Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi
Xar bir bo‘limni tushuntirishda ma'ruza matnida misollar keltirilgan
Download 3.23 Mb.
|
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Maruza mazmunini o‘zlashtirishni nazorat uchun talabalarga savollar
- MAVZU: Mehnat faoliyatining zamonaviy shaklini fiziologik-gigienik o ‘ziga xosligi
6. Xar bir bo‘limni tushuntirishda ma'ruza matnida misollar keltirilgan.
7. Ko‘rgazmali materiallar: - Jadvallar - Multimediya, Slaydlar 8. Xulosa: Ma'ruzada keltirilgan materiallar mexnat gigienasi faniga kirish va o‘rganishda katta axamiyatga ega va mexnat gigienasi vazifalarini o‘rganish dolzarb masalalariga kiradi. 9. Ma'ruza mazmunini o‘zlashtirishni nazorat uchun talabalarga savollar: 1 Mexnat gigienasi fanini umumiy va xususiy mexnat gigienasi ifodasi. 2 Rivojlanishda xissa qo‘shgan olimlar. 3 O‘zbekiston Respublikasi fani rivojlanishiga xissa qo‘shgan olimlar. 4 Zararli va xavfli omillar tasnifi. 5 Mexnat gigienasi vrachi ish shakllari, ish uslublari va asosiy muassasalar. 6 Profilaktik choralar. 10. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Alekseev S.V., Usenko V.A. Mexnat gigienasi 1998 y 2. “Mexnat gigienasi bo‘yicha qo‘llanma” 1987y 3. Mexnat gigienasi bo‘yicha spravochnik 1976 y 4. “Gigiena” Demidenko N.M. 2002 y MAVZU: Mehnat faoliyatining zamonaviy shaklini fiziologik-gigienik o ‘ziga xosligi Mexnat fiziologiyasi fani- mexnat gigienasi fanining bo’limi turli xil mexnat faoliyatida bo’lib ishlovchilar organizmida sodir bo’ladigan funksional xolatini o’rganadi. Mexnat fiziologiyasining asosiy vazifalari-bu mexnat faoliyatlarida fiziologik xususiyatlarini o’rganish, xozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchilarni ish qobiliyati dinamikasini kuzatish, mexnat faoliyatining turli jarayonlarida ishni og’irlik darajasini baxolash,mexnat keskinligini aniqlash, mexnatni ilmiy tashkil etishni fiziologik va ergonomik asoslarini yaratish, ish xolatlari, ish joylarini tashkillashtirish, mexnat va dam olish funksional tartibini yaratish orqali ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. MEXNAT FIZIOLOGIYASINING RIVOJLANIShI. Mexnat xammadan avval ijtimoiy kategoriyadir.Mexnat bu-iste'mol qiymatlarini vujudga keltirish uchun qilinadigan faoliyatdir. Fiziologik tomondan bu kishi organizmining funksiyasi va bunday funksiyaning xar biri uning mazmuni va formasi qanday bo’lishidan qat'iy nazar,aslida kishi miyasining, nervlarning,muskullarining,sezgi organlarining va shu kabilarining sarf qilinishidir.Mexnat jarayonida organizm xayot funksiyalarning o’zgarishini mexnat fiziologiyasi o’rganadi. Mexnat fiziologiyasining vazifasi-mexnat faoliyati vaqtida yuz beradigan protsesslarni o’rganishasosida,odamning ish qobiliyatini oshiradigan va sog’lig’ini chiniqtiradigan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. I.P.Pavlov odamning xayotida fiziologiyaning roliga katta baho bergan va Fiziologlar oldiga mexnatni yuqori unumli bo’lishi uchun va mexnatkashlarning xayotiy kuchini saqlab qolish uchun zarur sharoitlarni vujudga keltirish masalalarini qo’ygan. Fiziologiya bizni to’g’ri, samarali xamda xavas bilan ishlashga,dam olishga, ovqatlanish va boshqalarga borgan sari to’laroq va mukammalroq ravishda o’rgatib boradi". I.P.Pavlov kashf qilgan oily nerv faoliyati qonunlarin ijodiy qo’llanish, mexnat unumini oshishiga va mexnatning ilg’or yangi shakllarini o’zlashtirishga yordamlashadigan soglomlashtirish choralarini axamiyatli ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Mexnat vaqtida odam va tabiat o’rtasida o’zaro munosabat tegishli shartli reflekslar ishlab chiqish yo’li bilan oily nerv faoliyati tomonidan idora etilib turadi. Shartli reflekslar paydo bo’lishida quyidagi xodisalar yuz beradi: 1. Tashqi dunyo omilining ta'siri 2.Ta'sirga javoban reflector reaksiya Xayvonlar ustida tajriba qilinganda shartli reflekslar reaksiyasi xayvonga ovqat berish yoki og’ziga bemaza moddalarni quyish bilan olib boriladi. Birinchi navbatda shartli refleks shartsiz ovqatlanish refleksii asosida paydo buladi. Odamning ish faoliyatidagi reflekslarning paydo bo’lishi esa butunlay boshqachadir Birinchidan bunda shartli indeferent(farksiz)signal rolini,boshka xodisalar Bilan birga,Suz, shuningdek odamga tushunarli bo’lgan mexnat maqsadi, demak, ikkinchi signal sistemasining ta'sirlari o’ynaydi: ikkinchidan bunday javob reaksiyasi ma'lum ish xarakati sifatida ifodalanadi:uchinchidan,shartli refleks emas, balki butun jamiyat uchun axamiyatli bo’lgan foydali natijaga erishish mustaxkamlovchi omil bo’ladi. Bosh miya po’stlogini idora qiluvchi roli shundan iboratki,pustloq tashqi muxit signallarini analiz kiladi, aktual shartli reflekslarni odam tushunadigan, mexnat maqsadini qo’lga kirgizishga qaratilgan umum bir reflektor faoliyatga birlashtiradi. Mexnat protsessida organizmning xamma funksiyalari ya'ni mushak faoliyati, oksidlanish-qaytarilish protsesslar va boshqalar keskin ravishda o’zgaradi. Ish boshlanishidan ilgari,faqat ish joyiga kelish bilanoq odam funksiyalari tegishli ravishda o’zgaradi.Odatda puls tezlashadi va bir minutda sarf qilingan miqdori oshadi.Funksiyalarning shartli reflektor o’zgarishida oliy nerv faoliyatining "ishga solish mexanizmlari" xarakatga keladi. Katta yarim sharlar pustlogining ishga solish ta'sirlari organizmning tinch xolatidan,faoliyatli xolatga keltiradi. yoki shu paytgacha ichki ta'sirotlar ostida o’tayotgan faoliyatni keskin ravishda kuchaytiradi. Lekin katta yarim sharlar pustlogi ishga solgan organlarga xam ta'sir qilishni davom etadi. Miya po’stlogidan kelgan impulslar ishlayotgan organlarga ta'sir qilgan chogda, pustloq uyg’unlashtirish ta'sirini ko’rsatadi. Katta yarim sharlar pustlogidagi ishga solish va uyg’unlashtirish mexanizmlarning oksidlash protsesslariga qanday ta'sir qilishini kurib chiqamiz. Tinch xolda korbanat angidrid ajralishi va kislorod yutilishi odamga 1 soatda 1kg ogirlikda 1 katta kaloriyaga yaqin miqdorda issiqlik energiyasi paydo bulishga to’g’ri keladi(minutiga 200-250 smZ ga yaqin kislorodning iste'mol qilinishi). Ish boshlanishidan ilgari sex sharoitlarida nafas bilan chiqqan xavoni tekshirib kislorod iste'mol qilinishining va karbonat angidrid ajralib chiqishining shartli reflektor yusinda oshganligiga ishonish mumkin. Mas:xali ish boshlamagan paytda o’tkazilgan bir tekshirishda sex binosida tekshiriladigan odamlarda 1 min. kub santimetrlar xisobida kislorod iste'mol qilinishi kerak. Tashqi muxitdan kelayotgan shartli ta'sirotlarga qarab xar xil bo’lishini ko’rsatadigan quyidagi qiyosiy miqdorlar olinadi(1-jadval) Ish boshlanguncha kislorod iste'mol qilish darajasining bu o’zgarishlarida Katta yarim sharlar pustlogini ishga solish, regulyasiya qilish ta'siri namoyon buladi. Ish boshlanishi bilan modda almashinishi protsesslarining o’z-o’zidan regulyasiya qiladigan shartsiz reflektor mexanizmi ishga tushadi,jumladan, kislorod iste'mol qilinishi yanada ko’prok darajada oshadi. Jadal ish natijasida paydo buladigan modda almashinish maxsulotlari qon oqimiga kirib, qon bilan birga nerv sistemasiga o’tadi, bu yerda nafas markaziga ta'sir kiladi. Qon tarkibi uzgarishi va nafas markazi ta'sirlanishi natijasida o’pka ventilyasiyasi va kislorod yutilishi oshadi. Tekshirish o’tkazish vaqti Tekshirilgan kishilarda 02 farqi Sexda oldingi smenaning "yet" brigadasida ishlagan vaqtda ish kuni boshlanguncha Oldingi brigada ketib,sex-da ish bulmagan vaktda, smenalar o’rtasidagi tanffusda o’z brigadasi ish o’rnini tayyorlayotganda, ish kuni boshlanishdagi davrda brigadir ishni tez tugatishni talab qilgan va ishning eng qizg’in davrida ish vaqtida organizmdagi bioximik jarayonlar katta yarim sharlar pustlog’ining nazorati ostida bulaveradi. Mae: boshlangan ishni odatdagi vaqtdan ilgari to’xtashi yoki,aksincha, ishni uzaytirish yo’li bilan buni tekshirish mumkin. Odatda ishni tuxtatgandan keyin, tiklanish jaraeni tufayli, kislorod iste'mol qilinishi sekin-asta va qonuniy ravishda kamayadi. Agar ish oldinroq tamom bo’lsa,birinchi minutda kislorod iste'mol qilish darajasi ish vaqtida ishlatilgan darajaga yaqin turadi. Agar ish odatdagidan uzoqroq cho’zilsa, ish cho’zilib ketgan birinchi minutda iste'mol qilingan kislorod miqdoriga yaqin bo’ladi. Bu o’zgarishlar katta yarimsharlar pustlog’ining kortikal uyg’unlantiruvchi ta'sirining stereoti yuzaga chiqadi. 6. Amaliyotdan misollar 7. Ma'ruzaning ko‘rgazmali qurollar. 7.1. San Pin 0041- 03 7.2. Davlat sanitariya nazorati haqidagi qonun» 3 iyul 1992 yil 7.3. San M va Q 02 03- 06 Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling