Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi
Kurs ishi mavzusining vazifasi
Download 78.45 Kb.
|
kurs ishi fom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining hajmi
- II.Asosiy qism 2.1. Raqamli media talim muhiti va uni yaratish
Kurs ishi mavzusining vazifasi:
Raqamli media ta'lim muhitini yaratishni ko’rsatib berish; Fizikadan labaratoriya ishlarida mediaresurslar qo'llash samaradorligini yoritib berish; Phet, crocodil dasturlari orqali labaroria jarayonini ochib berish. Kurs ishining hajmi: Mazkur kurs ishi kirish qismi,asosiy qismni tashkil etuvchi 3ta mavzu, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lim 15 betni tashkil etadi. Kirish qismida mavzu haqida dastlabki fikrlar bayon etilgan. Asosiy qismda rejani ketma-ket yoritib berish kerak. Xulosada esa mavzuni yozish mobaynida nimalarni tushunganini bayon qilish kerak. II.Asosiy qism 2.1. Raqamli media ta'lim muhiti va uni yaratish Media-ta’lim hozirgi davrda shaxs¬ning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi. Media-ta’lim — bu media mahsulotlari bilan muloqot madaniyatini kommunikativ imkoniyatlari tanqidiy tafakkuri media¬matnini to‘liq qabul qilish, intepritatsiya etish, tahlil qilish hamda baholashdan iborat. Media-savodxonlik insonga ekranli san’atni, televideniye, radio, video, kinomotograf, matbuot, internet va boshqalarni taqdim etadi. Manbalardan kelayotgan axborot oqimidan to‘g‘ri foydalanib, o‘zining rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan axborotlarni o‘rganish. Hozirgi axborotlashgan jamiyatda barcha media-resurslarini tahlil qilish muhum rol o‘ynaydi. Xorijiy media-ta’limning tahlili shuni ko‘rsatadiki, talabalar o‘zining o‘qish jarayonida asosan internet, televideniya manbalaridan foydalanishadi. Jahon mediapedagogikasida medianing tarbiyaviy ijodiy ususllaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Media-ta’lim usullari asosan kiyingi muhum bosqichlarga bo‘linadi. 1. Media-nazariyasi, uning tarixi, strukturasi hamda tili haqida bilim olish (o‘qitish media-texnologiyasi); 2. Mediamatnlarni qabul qilishni rivojlantirish «o‘qish, anglash, tasavvurni faollashtirish, xotirani rivojlantirish, fikrni turli usullarini rivojlantirish» (kritik, ijodiy, intuitv hamda obraz yaratish). Media-ta’lim faoliyatini olib borish uchun ma’lum bir profissional bilim ko‘nikma va ko‘rsatgichlariga ega bo‘lish lozim, maxsus yo‘naltirilgan mediata’lim sohasida nazariy bilimlar hamda eng so‘nggi axborotlarga ega bo‘lish darajasi, motivatsiyalashgan ko‘rsatgich. Masalan, ta’lim jarayoniga: aqli, visual, sensor,audio bo‘lgan faoliyat, tezkor media-ta’lim sohasida metodik ko‘nikmalarini darajasi, masalan, media-manbalarni va ulardagi axborotlarni ijodiy yondashish orqali qabul qilish. Ularning kelib chiqish sabablarini sharoitlarini va harakatini o‘rganib tahlil etish tashviqotchilik harakatini olib borish va optimal natijani tallash. Kreativ (ijodiy media-ta’lim faoliyatidagi ijodiy fikrlash darajasi) (mobillilik, kommunikativlik, o‘ziga xoslik, tasavvurni rivojlantirish fantaziya kabi xususiyatlarga ega bo‘lish). Dunyoda media-ta’limini ahamiyati turli xalqaro tashkilotlar UNESKO tashkilotining rezolyutsiya hamda tavsiyalarida media-ta’lim muhumligi alohida ta’kidlanib, media-ta’lim rivojlanishini qo‘llab-quvvatlagan hamda turli texnologiyalar bilan uzviy bog‘langan holda rivojlanadi va insonlarni quyidagi faoliyatlarga yo‘naltiradi. 1. Media-matnlarni tahlil qilish tanqidiy anglash va yaratish. 2. Media-mahsulotlarni (matn, video-audio) manbalarini toppish va ularning quyidagi siyosiy, madaniy, iqtisodiy xususiyatlarini aniqlash va ularni asl ma’nosini o‘rganish. 3. Media-mahsulotlarini tushunish. 4. Shaxsiy media-mahsulotlarini yaratish tarqatish va ularga qiziqadigan audito¬riyaga ega bo‘lish. 5. O‘rganish hamda yaratgan media mahsulotlarni hayot tarzini aniqlashBugungi kunda axborot olamida Internet, internet-televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko‘plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlar juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga olsak, haqiqatdan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas. Ma’lumki, aholi o‘rtasida, jumladan, yosh avlod ongida dunyoda, yon-atrofimizda bo‘layotgan voqea-hodisalar, yangiliklar haqidagi fikrlarning shakllanishida ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimiga yana bir muhim vazifa — bolalarni turli manbalardan, birinchi navbatda, televizor, Internet va mobil telefoni kabi axborot uzatuvchi vositalardan olinayotgan turli axborotlarni to‘g‘ri qabul qila olishga o‘rgatish vazifasi yuklatilmoqda. Raqamli asrda mediaresurslar va raqamli texnologiyalardan foydalanish nafaqat zarur, balki hayotiy juda muhimdir. Shu bois ko’pchilik mamlakatlar tomonidan ta’lim sohasidagi islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda O’quv jarayonida o'qituvchilar darslarni o'tkazish uchun raqamli texnologiyalar va mediaresurslardan foydalanmoqdalar. Natijada ta’lim berish va ta’lim olish an’analari o’zgarib, mediaresurslar talabalar motivatsiyasi va o'quv fanlariga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi hamda ta’lim samaradorligini ta’minlaydi. Sababi, ta’lim jarayoni samaradorligi ta’lim oluvchilarning ta’lim olishga bo’lgan qiziqishi va motivatsiyasiga bevosita bog’liq. Medianing barcha uchun qiziqarli va jozibali ekanligini inobatga olsak, ta’lim jarayoniga ta’limiy maqsadlar asosida mediaresurslardan foydalanish talabalar o’quv motivatsiyasini oshirishda eng yaxshi yechimlardan biri deb aytish mumkin. O'quv jarayonidagi mediaresurslar tufayli ta'lim olish va ta'lim berish amaliyotining yangi innovatsion usuli yaratilib, ta’lim samaradorligiga ta’lim oluvchilarning kerakli vaqtlarda ta’lim beruvchi bilan interaktiv muloqoti, individual tempda ta’lim olishi, ta’lim olish jarayonida faol va ishtiyoq bilan ishtiroki orqali erishiladi. Ta’limda zamon va makon chegaralari olib tashlanadi. Ta’lim olish tarzining o’zgarishi, ta’lim muassasalari auditoriyalarida kechadigan ta’lim jarayonidan ixtiyoriy joyda va istalgan vaqtda ta’lim olishga o’zgaradi; Ta’lim ishtirokchilarining ta’lim jarayonidagi rolini tubdan o’zgartirib yuboradi. Endilikda ta’lim oluvchilar bilimlarni shunchaki qabul qilish bilan cheklanib qolmay, balki mazkur bilimlarni izlash, yig’ish, tahlil qilish, qayta ishlash jarayonida bevosita qatnashadi. O’qituvchilar esa ta’lim jarayonida yagona bilim manbai sifatida emas, balki ta’lim oluvchilarga bilimlarni mustaqil ravishda izlab topishlariga ko’maklashuvchi, ularni to’g’ri yo’lga yo’naltirib turuvchi, maslahat beruvchi shaxs – fasilitator, mentor sifatida ishtirok etadi; Mustaqil ta’limni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Bugungi kunda «Hayot davomida ta’lim olish» («Lifelong Learning») prinsiplaridan kelib chiqib, inson hayotini ta’lim olish va ish davridan iborat deb aytish noto’g’ri, endilikda insoniyat uchun ta’lim olish tushunchasi «hayot davomida olib boriladigan doimiy jarayon» sifatida talqin etiladi. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim oluvchilarning uzluksiz ravishda mustaqil ta’lim olishlari talab etiladi. Ta’lim jarayonidagi raqamli texnologiyalar esa mustaqil ta’lim jarayonida ta’lim qatnashchilari o’rtasidagi eng muqobil interfaol aloqa vositasi hisoblanadi;Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etilishi o’quv kontentlari shaklini ham o’zgartirmay qoymaydi. Asosiy o’quv kontent manbaasi hisoblanuvchi bosmadan chiqqan kitob va darsliklar o’rnini turli formatlardagi: audio, video, rasm, grafika, animatsiya, illyustratsiya, infografika shaklidagi axborotlar, bir so’z bilan aytganda mediaresurslar to’ldiradi.Raqamli media ta’lim muhitini yaratish ta’lim oluvchilarga uyda o‘tirgan holda ham o‘quv jarayonini to‘xtatmaslik, fanlarni mustaqil ravishda o‘rganish, bilimlarni mustahkamlash va pedagog bilan masofadan turib muloqot qilish imkonini beradi. Bu esa bugungi kun sharoitida, O‘zbekiston ta’lim muassasalarida ta’til e’lon qilingan davrda ham, ta’limni masofadan turib interfaol tarzda olib borishga yordam beradi. Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Bugungi kunga kelib oliy ta’lim muassasalarida mediaresurslardan foydalanish darajasi intensiv ravishda o’sib borayotganligi raqamli media ta’lim muhitini yaratish borasidagi ildam qadamlar bo’ldi deya olamiz. Masalan, o’qituvchilar dars rejasini, dasturlarini, ma’ruza va topshiriqlarini internetga joylashtirmoqdalar. Talabalar esa tarmoq platformalaridan o’quv faniga doir ma’lumotlarni izlab topib, yuklab olishmoqda va yozma ishlarini elektron pochta orqali yuborishmoqda. Real vaqt rejimida maxsus dasturiy vositalar (zoom, whereby, skype va h.k) orqali video aloqalar o’rnatilib, dars mashg’ulotlari va konferensiyalar tashkil etilmoqda. Shuningdek, ta’lim jarayonida ijtimoiy tarmoq orqali talabalar va professor – o’qituvchilar o’rtasida muloqot o’rnatilmoqda. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, ta’lim jarayonida ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida real vaqt rejimida (online) va offlayn tarzda muloqot o’rnatishning samarali usullaridan biri ekanligi xorijiy ta’lim amaliyotidan ham ma’lum. «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi PF-5847 sonli Prezident Farmonida ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida ta’kidlandi. Zamonaviy dunyoda sodir bo’layotgan raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanish sur’atlari pedagogika oldiga tendensiyalardan ortda qolmaslik talablarini qo’yadi. Mazkur talablardan kelib chiqgan holda XXI asr zamonaviy pedagogika sohasi kundan – kunga rivojlanib bormoqda va sohaga turli innovatsiyalar joriy qilinmoqda. Soha mutaxassislarining xulosalariga ko’ra, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarning keng miqyosda joriy etilishi, ta’limning yangi bosqichi – raqamli ta’lim davrini boshlanishiga turtki beradi. Mamlakatda ta’limni raqamlashtirish islohoti ta’lim berish va ta’lim olish tarzini o’zgartirib, ta’lim sohasining evolyutsiyasiga olib kelishi shubhasiz. Darhaqiqat, raqamli texnologiyalar kundan – kunga rivojlanib, hayotimizning har bir jabhasiga kirib borayotgan bir pallada – raqamli asrda ta’lim berish an’analariga ham ta’sir etmay qo’ymaydi. Metodik jihatdan ta'lim jarayonida mediaresurslardan foydalanishning ahamiyati shundan iboratki, mediaresurslar ta'limning ixtiyoriy shakliga mos keladi, ular yordamida materialni o'rganishning yangi, noan'anaviy metodlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Talabalarning faol, o'zgacha ishtiyoq va qiziqish bilan, barqaror motivatsiya asosida ta'lim olishi, o'z faoliyatining natijalarini ko'rish imkoniga ega bo'lishi va ularni munosib baholay olishi kabi qiyin vazifalarni hal qilishda mediaresurslar muhim ahamiyatga ega. Download 78.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling