Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


MAVZU: Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati haqida tushuncha


Download 3.23 Mb.
bet17/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

MAVZU: Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati haqida tushuncha

MAVZU REJALARI:


1.OSN xaqida tushuncha, uning maqsadi va vazifalari
2.Qurilish soxasidagi OSN ning asosiy bosqichlari
3.Loyixa materiallarining tarkibi, ularning vazifalari, loyixa chizmalarini o’qishning asoslari

MASHG’ULOTNING MAZMUNI


O’zR dagi Davlat sanitariya nazorati organlari ikki turdagi nazorat - ogoxlantiruvchi (OSN) va kundalik yoki joriy (JSN) sanitariya nazoratini amalga oshiradi. OSN ning vazifasiga u yoki bu ob’ektni foydalanishga topshirishgacha bo’lgan vaqtda gigienik talablarning bajarilishini nazorat qilish xisoblanadi ya’ni shu ob’ekt uchun loyixa tayyorlanish jarayonida gigienik talablarga amal qilinishi nazarda tutiladi. Qurilish soxasida OSN maqsadi xarqanday maqsad va vazifa uchun mo’ljallangan ob’ektni loyixalashtirish jarayonida gigienik talablarning buzilishiga yo’l qo’ymaslik xisoblanadi.
Turli vazifalarga mo’ljallangan binolar uchun ayrim umumiy talablar bir xil:
-bu binolar ifloslanmagan va botqoqlanib ketmaydigan joyda qurilishi kerak;
-etarlicha keng va yorug’ bo’lishi kerak;
-zararli iqlim va ob-xavo sharoitlaridan ishonchli ximoyalashi zarur;
-bino ichidagi xavo toza, changsiz, zararli gazlarsiz va patogen mikroorganizmlarsiz bo’lishi kerak;
-eng muvofiq mikroiqlimga ega bo’lishi zarur ;
-arxitektura va estetik jixatdan chiroyli jixozlangan bo’lishi kerak;
-yashash uchun qulay, komfort, tinch va dam olish sharoitini yaratadigan (turar-joy binolari), ishlash uchun eng zaruriy sharoitlarga ega bo’lishi kerak.
SHu bilan birga xarbir ob’ektning o’ziga xosligi (spetsifikasi), aniq gigienik talablarga rioya qilishni talab qiladi, va bu talablar O’zR qabul qilingan xarbir turdagi ob’ektlar uchun maxsus ishlab chiqilgan SanQ va M o’z ifodasini topgan. Xozirgi kunda respublikamizda 200 ga yaqin SanQ va M faoliyat ko’rsatapti, ularning aksariyat qismi turli ob’ektlarni loyixalash va qurishga bo’lgan talablarni belgilab beradi.
Quyida OSN uchun eng ko’p foydalaniladigan SanQ va M ning ro’yxati keltirilgan:
-O’zbekistondagi axoli yashash joylarini rejalashtirish va qurishga doir sanitariya qoidalari va meyorlari - №0003-93;
-O’zbekiston iqlim sharoitida turar-joy binolarini loyixalashdagi sanitariya qoidalari va meyorlari - №0004-93 va № 01467 - 04;
-O’zbekiston Respublikasida maktabgacha bolalar muassasalarining tuzilishi va mazmuniga doir sanitariya qoidalari -№ 0033-94;
-Davolash-profilaktika muassasalarini loyixalash, qurish va foydalanishga doir sanitariya qoidalari va meyorlari-;0054-96;
-Oziq-ovqatlarni sotish korxonalari uchun sanitariya qoidalari № - 0066-96;
-Bolalarni sog’lomlashtirish lagerlarini tuzilishi, tarkibi va undagi tartibni tashkil qilishga oid sanitariya qoidalari - №0071-97;
-Bolalar sanatoriyalarining tuzilishi, tarkibi va undagi tartibni tashkil qilishga doir sanitariya qoidalari - № 0072-97;
-Dorixonalarni jixozlash va foydalanishga doir sanitariya qoidalari va meyoyorlari - № 0078-98;
-Umumiy ovqatlanish muassasalariga sanitariya qoidalari -№0083-98;
-Kabristonlarning tuzilishi va tarkibiga sanitariya qoidalari-№0086-98;
-O’quvchilarni umumta’lim maktadlarida o’qitish sharoitlariga bo’lgan gigienik talablar -№0102-004;
-Akademik litseylar va kasb-xunar kolledjlarining tuzilishi, tarkibi, o’qitish tartibi, mexnatni muxofaza qilish bo’yicha sanitariya qoidalari -№ 0145-03;
-Jamoat xojatxonalarining tuzilishi va tarkibi va foydalanishga doir sanitariya qoidalari va meyoyorlari - №0151-04;
-Xammomlarni qurish, tarkibi, jixozlash va foydalanishga oid sanitariya qoidalari -№0154-04.

Qurilish soxasidagi ogoxlantiruvchi sanitariya nazorati quyidagilarni ko’zda tutadi:


1.Ob’ektni qurish uchun yer joy tanlashning to’g’riligini yer uchastkasini ajratishda ishtirok etadigan komissiya tarkibida bo’lib, bu xaqda bayonnoma tuzishda ishtirok etish orqali nazorat qilish.
2.Turli xildagi qurilish yoki ob’ektni qayta qurish uchun tuzilgan loyixalarni ekspertizadan o’tkazib, unga xulosa chiqarish.
3.Qurilish yoki qayta qurish jarayonida gigienik qoidalarning buzilmaganligini nazorat qilib borish va bu xaqda bayonnoma tuzish.
4.Ob’ektni foydalanishga qabul qilishda va bu xaqtda bayonnoma tuzishda ishtirok etish.

Ogoxlantiruvchi sanitariya nazoratida eng muxim va eng ma’suliyatli bo’lim loyixlarni ekspertizadan o’tkazish xisoblanadi, va u maxsus xujjatga muvofiq amalga oshiriladi.


Davlat sanitariya organlalari loyixani ekspertizadan o’tkazish uchun quyidagi xujjatlar taqdim etilishi kerak:
1.Kuzatuv yoki ilova xati.
2.Qurilish uchun maxallliy davlat xokimiyaim organlari tomonidan yer uchastkasining ajratilganligi xaqidagi qarori
3.Ob’ektning yer osti injenerlik kommunikatsiyalarini (suv tarmog’i, kanalizaiya, issiq suv tarmog’i, elektrlashtirish tarmog’i, gazlashtirish tarmog’i, telefon-aloqa tarmoqlari) shaxar yoki axoli yashash punktidagi markazlashgan tarmoqlarga ulanishi umkinligi xaqidagi spravka.
4.Texnik loyixa va ishchi chizmalari.
Texnik loyixa va ishchi chizmalari ustida ishlash eng murakkab xisoblanadi. Gigienik ekspertizadan o’tadigan loyixaning eng asosiy elementlar quyidagilardir: loyixaning tushuntirish xati, situatsion va bosh reja, ishchi chizmalar, xamda spetsifikatsiya chizmalari (suv ta’minoti tarmog’i, kanalizatsiya, ventilyatsiya, elektr ta’minoti va b.q.).
Tushuntirish xati. Bunda ob’ektning vazifasi, qaerda joylashishi, quvvati xaqidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi. Xatda quriilishi kerak bo’lgan ob’ektdagi binolarning ayrim elementlarining o’lchamlari, xajmi, sanitar-texnik jixozlari, bu elementlarning maxalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligi, binoning pardozlanishiga gigienik ta’riflar va jixozlarning spetsifikasi ta’riflanadi.
Tushuntirish xati bilan tanishilgandan keyin loyixa chizmalarini baxolash amalga oshiriladi.
Loyixalarni tekshirishdan o’tkazish uchun umumiy qabul qilingan shartli belgilarni bilish kerak (talabalarga bu belgilarni ko’rsatish va daftarlariga nusxa olishlari tavsiya etiladi).
Situatsion reja. Loyixalangan ob’ektni joydagi o’rnashadigan joyi va shu atrofdagi boshqa ob’ektlarga nisbatan tutgan o’rnini ko’rsatadi. Bu joy shaxar, viloyat yoki tuman markazi va xarqanday axoli yashash punkti bo’lishi mumkin. Loyixalangan ob’ekt shu axoli yashash punktining rejasiga muvofiq kelishi, atrof muxitga nomuvofiq ta’sir ko’rsatmaydigan bo’lishini ta’riflab, loyixaga asosan joyning relefi, shu atrofdagi yashil yoki ko’kalamzorlashtirilgan mavzelarga nisbatan va atrofdagi cho’l yoki botqoqliklarga nisbatan tutgan o’rnini baxolash mumkin.
Bosh yoki asosiy reja. Bu loyixalangan ob’ektning yer uchastkasining rejasi xisoblanadi. Bu chizmada quyidagilar ko’rsatilishi kerak: ob’ektning chegarasi, joydagi mavjud ob’ektlar va quriladigan ob’ektlar, ko’kalamzorlashtirish zonasi, yo’llar ifodalanadi. Uchastkaning bosh rejasi loyixalangan ob’ektning o’lchamlari (razmeri), shakli (konfiguratsiyasi), yo’l va yo’lkalarning tasviri, uchastkaning zonalashtirilishi, uchastka xududining obodonlashtirilishi, qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasining foizlardagi qiymati, binolar orasidagi masofalar, binoning orientaptsiyasi xaqidagi ma’lumotlar beriladi.
Situatsion va bosh rejaning eng asosiy elementlari qatoriga masshtab va shamollar gulining tasviri xisoblanib, u loyixadagi quriladigan ob’ektlarning o’zoro joylashishi va joydagi boshqa ob’ektlarga nisbatan joylashgan o’rnini baxolashga imkon beradi.
Qurilish chizmalari o’z tarkibiga quriladigan binolarning gorizontal kesmalarini, binolarning oldi tomoni (fasad) va vertikal kesmalarini, xamda spetsifikatsiya chizmalarini oladi.
Qavatlaroro reja binodagi ayrim xonalarning rejalashtirilishini, kirish yo’llarini, yordamchi xonalar va xojatxonalarning joylashishini, xonalarning pardozlanish tabiatini, jixozlar va ularning joylashgan o’rnini tasvirlaydi.
Binolarning oldi ko’rinishi va vertikal chizmasi veranda (ayvonlar) larning mavjudligi, binoga soya soluvchi ob’ektlar, bino podvalining chuqurligi (tsokol chuqurligi), deraza oynalarining balandligi va ularning shakli (konfiguratsiyasi), zinalarning qiyaligi, oyoq qo’yadigan xarbir zinaning chuqurligi, cherdak xonalarining balandligi va ularga chiqish yo’llarini ifodalaydi.
Loyixadagi sanitar-texnik qismning chizmalari (spetsifikatsiya) suv ta’minoti tarmog’ini, kanalizatsiyani, shamollatilishi, yoritilishi va b.q. ning loyixalarini ko’zda tutib, bu chizmalarning xarbiri o’ziga xos belgilari mavjud:
AS - arxitektura-qurilish;
VK - suv tarmogi, kanalizatsiya;
OV - isitilishi va shamollatilishi;
ES - elektr ta’minoti;
ST - kuchsiz tokli moslama va jixozlar (telefon, radio, signalizatsiya). Bu chizmalarning xarbirida faqat shu elementga xos belgilar to’liq ko’rsatilib, qolganlari sxemaga muvofiq ifodalanadi.
Tasvirlangan ob’ektning xaqiqiy o’lchamlari xaqida loyixada keltirilgan ma’lumotlar yoki masshtabdan foydalangan xolda to’liq ma’lumot olish mumkin.
Loyixalarni ekspertizadan o’tkazishda sanitariya vrachi ko’pincha situatsion va bosh reja rejani ko’zdan kechirib, ob’ektning ichki rejalashtirilishi ko’rib chiqish, sanitar-texnik jixozlarni baxolash (xonalarning shamollatilishi, yoritilishi) ni bajaradi. Bularning xammasiga baxo berish loyixalangan ob’ektning vazifasidan kelib chiqqan xolda, soxaga doir SN i P-qurilish meyorlari va qoidalari va San Q va M ga muvofiqligi baxolanadi.



Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling