modda. Tahlim shart-sharoitlarini tartibga soluvchi sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etilishiga doir talablar
Tahlim muassasalarida tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etilishi kerak.
modda. Meҳnat sharoitlariga doir talablar
Ish beruvchilar ishlab chikarish binolariga va sanitariya-maishiy binolarga, ishlab chikarish jarayonlariga, texnologik uskunalarga, ish joylarining tashqil etilishiga, xodimlarning meҳnat qilish, dam olish tartibiga hamda xodimlarga maishiy xizmat ko’rsatilishiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishi shart.
modda. Maxsus ekspertizalar o’tkazish
Axolining va aloxida shaxslarning sog’lig’i hamda kasallanish ҳolatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigienik turlari va boshqa turlari, shuningdek loyiҳa hujjatlarining, texnik hujjatlarning hamda boshqa hujjatlarning, uskunalarning, asboblar hamda apparatlarning, kimyoviy moddalarning, turli birikmalarning, materiallar va muxitlarning, ozik-ovkat xom ashyosi va ozik-ovkat maxsulotlarining, sanoat buyumlarining, radioaktiv materiallarning, radiatsiyaviy texnikaning ekspertizalari davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, ilmiy-tadkikot, oliy tahlim muassasalari hamda boshqa tashqilotlar tomonidan buyurtmachining mablaxlari ҳisobidan o’tkaziladi.
Maxsus ekspertizalarni o’tkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalarining hamda ekspertlarning ҳukuk va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
bob. Sanitariya-gigiena tadbirlarini va epidemiyaga karshi tadbirlarni tashqil etish xamda o’tkazish
modda. Sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga karshi tadbirlar
Sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga karshi tadbirlar kuiidagilarni uz ichiga oladi:
O’zbekiston Respublikasi ҳududining sanitariya muxofazasi;
yuqumli va parazitar kasalliklar uchoklarida o’tkaziladigan chora- tadbirlar;
profilaktik emlashlar o’tkazish;
dezinfektsiya tadbirlari;
majburiy tibbiy kuriklar;
fukarolarni gigienik ukitish va tarbiyalash.
Sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga karshi tadbirlar qonun hujjatlariga muvofik boshqa tadbirlarni ham uz ichiga olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |