Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
-MT: TARIXIY SHAHARLAR (BUXORO, SAMARQAND, MARG’ILON, QARSHI, TOSHKENT, XIVA, SHAHRISABZ) YUBILELARINING XALQARO KENG MIQYOSDA NISHONLANISHI
Download 0.64 Mb.
|
O
4-MT: TARIXIY SHAHARLAR (BUXORO, SAMARQAND, MARG’ILON, QARSHI, TOSHKENT, XIVA, SHAHRISABZ) YUBILELARINING XALQARO KENG MIQYOSDA NISHONLANISHI
Samarqand (Eramizdan avvalgi VIII asr) Shaharga eramizdan avvalgi 742-yilda asos solingan. Qadimda Sug‘diyona va Maroqanda kabi nomlar bilan atalgan. “Samarqand” nomining kelib chiqishi haqida turli nazariyalar mavjud bo‘lib, shulardan biri uning turkcha “Semiz kent” – “boy aholi” so‘zidan olinganligini taxmin qiladi. Samarqand. Foto: rina-rina.ru Shahrisabz (Eramizdan avvalgi VII asr) Shaharga bundan 2700 yil avval asos solingan. U qadimda Kesh deb atalgan. Shaharning qadimiy aholisi – sug‘dliklar hunarmandchilik, savdo va madaniyat sohasida mashhur bo‘lgan. Shahrisabz. Foto: advantour.com Xiva (Eramizdan avvalgi VI asr) Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, shaharga eramizdan avvalgi VI asrda asos solingan. Qadimda u Xeyvak nomi bilan mashhur bo‘lgan. Rivoyatlarga qaraganda, Xiva payg‘ambarlardan biri tomonidan yaratilgan. Xiva. Foto: tourstouzbekistan.com Buxoro (Eramizdan avvalgi VI asr) Arxeologik topilmalar shaharning eramizdan avvalgi VI asrda paydo bo‘lganidan xabar beradi. Shaharning yuzaga kelishi bilan bog‘liq ko‘plab rivoyatlar mavjud bo‘lib, ulardan birida aytilishicha, shohning o‘g‘li Siyovush (Eron afsonalari qahramoni) Buxoroga kelib, Afrosiyob shohining qiziga uylanadi va u yerda Ark qal’asini quradi. Buxoro. Foto: awaytravel.ru Termiz (Eramizdan avvalgi VI asr) 2002-yilda shaharning 2500 yilligi nishonlandi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, eramizdan avvalgi VI asrda shahar Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan va o‘sha vaqtlarda ham u qadimiy hisoblangan. “Termiz” qadimgi eron tilida “o‘tish joyi” demakdir. Termiz. Foto: advantour.com Toshkent (Eramizdan avvalgi II asr) Eramizdan avvalgi II-I asrlardan buyon ma’lum. Tarixiy manbalarda ushbu hududning Shoshtepa, Chochtepa, Binkat kabi turli nomlari uchraydi. XI asrdan Toshkent deb atala boshlagan. Toshkent. Foto: hotel-gurzufzori.info Marg‘ilon (Eramizdan avvalgi II asr) Shahar eramizdan avvalgi II-I asrlarda paydo bo‘lgan. Bunga Buyuk ipak yo‘lining Farg‘ona orqali o‘tgan tarmog‘i turtki bo‘lgan. Tarixiy manbalarda esa VIII asrdan boshlab tilga olinadi. Marg‘ilon. Foto: zemlyanin.info Qo‘qon (Eramizdan avvalgi II asr) Shahar haqidagi dastlabki ma’lumotlar Xitoy diplomati va sayohatchisi Chjan Szyan yozuvlarida uchraydi. U eramizdan avvalgi 138-yilda hozirgi Farg‘ona vodiysi hududida joylashgan Dovon davlatiga tashrif buyurgan. Shahar Kangxa, Xvokin, Xavoqand kabi nomlar bilan ham atalgan. Qo‘qon. Foto: countries.turistua.com Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling