Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


MAVZU: MEXNАT GIGIENА FАNI MАZMUNI


Download 3.23 Mb.
bet19/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

MAVZU: MEXNАT GIGIENА FАNI MАZMUNI

Oʼzbekiston Respublikasi hayotida progress asosida rivojlanishga qaratilgan, iqtisodiy strukturani qayta qurish, samarador shakllarni boshqarish, mehnatni stimullashtirish va tashkillashtirishni yangi kursi olib borilmoqda. Uning yangilik va yutuqlarining asosiy qismidan biri yuqori malakali tibbiy kadrlarni tayyorlashdir. Bunda katta rol sogʼliqni saqlashda profilaktika yoʼnalishini taʼminlovchi mutaxassislarga qaratilgan. Bunday intizomlardan biri umumiy mehnat gigienasi – tibbiy-profilaktika fanining asosi boʼlib, ishchi jamoadagi salomatlikni ishchilar organizmiga har-xil ishlab chiqarish omillarini taʼsirini oʼrganadi, mehnat va ish jarayonini tashkillashtiradi.


Mehnat gigienasi – profilaktik fan boʼlib, ishlovchi organizmga ish jarayonini va ishlab chiqarish muhitini taʼsirini oʼrganuvchi va sanitar gigienik, davolash profilaktik, ishlovchilarning salomatligini saqlashga va ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqadi. Mehnat gigienasi umumiy va xususiy boʼlimlarga boʼlinadi.
Umumiy mehnat gigienasi – tibbiy profilaktika fanining boʼlimi boʼlib, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi omillarga gigienik baho berish, omil taʼsirini oldini olish, sanitar targʼibot ishlarini olib borish, sogʼlomlashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqish va qoʼllash masalalarini oʼrganadi.
Xususiy mehnat gigienasi - tibbiy profilaktika fanining asosiy boʼlimi boʼlib, ishchi sharoitining taʼsiri, mehnatni tashkil qilish va ish jarayonini hamda davlat sanitar nazorati olib borish ahamiyatini, ishlab chiqarish obʼekt turlari va boʼlimini oʼrganadi
Mexnat gigienasi faniga kirish ma'ruzasi

Mexnat gigienasi – profilaktik fan bo‘lib ishlovchi organizmiga ish jarayonini va ishlab chiqarish muxitini ta'sirini o‘rganuvchi va sanitar gigienik, davolash profilaktik, ishlovchilarning salomatligini saqlashga va ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqadi.


O‘quv darsligi sifatida tibbiy profilaktika talabalariga VIII,IX,X,XI, va XII semestrlarda o‘tiladi. U umumiy va xususiy bo‘limlarga bo‘linadi.
Umumiy mexnat gigienasi – tibbiy profilaktika fanining bo‘limi bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi omillarga gigienik baxo berish, omil ta'sirini oldini olish, sanitar targibot ishlarini olib borish, sog’lomlashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqish va qo‘llash masalalarini o‘rganadi.
Xususiy mexnat gigienasi - tibbiy profilaktika fanining asosiy bo‘limi bo‘lib, ishchi sharoitining ta'siri, mexnatni tashkil qilish va ish jarayonini xamda davlat sanitar nazorati olib borish axamiyatini, ishlab chiqarish ob'ekt turlari va bo‘limini o‘rganadi.
Mexnat gigienasi fanini o‘rganishdan oldin, fanning rivojlanish tarixiga nazar solamiz. Inson mexnat qilishni boshlagandan buyon, mexnat sharoiti xamda uning ish jaraenida ishchi organizmiga ta'siri paydo bo‘lgan. Marks talqini bo‘yicha: “Mexnat – bu insonii xayotning doimiy, tabiiy sharoiti bo‘lib, shuning uchun u xayotning xech bir shakliga bogliq emas”.
Bu xolat ishlovchilarning mexnat sharoitlariga va ishlash jarayonini baxolashda doim o‘rinli bo‘lgan. Dastlab kasbiy kasalliklar xaqida kadimgi Gretsiya olimlaridan Gippokrat, Pliney, Galen ma'lumotlar berib ketishgan. Antik davrda, eramizdan 379 yil oldin Gippokrat ruda qazib olishda xosil bo‘ladigan changning salbiy ta'sirini bilgan. Gippokrat “Ular (qazib oluvchilar) qiyinlik bilan nafas oladilar, rangi oqargan va toliqqan.”
Galen xam changning ishchilar organizmiga salbiy ta'siri mavjudligini ta'kidlab o‘tgan, u qo’rg’oshinning ta'siri natijasida ro‘y beradigan patologiyani to‘liq ta'kidlab o‘tgan. Eramizning X asrda O‘rta osiyolik buyuk mutakkir, olim Abu Ali Ibn Sino o‘zi yaratgan “Tib qonunlari asarida” inson uchun kasb, xarakat, oziq ovqat va boshqalar xaqida batafsil bayon qilgan.
Ayni shu mexnatlari bilan o‘chmas nom qoldirgan.
Kapitalistik jamiyat qurilayotgan davrda, mexnat gigienasining taraqqiyotida shubxasiz yetakchi bo’lib italiyalik professor, olim Bernardino Ramatsini (1633-1714) xisoblagan, shuning uchun asosli ravishda uni kasb gigienasining otasi deb atashgan. Uning “Xunarmandlar kasalligi xaqida talqini” nomli monografiyasi mualif xali xayotligi davrida nashr qilingan, 18 arsda va 19 ars birinchi yarmida esa 25 marotaba ko‘p qayta nashr qilingan. Bu mexnati o‘zining tarkibiy qimmatliligi, mexnat gigienasi va o‘sha davr bilan bogliq kasbiy patologiya bo‘yicha savollariga ensiklopedik talqin bo‘la olishidir.
Keyinchalik o‘sha davrning eng oldi kapitalistik mamlakati Angliyada bo‘lgan, ish sharoiti ogirligi va ayovsiz eksplatatsiyadan norozi bo‘lgan ishchilarning revalyusion xarakati, boshqarib turuvchi sinflarni ishilarning mexnat sharoiti,yashash va ovqatlanishi borasida bir qator yaxshilash bo’yicha tadbirlar olib borishga majbur qiladi. 1883 yilda bu tadbirlarni olib borishda Lord Etli ko’rsatmasi bilan fabrikalar xolatini tekshirishda ishlagan, parlament kommisiyasi a'zosi Leonard Garner katta ro‘l o‘ynagan, uning ishchilar sinfiga ko‘rsatgan beqiyos xirmat kilgan inson sifatida yozgan. Garner boshlagan ishni uning shogirtlari va izdoshlari Gringou, Arlezm, Edvin va Chervik muvofaqiyatli davom ettirgan.
Tobora Angliyada tadbirkorlar tomonidan kuchayib boruvchi eksplotatsiyaga qarshi ishchilar naroziligiga javoban, bo‘yash ishlarida qo‘rgoshin, gugurt fabrikalarida sarrik fosfor ishlatish, o‘spirin va ayollarga kulgi ishi taqiqlaganligini ta'kidlash mumkin. qonuniyatlar qilindi, ulardan baxtsizlik xolatidan va kasbiy kasallik sugurtalash.
Rossiyada mexnat gigienasi bo‘yicha eng taraqqiy qilgan xo‘jalik kapitalizmi va ishchilarning revalyusion qo‘zgoloni kuchaygan davriga to‘gri keldi.
Mexnat gigienasi rivojlanishiga Rossiya tibbiyoti olimlari katta xissa qo‘shdi. Xo‘jalik tibbiyoti rivojlanish kurtaklari(o‘sha davrda shu nombilan yuritgan).
Pyotr-1, yekaterina-2, M.V.Lomonosov va 17-18, va 19 arsning qator boshqa olimlari:
I.M.Protasov, A.N.Nikitin, P.A.Piskov, D.P.Nikolskiy, A.V.Pogojev, E.A.Osipov, E.M.Dementev, G.V.Xlopen nomi bilan bogliq.
Shuningdek mexnat gigienasi rivojlanishida buyuk gigienist F.F.Erisman katta xissasi mavjud.
Rossiyada mexnat gigienasi rivojlanishi xaqida gapirankammiz, quyidagi gigienistlarning katta xissasi mavjudligini eslab o‘tishimiz zarur:
D.P.Nikolskiy (Mexnat gigienasi bo‘yicha oliy va texnik bilim yurtida dars bergan 1-shifokori). V.A.Levitskiy (Mexnat sharoiti ishchi salomatligiga ta'sirini o‘rgangan) va b. Mexnat gigienasi va mexnat muxofazasini o‘rganishda N.A.Vigdorchuk va Kaplun ”Mexnat gigiena Muxofazasi Ilmiy tekshirish Instituti” tashkil qildi. Ular 1926 yilda birinchi marta Moskva Tibbiyot Instutida mexnat kafedrasini va birinchi o‘quv darsligini yaratgan.
Ish jarayonida MNS rivojlanishi roli, charchash xolatining paydo bulishi va mexnatning normallashishi to‘grisida o‘z xissasini buyuk fiziolog I.N.Sechenov qo‘shgan. 20 asrda Rossiyada mexnat gigienasi rivojlanishiga katta xissasini quyidagi olimlar kiritgan: Z.I.Izrailson, A.A.Letavet, L.K.Xolenov, K. Novrotskiy, E.I.Sametskiy, I.L.Ulanov va b.
O‘zbekistonda mustaqil mexnat gigiena fani sifatida 20 asr boshlarida shakllana boshlagan.Fanning taraqqiyoti 1920 yil Turkiston Davlat Universiteti qoshida Tibbiy fakultet (1931) tashkil etishi bilan ToshDavTI esa mexnat gigiena kafedrasi (1935) va O‘Zbekiston sanitariya va gigienasi instituti (1934). tashkil kilishi bilan chambarchas bogliq. 1922y Turkistonda mexnatni muxofaza qilish bo‘yicha tuzilgan sanitar-tibbiy inspeksiyasi tashkil etilishi katta axamiyatga ega.Mexnat gigienasi rivojlanishiga A.Z.Zoxidov, S.R.Dixtyar, G.N.Nazirov, S.S.Sosnovkiy, N.I.Smetanin, N.M.Demidenko, T.I.Iskandarov, V.B.Danilov, S.S.Solixo‘jaev, R.D.Simonovich va b. katta xissasini qo‘shgan.
Mexnat gigienasi fani tuzilishi, vazifasi, uslublari ishchilar salomatligini saqlashga qaratilgan tadbirlarni ko‘rib chiqamiz. Mexnat gigienasining asosiy maqsadi mexnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilar salomatligini muxofazasiga qaratilgan sanitar – gigienik, davolash profilaktik chora tadbirlar kompleksini yaratishdir.
Mexnat gigienasi asosiy vazifalari
1) optimal ish sharoiti yaratish
2)umumiy kasallanishni pasaytirish va kasb kasalliklarini oldini olish.
3)mexnat unimdorligini oshirish asos tushunchalar va izoxlar.
Asosiy tushunchalar va izoxlar.
Ish sharoiti - ishchini o‘rab turgan muxitni va ishlab chiqarish jarayonining omillari tasir majmui.
Ish sharoiti va mexnatni tashkil etilgani bu ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar, ish davomiyligi, dam olish davomiyligi va ularning almashinib turishi.
O‘zbekiston Respublikasining Mexnat kodeksida ish vaqti tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan “Ish vaqti deb, ishchining ish tartibi yoki grafigiga yoki kelishuv asosida o‘zining ish majburiyatini o‘tashi tushiniladi.” kasb kasalligi ayni shu kasb uchun spetsifik xamda ishlab chiqarish muxitining yoki ish jarayonining zararli va xavfli ta'siri natijasida ortirilgan kasallik.
Mexnat sharoiti va ish jarayoni quyidagicha:
1. Ishlab chiqarish va texnologik jarayon turi (mashina qurilishi, kimyoviy sanoat qurilishi).
2. Mexnatni tashkil qilinishi (mexanizatsiya darajasi, stanokda ishlash, dam olish, mexnat).
3. Kasbli taa'luqlilik.
Ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari klassifikatsiyasi.
(GOST.SSBT -1986 yil)
Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari tabiatiga ko‘ra quyidagi guruxlarga bo‘linadi:

  • Fizik

  • Ximik

  • Biologik

  • Psixofizik

Fizikaviy zararli va xavfli ishlash omillari quyidagilarga bo‘linadi:
-Xarakatlanuvchi mexanizmlar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalarining suriluvchi qismlari.
- Ishchi zonasining yuqori changlangani va gazlangani.
- Ishchi zonasi xavosining temperaturasi yuqori yoki pastligi.
- Shovqinning yuqori darajaliligi, ish joyidagi ultratovush, infratovush.
- Xavo namligini oshishi yoki pasayishi.
- Barometrik bosim oshishi yoki pasayishi.
- Elektr statik maydonining darajasining oshishi.
- Elektr magnit nurlanish darajasi oshishi.
- Tabiiy yoruglik kamligi yoki yo‘qligi.
- Ish zonasining yoritilganligi, yetishmasligi.
-Ultrabinafsha, Infraqizil radiatsiya darajasining oshishi.

Ishlab chiqarishning ximik zararli va xavfli omillari quyidagicha:


1. Inson organizmiga ta'siri quyidagicha xarakterli bo‘ladi:
Toksik, sensibillovchi, kanserogen, mutagen, reproduktiv faoliyatga tasir qiluvchi.
2. Inson organizmiga kirish yo‘li bo‘yicha:
nafas organlari, oshqozon ichak yo‘li, teri qoplamlari va shilliq qatlamlar orqali.
Ishlab chikqarishning biologik zararli va xavfli omillari o‘z ichiga: biologik obekt, patogen mikroorganizm (rikketsiya, bakteriya, virus va zamburuglar) va ularning xayot maxsulotlari kiradi.
Ishlab chiqarishning psixofizologik zararli va xavfli omillari quyidagicha:
-Jismoniy zo’riqish
-ruxiy zo‘riqish
Jismoniy zo‘riqish quyidagicha bo’ladi:
-statik
-dinamik
Ruxiy zo‘riqish quyidagicha:
- aqliy zo‘riqish
- analizatorlar zo‘riqishi
- mexnatning monotonligi
- Emotsional zo‘rikish
Gigienik klassifikatsiyaga muvofiq mehnat shaoitlarini zararli va xavflilik ish jarayoni og’irligi va keskinligi ko‘rsatkichlari SanPiN №0141-03 ish sharoiti 4 sinfga bo‘linadi.
1 sinf – optimal ish sharoiti
2 sinf – ruxsat etilgan ish sharoiti
3 sinf – zararli ish sharoiti (gigienik normativ darajasi oshishi va ishchi organizmida o‘zgarishlar) yaqqoligi bo‘yicha 4 darajaga bo‘linadi.
4 sinf – o‘ta xavfli ish sharoiti

Ish uslubi va shakli.


1. Ogohlantiruvchi Sanitariya Nazorati.
- Yangi qurilayotgan, kengaytirilayotgan va qurilgan ishlab chiqarish ob'ektlari ustidan.
- OSN gi texnologik jarayonlarni qo‘llashda, texnika apparatura, ximiyaviy moddalar ustidan.
2. Joriy Sanitariya Nazorati:
- ishlab turgan ob'ektlar ustidan sanitar norma va qonunlarga amal qilish nazorat usuli.
- sanitar rejali kontrol.
Ishlab chiqarish muxitiga zararli va xavfli omillarni miqdoriy baxolash.
Ishlash uslubi:
- sanitar gigienik, laborator, fiziologik eksperimental va statistik.
Asosiy muassasalar:
O‘zbekiston respublikasi SSV va SEO va JSX darajasi.
Respublika, viloyat, shahar va rayon SEO va JSX .
Ilmiy texnik taraqqiyot davri.
Ilmiy texnik taraqiyotining ijobiy natijasi mexnat sharoitini yaxshilashga olib keladi:

  • Mexnat og’irligini yengillashtirish

  • Yangi ishlab chiqarish korxonalari kasb paydo bo‘lishi.

  • Kompleks mexanizatsiya, avtomatizatsiya.

  • Atrof muxit muxofazasi(suv iste'molining yopiq sikli)

  • Ishlab chiqarishning unumdorligi oshishi

Salbiy (natijalar) oqibatlar.



  • Ish operatsiyalar maydoniga.

  • Yangi xavfli va zararli omillar paydo bo‘lishi va kuchayishi (ishlab chiqarish jarayonining inteksifikatsiyasi)

  • Eksperimental sharoitlarda ishlashning kengaytirilishi (suv ostida, balandlikda)

  • MNSda zo‘riqish kuchayishi, emotsional muxit.

Profilaktik choralar

  • Texnik va texnologik

  • Sanitar texnik

  • ish sharoitining og’irligi va zo‘riqishning kamaytirishga qaratilgan choralar.

  • Ish sharoiti ustidan sistematik kontrol

  • Dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklar o‘tkazish (Buyruk MZRO‘z № 300 )

  • Ijtimoyi masalalarni yechish

  • Soglom turmush tarzini targ’ibot qilish va boshqalar.

Asos bo‘luvchi qonuniy hujjatlar



  • O‘zR Konstitutsiyasi 1992 y

  • O‘zR “Fuqoralarni sog’ligini saqlash to‘g’risidagi qonun 1996 y

  • O‘zR “Aholini sanitar epidemiologik osoyishtaligini saqlash to‘grisida” qonun 2015 y

  • O‘zR “Mexnatni muxofaza qilish to‘grisida” qonun

  • O‘zR “Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini zararkunandalar va kasalliklardan saqlash to‘grisidagi” qonun 2000y

  • O‘zR ning mexnat kodeksi 1996 y

  • O‘zR ning vazirlar maxkamasining №133 sonli qaroriga binoan me'yoriy aktlarni tasdiqlash va mexnat kodeksiga tadbiq qilish.

1. Mexnat gigienasi bo‘yicha umumdavlat qonuniy me'yoriy xujatlar
- GM-gigienik me'yorlari
- SK – sanitar qoidalar

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling