, ushbu elektron vositalarni ta’lim muassasalarida fanni o‘qitishda fizik jarayonlarni, elektron darsliklar, animatsiyalar, virtual laboratoriya va tajribalarni tinglovchilarga dars davomida ko‘rsatib borilmoqda. Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham ta’lim jarayonida mavjud barcha fanlarning, ma’ruza laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida yangi zamonaviy tehnologiyalar va asbob-uskunalar ya’ni, raqamli o‘lchash asboblari, vertual laboratoriyalar, animatsiyalar, elektron darsliklar, hamda ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan va undan tashqari veb-saytlarning samarali tashkil qilinishi, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda ham maktabda o‘tkazilayotgan turli xil ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Akademiyadagi har jabhada qilinayotgan ilmiy va amaliy ishlar zamirida esa yetuk, intelektual mutaxassis kadrlar ta’minlash asosiy maqsadimizdir. Fizika fanini o‘qitishga kompyuter texnologiyalarini qo‘llash va ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi muhim natijalarga olib kelishi ma’lum: O‘quv-tarbiya jarayoni faollashib, dars samaradorligi oshadi; O‘quv materiallarining turli shaklda uzatilishi tinglovchilarning diqqatini o‘ziga tortadi; Yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik, tinglovchida o‘rganilayotgan fanga nisbatan katta qiziqish uyg‘otadi; O‘rganilgan o‘quv materialining uzoq muddatga xotirada saqlanishini ta’minlaydi; Tinglovchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari ko‘payadi va vaqt tanqisligi muammosi kamayadi; Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart-sharoitlar va texnik vositalar mavjud bo‘lish kerak. Birinchidan, axborot resurslariga: Shaxsiy kompyuter, proyektor, multimediya vositalar, skaner, videokamera, printer, nusxa ko‘chirish qurilmasi va boshqa anjomlar. Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta’minotlar hisoblanadi. Ta’lim tizimida multimediali elektron o‘quv adabiyotlar, ma’ruzalar virtual laboratoriya ishlari, har hil animatsion dasturlar slaydlar yaratishda kerak bo‘ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi. Ta’lim tizimida yuqorida keltirilgan dasturlarda tayyor modellar mavjud bo‘lib bunda foydalanuvchi boshlang‘ich parametrlarni kiritib bir necha turkum ishlarni (laboratoriya, yong‘in xavfsizligi masalalarini tahlil qilishda, taqdimot ma’ruzalarida animatsiyalar) dan keng foydalanishi mumkin. Fizik jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradigan dasturlariga: MatCad, MatLab, Maple, Crocodile, Physics, Electronics Workbench va boshqa dastur paketlarini misol keltirish mumkin. Axborot texnologiyalarning imkoniyatidan foydalangan holda kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida foydalanish o‘zining samarasini beradi. Kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida qo‘llash tamoyillari quyidagilar: kompyuter dasturi tajribani o‘tkazish mumkin bo‘lmagan yoki tajriba kuzatib bo‘lmas darajada harakatlangan paytda qo‘llanilishi lozim; kompyuter dasturi o‘rganilayotgan detalni aniqlashda yoki yechilayotgan masalaning illyustratsiyasida yordam beradi; ish natijasida tinglovchi model yordamida hodisalarni tavsiflovchi kattlik-larning ham sifat, miqdor bog‘lanishlarini bilishlari kerak; Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish uchun axborot texnologi-yada fizik bilimlardan keng foydalaniladi. Shuningdek, modellashtirishning o‘ziga xos muhim tomonlari shundaki, turli xil asboblar tayyorlash shart emas, hodisalarni jonli va tabiiy ko‘rinishda tasvirlash, tajribani oz fursat ichida istal-gan paytda takrorlash, kuzatish qiyin bo‘lgan va umuman kuzatilishi mumkin bo‘lmagan jarayonlarni ham namoyish eta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuter dasturini qo‘llash orqali o‘tilgan mashg‘ulotlar oddiy mashg‘ulotlardan ko‘ra yaxshiroq samara beradi. Fizika fanini o‘qitishda kom-pyuter dasturlaridan foydalangan holda, animatsiyali mashg‘ulotlar olib borish o‘qituvchi va tinglovchiga qulaylik yaratib, fizik jarayonlarning yuz berish mex-anizmlari va bosqichlarini tushunib yetishda yaxshi samara beradi. . Kompyuter dasturini qo‘llash orqali o‘tilgan mashg‘ulotlar oddiy mashg‘ulotlardan ko‘ra yaxshiroq samara beradi. Fizika fanini o‘qitishda kom-pyuter dasturlaridan foydalangan holda, animatsiyali mashg‘ulotlar olib borish o‘qituvchi va tinglovchiga qulaylik yaratib, fizik jarayonlarning yuz berish mex-anizmlari va bosqichlarini tushunib yetishda yaxshi samara beradi.
Fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularni ma’ruza, amaliy va ayniqsa tajriba mashg‘ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter texnologiyalariga tayangan holda olib borish o‘qitish jarayonida tinglovchilarga bilim berish va fanan asoslariga doir ko‘nikmalar hosil qilish samaradorligini oshiruvchi omillari bo‘lib hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan dasturlardan ma’ruza jarayonida qo‘llash natijasida qisqa vaqt ichida kerakli axborotni tin-glovchi va o‘quvchilarga ko‘rgazmali o‘tkazish imkoniyati bor. Bu esa o‘quv samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Fizikadan laboratoriya ishlarini bajarish o‘quvchi amaliy faoliyati jarayonidauning oldiga qo‘yilgan nazorat va amaliy topshiriqlarni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Fizikadan laboratoriya ishi bajarishda faol uslublarni to‘g‘ri tanlash muammosini yetarli darajada tushunmaslik holari uchraydi. U yoki bu uslub optimalligi uning atalishi odatdagicha bo‘lib qolinganligi bilan emas, balki bajariladigan laboratoriya ishi mazmuniga mosligi, o‘quvchi imkoniyatiga
muvofiqligi bilan baholanadi.
Virtual labaratoriyalar:
Maktab faoliyati uchun: agar tegishli sharoitlar, materiallar, reagentlar va jihozlar bo'lmasa.
Masofaviy ta'lim uchun: Voyaga etganida yoki bolalar bilan birgalikda fanlarni mustaqil o'rganish uchun, chunki ko'pchilik kattalar, biron bir sababga ko'ra, maktabda hech qachon o'rganilmagan yoki tushunilmagan narsalarni "eslab qolish" zarurligini his qilishadi.
Ilmiy ish uchun: Muhim amaliy komponentga ega oliy ta'lim uchun zarur hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida interfaol vositalardan samarali foydalanish nafaqat maktab ta’limi sifatini oshirish, balki moliyaviy resurslarni tejash, xavfsiz, ekologik toza muhit yaratishga ham xizmat qilmoqda. Qiziqarli interfaol darslar va laboratoriya ishlari bola bilan uyda turli fanlardan: fizika, biologiya, kimyo, ekologiya bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Virtual laboratoriya ishi ma'ruza davomida ma'ruza materiallariga qo'shimcha sifatida tarmoq orqali kompyuter sinfida o'tkaziladigan, keyinchalik talaba muvaffaqiyatini tahlil qilgan holda foydalanish mumkin.
Axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi: ta’limga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) joriy etilishi insoniyatning bilim va to‘plangan texnologik va ijtimoiy tajribasini nafaqat avloddan-avlodga, balki bir kishidan ikkinchisiga ham o‘tkazishni sezilarli darajada tezlashtiradi.
Ikkinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish orqali insonning atrof-muhitga, sodir bo‘layotgan ijtimoiy o‘zgarishlarga yanada muvaffaqiyatli va tez moslashishiga imkon beradi. Bu har bir insonga bugungi kunda ham, kelajakdagi postindustrial jamiyatda ham kerakli bilimlarni olish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, ushbu texnologiyalarni ta’limga faol va samarali tatbiq etish axborot jamiyati talablariga javob beradigan ta’lim tizimini yaratish va zamonaviy sanoat jamiyati talablaridan kelib chiqqan holda an’anaviy ta’lim tizimini isloh qilish jarayonining muhim omili hisoblanadi.
Bugungi kunda ko'plab ta'lim muassasalari o'quv muhitida innovatsion texnologiyalardan, jumladan, fizika, kimyo, biologiya, ekologiya va boshqa fanlar bo'yicha ishlash uchun virtual laboratoriyalardan foydalanmoqda, chunki ta'lim muassasasida ko'plab o'quv hodisalari va tajribalarini o'tkazish juda qiyin yoki imkonsizdir. ta'lim muassasasida ko'plab o'quv hodisalari va tajribalarini o'tkazish juda qiyin yoki imkonsizdir.
Ta’lim jarayonida interfaol vositalardan samarali foydalanish nafaqat maktab ta’limi sifatini oshirish, balki moliyaviy resurslarni tejash, xavfsiz, ekologik toza muhit yaratishga ham xizmat qilmoqda.
Qiziqarli interfaol darslar va laboratoriya ishlari bola bilan uyda turli fanlardan: fizika, biologiya, kimyo, ekologiya bo'yicha amalga oshirilishi mumkin.
Virtual laboratoriya ishi ma'ruza davomida ma'ruza materiallariga qo'shimcha sifatida tarmoq orqali kompyuter sinfida o'tkaziladigan, keyinchalik talaba muvaffaqiyatini tahlil qilgan holda foydalanish mumkin

Download 78.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling