Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


-MT: MARKAZIY OSIYODA XAVFSIZLIK MASALALARI, TERORIZM, GIYOHVANDLIK VA ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHDA O’ZABEKISTON RESPUBLIKASINING ROLI


Download 0.64 Mb.
bet3/14
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#236439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O

3-MT: MARKAZIY OSIYODA XAVFSIZLIK MASALALARI, TERORIZM, GIYOHVANDLIK VA ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHDA O’ZABEKISTON RESPUBLIKASINING ROLI
Markaziy Osiyo bo‘yicha mustaqil tahlilchilar Islomchilar va terrorchi tashkilotlar o‘z faoliyatlari uchun giyohvand moddalardan foydalanishlari borasidagi dalillar zaifligini aytishadi. Ularga ko‘ra, bu kabi guruhlarning giyohvand savdosiga aloqasi o‘ta past darajada va yo umuman yo‘q deyish mumkin. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining Markaziy Osiyodagi Islomiy terrorchi guruhlar bo‘yicha tadqiqotlarida O‘zbekiston Islomiy Harakati 1990 yillarda giyohvand moddalar savdosiga ishtirok etgan bo‘lishi mumkin, biroq hozir O‘IHning mazkur savdo nazoratiga ta‘siri agar bo‘lsa ham o‘ta past darajada ekanini ko‘rsatgan.

Hisobotda giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha tadqiqotchining fikrlari keltirilgan. Alisher Latipovga ko‘ra, Markaziy Osiyoda odamlar huquq-tartibot organlari, qamoqxona va xavfsizlik nozirlari giyohvand moddalar noqonuniy savdosiga ishtirok etishlarini yaxshi tushunishadi. Ayni damda hukumat mintaqadagi giyohvand moddalar savdosi ortida terrorchi va ekstremist guruhlar turganini da‘vo qiladi.

Bundan tashqari hisobotda Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari xalqaro moliyaviy yordamlar undirish maqsadida giyohvand moddalar isyonkorlar va Islomiy guruhlarni moliyalayotgani borasidagi da‘volariga urg‘u berishlari aytilgan. Hukumatlar shu yo‘l bilan o‘zlarining giyohvand moddalar savdosiga ishtiroklari, shafqatsiz boshqaruvdan e‘tiborni chalg‘itish, o‘z byudjetlari va hatti-harakatlarini oqlashda foydalanishlari qo‘shimcha qilingan.

Hisobotda qayd etilishicha, Ovro‘po Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Qo‘shma Shtatlar va Rossiya Markaziy Osiyodagi giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash bo‘yicha turli tashabbuslarni moliyalab, dastaklaydi, biroq bu dasturlar birontasi ham sezilarli ta‘sirga ega bo‘lmagan. Yo-da, bu yordamlar korruptsiyaga botgan mahalliy xavfsizlik kuchlarini kichik, mustaqil va ba‘zan yirikroq savdogarlarni yo‘q qilish amaliyotlarigina dastaklaydi.

"Natija esa, davlat bilan... kelishgan uyushgan jinoyatchilarning giyohvand moddalar savdosi ustidan nazoratini mustahkamlash bo‘ladi...", deya qo‘shimcha qilinadi hisobotda. Ayniqsa, Tojikistonda xorij moliyaviy yordamlari va dastagi qudrat vazirliklari (milliy xavfsizlik xizmati, politsiya va harbiylar) deb atalmish organlarni quvvatlantirishi ham qayd etiladi.

"Hukumat va xavfsizlik xizmatlaridagi qudratli shaxslar uyushgan jinoyatchilar rahbarlari bilan bilan davlat zahiralari va tuzilmalarini giyohvand moddalar savdosiga ko‘maklashish va yo nazorat qilishda qo‘llaydilar". Va mazkur holat Afg‘onistonning Markaziy Osiyo bilan chegarasida joylashgan 8 viloyatiga ham xos ekani tilga olinadi. Afg‘on ma‘muriyatidagi markaziy va mahalliy doiradagi asosiy o‘yinchilar giyohvand moddalar savdogarlarini himoya qilishlari, mahkama jarayonlariga aralashishlari va hibs qilingan jinoyatchilarni alal-oqibat qo‘yib yuborilishi kabi hollarda qo‘llari borligi gumon qilinadi.

Hisobotda O‘zbekistondagi vaziyatni ko‘rish qiyinligi, lekin oz bo‘lsa-da, qo‘lga kiritilgan ma‘lumotlar giyohvand moddalar savdogarlari hukumatdagi xavfsizlik bo‘yicha yuqori martabali rasmiylar bilan aloqasi borligi ehtimoliga ishora qiladi.

Mualliflar Turkmanistondagi giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq vaziyatni ham tahlil qilish qiyinligini aytishgan. Ammo, u yerda ham davlat mulozimlarining mazkur savdoga aloqasi borligi nazardan butkul soqit qilinmaydi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling