Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


-MT: O‘ZBEKISTONDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR VA ULARNING SIYOSIY, IJTIMOIY HAMDA IQTISODIY JARAYONLARDAGI ISHTIROKI


Download 0.64 Mb.
bet7/14
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#236439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
O

7-MT: O‘ZBEKISTONDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR VA ULARNING SIYOSIY, IJTIMOIY HAMDA IQTISODIY JARAYONLARDAGI ISHTIROKI

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, xususan, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining yanada ochiqligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar alohida ahamiyatga ega. So‘nggi yillardagi islohotlar ijtimoiy taraqqiyotda nodavlat sektorning ahamiyatini yaqqol ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda chekka hududlarda yashayotgan fuqaro bilan mamlakat rahbari o‘rtasida aloqani ta’minlashda aynan nodavlat sektori samarali mexanizm sifatida namoyon bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasiga ko‘ra, davlat jamoat birlashmalarining manfaatlarini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.

Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlarning demokratik jarayonlardagi ishtirokini huquqiy ta’minlash ularga qo‘shimcha sharoitlar yaratish mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tuzilishi demokratik yangilanishlar sohasida katta tarixiy voqelik bo‘ldi. Mazkur kengashning tuzilishi davlatimiz rahbari mamlakatni yanada jadal va har tomonlama rivojlantirish maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali muloqotga hamda keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilishga alohida e’tibor berayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Yaqinda qabul qilingan “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori shu yo‘lda qo‘yilgan salmoqli qadamlardan biri bo‘ldi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari bilan bir qatorda har bir fuqaro mamlakatimizda kechayotgan demokratik yangilanishlarda faol ishtirok etmoqda. Bu, avvalo, fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali o‘z taklif, mulohaza, tanqidiy fikrlarini erkin bildirayotganida ham namoyon. Bu esa, o‘z navbatida, prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “davlat organlarining xalqqa xizmat qilishiga” omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘ringa ega bo‘lishi va aholi uchun munosib turmush sharoitini ta’minlash maqsadida strategik ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda davlat tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yuritayotgan siyosatning asosiy maqsadi ham insonning munosib hayot kechirishini, barcha hayotiy orzu-maqsadlari shu jamiyatdagi siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy institut, guruh, oila va boshqa jamoat birlashmalari orqali amalga oshirilishini ta’minlashdir.

Demokratik saylovlarni fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ular saylovlar shaffofligi va ochiqligini ta’minlovchi muhim omildir.

Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligining zamonaviy mexanizmlari izchillik bilan takomillashtirilmoqda.

Bu o‘rinda Saylov kodeksi loyihasi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari muhokamasidan o‘tkazilib, ular tavsiyalari asosida takomillashtirilganini ta’kidlash joiz.

Qonun hujjatlariga asosan, mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining saylovlarda faol ishtiroki bo‘yicha yetarli asos va imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu imkoniyatlarni bilish va ulardan keng foydalanish, nafaqat saylovlarning demokratik ruhda o‘tishiga, balki mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga ham turtki bo‘ladi.

Partiyalar – saylovlarning lokomotivi. Aynan ular orqali nomzodlar ko‘rsatiladi, siyosiy raqobat muhiti yuzaga keladi va siyosiy qarashlar ifodalanadi. Partiyalar o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali siyosiy jarayonlarda ishtirok etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas bo‘lib, uning o‘tkir talablariga javob berishi shart”, degan fikrni bildirdi. Darhaqiqat, bugungi kunda xalqimiz partiyalardan balandparvoz gaplarni chetga surib, aniq amaliy ishlar bilan saylovchilar ishonchini qozonishini kutmoqda.

Mamlakatimizda qabul qilingan Saylov kodeksi xalqaro norma va standartlarga mos ravishda nodavlat notijorat tashkilotlar va jamoat birlashmalarining saylovlardagi ishtirokini aniq belgilab bergani bilan e’tiborli. Jumladan, Markaziy saylov komissiyasining majlislariga jamoat birlashmalari va tashkilotlarining vakillari taklif etiladi. Jamoat birlashmalari o‘z a’zolarining xohish-irodalarini erkin bildirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishlarida ishtirok etishini saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligi sifatida e’tirof etish mumkin.

Shu bilan birga, uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilishini davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishdagi o‘zaro manfaatli hamkorligiga misoldir.

Mazkur kodeksga asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Bugun mahalla instituti vakillari muddatidan oldin ovoz berish, ovoz berish kuni saylov uchastkasining ochilish va saylov natijalarini aniqlash, uni e’lon qilish jarayonlarini kuzatib borishi mumkinligi milliy demokratik institutning o‘rnini yanada oshirdi. Qolaversa, mazkur yangilik YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi tomonidan ham taklif etilgandi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar o‘z faoliyatini tegishli komissiyalar tomonidan berilgan mandatlar asosida amalga oshirib, saylov uchastkasida ushbu kodeksning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, saylov komissiyasiga bu haqda ma’lum qilishi kerak bo‘ladi.

Yuqoridagilarning barchasi saylov jarayonlari yanada oshkoralik ruhida o‘tishini ta’minlaydigan yangi, ilg‘or amaliyotni joriy etishni tashkiliy-huquqiy jihatdan kafolatlaydi. Shubhasiz, saylov jarayonlari ustidan fuqarolik jamiyati institutlarining nazorati davlat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralikni yanada mustahkamlaydi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling