Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Бошланғич таълимда ички ва фанлараро алоқалардан фойдаланиш ва ривожлантириш
Download 1.17 Mb.
|
integrasiya2020 ad03ba8ea4bf8544e616340ae4553036
Бошланғич таълимда ички ва фанлараро алоқалардан фойдаланиш ва ривожлантириш.
Бошланғич таълимда амалда ички ва фанлараро алоқалардан фойдаланиш ва ривожлантириш керак. Бошланғич таълимда интеграция «оз-оз ҳамма нарсадан» усулига эга. Болалар бошланғич таълимда жуда кўп ҳодиса, тушунча, фанлар билан танишишади, лекин улар тўғрисида элементар тушунча олишади. Кейинги йилларда мавжуд билимларини тўлдириб ва кенгайтириб боришади. Шунинг учун ўқитувчи бир хилликдан қочиши ва ранг-баранг шакл ва усулларда дарс ўтиши талаб этилади. Интеграцияланган дарслар чарчоқни ва тарангликни ўқувчилардан олади фаолиятнинг бир туридан иккинчисига ўтиши ҳисобидан зийраклик ва ҳозиржавобликка ўргатади. Лекин 1-2-синфларда интеграцион дарсларга унча берилмаслик тавсия этилади. Чунки боланинг билим запаси кўп эмас, грамматик, математик ва техник кўникмалари шаклланиб улгурмаган. Чунки интеграция мавжуд мавзуни кенгайтиради, чуқур таҳлил қилишни талаб қилади, ҳодисаларни умумлаштиради, уларнинг билим доираси бошқа фанлар ҳисобига кенгаяди. Ўқувчилар мустақил тарзда шунча ишни бажаришга кучи етмаслиги мумкин.
Бошланғич синф ўқувчиларини ўқитишда дарс самарадорлигига эришиш учун интеграциялашга эътибор бериши шарт. Е.Смирнова «Бўлмасдан эгалик қил» мақоласида шундай дейди: «Биринчи синфда қуйидаги фанларни интеграциялаш мумкин: ўқиш, ёзув, тасвирий санъат ва меҳнат. Фақат ўқиш ва фақат ёзиш болани жуда чарчатади ва унда салбий туйғуларни уйғотади. 1-синф ўқувчисида биринчи дарслардаёқ ўқишга бўлган истак йўқ бўлмаслиги керак. Унинг кўзларидаги учқун ўчмаслиги керак. Юқорида айтиб ўтилган фанларни тартиблашда ўқувчининг ўрганиш жараёнини, қизиқишини ушлаб туриш, фаоллаштиришга эътибор берилади». 2-синфда ўқиш, она тили, табиатшунослик ва тасвирий санъат фанларини интеграциялаш мумкин. 3-синфда фанларни интеграциялаш имкони бор вариантларидан фойдаланиш мумкин. Таълим тизимида илгаридан интеграциялашган курслар борлигини унутмаслик керак. М: Саводхонлик дарслари ўқиш ва ёзув К.Д.Ушинский давриданоқ интеграцияланиб ўтилади. Ҳозир 1-синфда ярим йилликда ўқиш ва ёзувга ўргатилади. Синфдан ташқари ўқиш ҳам интеграциялашган. Бунда бир бутун жараён: китоб-ўқиш жиҳози сифатида, дарсда олган ўқиш кўникмаларини ривожлантириш, матн-сўз санъати сифатида, нутқнинг ривожланиши, китоб олами, суҳбатдошлар доираси сифатида. Азалдан табиатшунослик интеграциялашган: табиатшунослик ва география. Математика асли арифметика, алгебранинг элементлари, геометрия, арифметик материаллар яхшироқ ўзлаштиришга кўмаклашади. Шу билан бирга алгебрани, геометрияни, меҳнат таълими ўрганишга асос солади. Юқорида айтилган интеграциялашган курсларни ўқиш - она тили, ўқиш - табиатшунослик, ўқиш - табиатшунослик, ўқиш - тасвирий санъат, ўқиш - табиатшунослик - тасвирий санъат, она тили - ўқиш -тасвирий санъат, ўқиш - табиатшунослик - меҳнат, она тили - табиатшунослик - тасвирий санъат кабиларга бирлаштириш мумкин. Интеграциялашган дарснинг асосий хусусияти бундай дарс бир фан асосида тузилади, у асосий эътиборда бўлади, қолганлари у билан бирга интеграциялашади, унинг алоқаларини, жараёнларни ўрганишда фаннинг маъносини тушунишда, ҳаёт билан алоқасини тушунишда, олинган билимни амалда ишлатишда қўлланади. INNOVASION FAOLIYAT – TA’LIM SIFATINING KAFOLATIDIR Mustaqil Republika sharoitida xalq ta’limi o’ziga xos rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu o’ziga xoslik eng avvalo ta’lim- tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya’ni o’zimizning juda boy o’tmish tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz o’z mohiyati bilan juda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo’lgan milliy-urf odatlarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlodni o’qitish baxtiga muyassar bo’ldik. Bu narsa hammamizning qalbimizda yuksak g’urur hislarini to’lqinlantiradi. Mana shu sharoitda hammamizdan juda katta ko’tarinkilik bilanjamiyatimizning yosh alodni yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy g’urur ruhida tarbiyalashimizni taqozo qiladi. Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, eng avvalo, o’zimizda bu sifatlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta’lim-tarbiyaga yangicha yondoshish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham taqozo qiladi. Eski uslub bilan yangi vazifalarni amalga oshirib bo’lmaydi. Har kuni talaygana yangilik, yangi texnologiyalar yurtimizga kirib kelmokda. Yangi texnologiyalar o’z tushunchalari, «tili» bilan kirib kelib, Vatan iqtisodiyotini, fan-texnika taraqqiyotining darajasini asta-sekin yuksaltirmokda. Vatanimizning pedagogik taraqqiyoti ham bundan mustasno emas, albatta. Hozirgi milliy pedagogikamizning daraxti ikki hayotbaxsh irmoqlardan suv ichadi. Biri – ming yilliklar davomida shakllanib, gavhar zarralaridan hosil bo’lgan milliy tarbiya tajribasi bo’lsa, ikkinchisi jahonning ilg’or, sinalgan pedagogik innovasiya yutuqlaridir. Fan va amaliyot birligi ta’minlanishi uchun maktab pedagogik faoliyati ham bundan mustasno bo’lmasligi lozim. «Yangi pedagogik texnologiya», «pedagogik diagnostika», «kibernetik pedagogika», «test-reyting» kabi tushunchalarning tub mohiyatlarini o’zlashtirmasdan, ulardan o’quv-tarbiya jarayonida foydalanmasdan turib, biz jahon pedagogik integrasiyasida o’zimizning munosib hurmatli mavqyeimizga erishmog’imiz mushkul bo’ladi. I.A.Karimov ta’lim integrasiyasi haqida shunday deydi: «Jahon bozoridagi integrasiya, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sur’atlari xalq ta’limining barcha bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni mustahkamlashni talab etmoqda. Binobarin, bu hol tarbiya, ta’lim, siyosiy va kasbiy tayyorgarlik masalalarini hal etishga jamuljam yondoshishni taqozo etadi». Demak, «integrasiya» so’zi bu birlashtirish degan ma’noni bildiradi, Pedagogik texnologiya nima? Nega bu so’z birikmasiga «yangi» so’zini qo’shimcha qilib, «yanga pedagogik texnologiya» deb aytamiz? U nima uchun bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan beri yarab kelgan ta’lim jarayonini eskicha tashkil etishdan voz kechishimiz kerak va o’kuv jarayonini loyihalashga yangicha yondashish zarur? Bu kabi savollarga javob berish uchun, eng avvalo, mamlakatimizda «Talim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy yo’nalishlarini anglab olmoq lozim. Bu yo’nalishlar; ta’lim mazmunini, tizimini isloh qilish; ta’lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish; ta’limning bozor iktisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish; ota-ona, o’qituvchi- o’quvchining ta’lim jarayonida bo’lgan yangicha qarashlarini shakllantirish; va nihoyat, bu tub islohotlarniyag bosh harakatlantiruvchi kuchi -yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Xulosa qilib aytsak, yangi ta’lim tizimi, mazmuni, o’quv reja, darsliklar asosida o’quv jarayonini loyihalashtirishga ham yangicha yondashish, tashkil etish zaruriyati tug’ilmokda. Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, «biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo’lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nechog’li faol munosabatda bo’lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak». Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g’oyasi kun tartibiga ko’ndalang qilib qo’yildi. Bu g’oyani, bizningcha, ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari ro’yobga chiqarishi mumkin: faoliyat turlari (moddiy-amaliy, ijtimoiy, ma’naviy); ijtimoiy ong shakllari (axloq, san’at, siyosat, falsafa, fan va boshqalar); ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy); 4) moddiy ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros qilib qoldiriladigan boyliklar). Ta’lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so’z ketganda dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavhumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o’rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar o’z yechimini topganicha yo’q. Ochig’ini aytaylik: qaysi darsliklardan Prezidentimizning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida…» yoki «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda:» va shu kabi asarlarida ko’tarilgan g’oyalar o’rin olgan? Javob yo’q. Endigi vazifa darsliklarning keyingi nashrlarida bu kabi kamchiliklarni tuzatishdan iborat. Ayniqsa, darslik va o’quv qo’llanmalarda terminologiya qat’iylik, bir qiymatlilikka erishish kerak. Buning sababi shuki: -birinchidan, darslik va o’quv qo’llanmalarda fan erishgan yakuniy natijalar yaxlit holda aks etadi, bu esa bizga uning amaliyotga ta’sirining xarakterini tashhis qilishimizga imkon beradi; -ikkinchidan, darslik va o’quv qo’llanmalari ona tili (terminologiya)ning yuksak darajadagi namunasini ko’rsata olish mahoratiga ega bo’lgan olimlar tomonidan yaratiladi. Darslik va o’quv ko’llanmalarining tili ularni o’qiydigan kitobxonlar (o’quvchilardan tashqari talabalar, o’qituvchilar, metodistlar, olimlar, ota-onalar) savodxonligiga bevosita ta’sir etadi; - uchinchidan, darslik va o’quv qo’llanmalardagi terminologik kamchiliklar ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqa tadqiqotchilar tushunishlarini qiyinlashtiradi. Bir so’z bilan aytganda, darsliklarimiz tili ravon, sodda, ixcham matnlardan tashkil topgandagina u bolalarning sevimli kitobi bo’ladi, o’quvchilar mustaqil holda o’rganishi mumkin bo’lgan «ikkinchi o’qituvchi» vazifasini bajaradi, bilim manbaiga aylanadi. Kezi kelganda shuni aytish kerakki, hozirgi zamon ta’limida didaktikaning semantik jihatlarini aniqlash kam o’rganilgan sohalarga kiradi. Hanuzgacha tushunish muammoasi (mohiyati) har xil odamlar tomonidan har xil talqin qilinadi, didaktlar semantik jihatdan murakkab matnlar va g’oyalarni bayon qilish usullari ustida kam bosh qotirmoqdalar. Ilmiy konsepsiyalar murakkablashib, chuqurlashib borayotgan hozirgi davrda semantik muammolar o’quv materialani bayon qilish, o’quvchilarni fan rivojining yangi davrini tashkil qiluvchi nazariyaga ertaroq olib kirish, ta’limda dalillar bilan nazariyalar munosabatlarini hal qilish muxim ahamiyatga ega. Bu masala ham tezroq o’z yechimini topishi kerak. Yana bir muammo ustida to’xtalishni lozim topdik. Gap shundaki biz ko’pincha «ta’lim mazmuni» bilan «o’quv fani mazmuni» tushunchalarini bir xil deb qaraymiz. Aslida unday emas. Oldingi tushuncha kengroq, ya’ni o’quv fani mazmuni fakat shu fanga oid bilimlarni, tushuncha, hukm, xulosalarni o’z ichiga oladi. Ta’lim mazmuni esa bulardan tashqari. Ilmiy bilish metodlari, usullari va amallari, ya’ni o’quvchilarda mustaqil bilish malakalarini hosil qiluvchi metodologik bilimlarni (ta’rif, isbot, tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va hokazo) ham o’z ichiga oladi, bu borada ham darsliklarimizda anchagina kamchiliklar mavjud. Axir aytganlar, nima uchun o’quvchi erta bilan turib maktabga, darsga borishga shoshilmaydi? Nima uchun u dars o’tilmasligini ma’qul ko’radi? Nima uchun aksariyat darslarimiz zerikarli? Har bir dars uchun ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, ya’ni bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan uchyoqlama maqsadlar qo’yiladi, Darsni tashkil qilish shakli uning qatnashchilarining o’zaro aloqalariga bog’liq bo’lib, u maqsadlarni o’quv materiali xususiyatlariga, ta’lim metodlariga va o’quv imkoniyatlariga bog’liq. Bunga erishish uchun o’qituvchi raxnamoligida o’qituvchi bilan o’quvchilar birgalikda harakat qiladilar. O’qituvchi o’quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur egallashni Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling