Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Download 3.23 Mb.
bet142/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

IV. Amaliy ko‘nikmalar
1.Xonalar havosi haroratini o‘lchash va baxolash
2.Xonalar havosining namligi-ni o‘lchash va baxolash
3.Xonalar havosining harakat tezligini o‘lchash va baxolash
4.Xonalar xavosida antropogen ifloslanganlikni karbonat angidrid miqdori bo‘yicha o‘lchash va baxolash
5.Laboratoriya tahlili uchun tuproqdan namuna olish
6.Laboratoriya tekshirishlar uchun suv manbaidan namuna olish
7.Laboratoriya tekshirishlar uchun suv tarqatish tarmog‘idan namuna olish
8.Bolalar va o‘smirlar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini tekshirish
V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular
1-semestr: 1. Gigiyenaning qadimgi davrda shakllanishi, XIX va XX asrlardagi taraqqiyoti.
2. Mahalliy va markazlashgan suv ta’minoti haqida tushuncha, ularning gigiyenik ahamiyati.
3. Tibbiyot muassasalaridagi xodimlarning mehnat sharoitlarining gigiyenik nazorati.
4. Tuproqning gigiyenik va epidemiologik ahamiyati.
5. Asosiy ozuqaviy moddalar – oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, mineral moddalar, vitaminlarning biologik roli va asosiy manbalari.
6. Atmosfera havosi, suv, tuproqning nomuvofiq omillarini gigiyenik reglamentlashga bo‘lgan umumiy yondoshishlar
7. Ish joylarida shovqin va tebranishni aniqlashning metodik asoslari
8. Shahar muhitiga gigiyenik ta’rif.
2- semestr: 9.O‘quvchilarni gigiyenik tarbiyalash
10.Ruhiy fiziologik omillarga gigiyenik ta’rif, organizmga ularning zararli ta’sirini oldini olish tadbirlari
11.Tashkillashtirilgan bolalar muassasalarini loyihalashtirish qurish va jihozlashga bo‘lgan gigiyenik talablar
12.Kiyim boshlar va oyoq kiyimlari gigiyenasi. Kundalik turmushda foydalaniladigan sintetik polimer materiallardan tayyorlangan uy-ro‘zg‘or buyumlari, bog‘lov materiallari, idishlarni qo‘llash gigiyenasi
13.Tuproq tashqi muhit omili. Tuproqni hosil qiluvchi omillar. Shahar muhitiga gigiyenik ta’rif
VI. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
• atrof muhit bilan odam organizmi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, atrof muhit omillarining organizmga ta’sir etish xususiyatlarini, ijtimoiygigienik omillarni, inson salomatligi, ekologiya, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan patologiyalarning eng muhim shakllarini yuzaga kelishidagi atrof muhit omillarining tutgan o‘rni
• sog‘liqni saqlash sohasida Davlat siyosati va uning amalga oshirilishida barcha boshqaruv organlarining mas’uliyati haqida;
• O‘zR tibbiyot sohasining rivojlanish strategiyasi va boshqaruv tuzilmasi (konsepsiya, tamoyillar, asosiy yo‘nalishlari) haqida;
• sog‘liqni saqlash tizimi va ularda olib borilayotgan islohotlar haqida;
• sog‘liqni saqlashni rivojlantirishning asosiy siyosiy tamoyillari, standartlari, istiqbollari to‘g‘risida;
• sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish;
• sanoat gigienasi va inson salomatligi nazariyasi asoslari;
• mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonuniy-me’yoriy hujjatlar;
• ishchilar salomatligi ko‘rsatkichlarining mehnat va turmush sharoitlariga bog‘liqlik, qonunlar, tushunchalar, kategoriyalarni, tabiiy va tibbiy jarayonlarning xususiyatlari haqida;
• kasalliklarning profilaktikasi jarayonida kompyuter texnologiyalarining o‘rni, asosiy elementlari, Internet vositalari, axborotlar qidirish, ma’lumotlarni saqlash haqida;
• operatsion tizimlar, elektron pochta, konferensiyalar va taqdimotlarni tashkillashtirish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; (bilim)
• gigiena va uning har bir bo‘limining maqsadi va vazifalarini;
• atrof muhit va odam organizmining o‘zaro bog‘liqligining asoslarini;
• atrof muhit omillarining organizmga ta’sir etish xususiyatlari, ijtimoiygigienik omillarni;
• gigienik va sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishning asosiy prinsiplarini;
• oqilona ovqatlanishning gigienik asoslarini;
• sog‘lom turmush tarzining gigienik asoslarini;
• atrof muhit omillarini gigienik me’yorlashtirish va reglamentlashtirishning umumiy asoslarini;
• atrof muhit va inson salomatligi nazariyasi asoslarini, aholi salomatligi ko‘rsatkichlarining yashash, mehnat va turmush sharoitlariga bog‘liqlik qonunlar, tushunchalar, kategoriyalarni, tabiiy va tibbiy jarayonlarning xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; (ko‘nikma)
• atrof muhit omillarini baholash bo‘yicha vizual, instrumental, hisoblash va laboratoriya tekshirishlarini bajarish: • ob’ektlarni sanitar tekshirish va tavsiflashni;
• xona havosining mikroiqlim ko‘rsatkichlarini o‘lchash va baholashni;
• -laboratoriya tekshirishlari uchun turli manbalardan suv namunalarini olish, suvning organoleptik xossalarini aniqlashni;
• oziq-ovqat mahsulotlarining to‘la sifatliligini tekshirishning uslubiy asoslarini;
• laboratoriya tekshirishlari uchun tuproq namunalarini olish va ularni tekshirishga tayyorlashni;
• Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini umumiy va shaxsiy tarzda tekshirish bo‘yichaishlab chiqarish muhiti omillarini va mehnat sharoitlarini ob’ektiv va laborator tekshirish usullari, ifloslanish darajasini aniqlash, hamda gigienik me’yorlarga qiyosiy taqqoslash amaliy ko‘nikmalariga (shu jumladan amaliy ko‘nikmalariga) ega bo‘ltsha kerak. (malaka).

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling