Texnologiy


Download 3.9 Mb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1576938
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-мавзу


. TEXNOLOGIYALAR, TEXNIK VOSITALAR VA MATERIALLAR HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
1.1. Texnologiyalar va texnika vositalari
Zamonaviy talqinda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarish texnologiyasi tushunchasi eng kam mehnat va xarajat bilan optimal hosilni olish uchun o‗simlik, tuproq va ularning atrof-muhitiga fizikaviy, mexanik va kimyoviy ta‘sirlarning jamlanmasini anglatadi.
O‗z navbatida o‗simlik tushunchasi ekin turi, xilma-xilligi, o‗sish va rivojlanish sharoitlariga qo‗yiladigan talablar bilan tavsiflanadi.
Tuproq - bu yerning unumdor bo‗lgan sirtqi qatlami. Tuproqlar kimyoviy va mexanik tarkibi bilan farq qiladi. O‗simliklarning jadal
o‗sishi va rivojlanishi, ularni ozuqa moddalari va namlik bilan ta‘minlash uchun tuproq ma‘lum talablarga javob berishi kerak.
Tuproqqa va o‗simliklarga ta‘sirlar ketma-ketligi odam, oziq-ovqat yig‗ishdan dehqonchilikga o‗tgan paytdan boshlab yuzaga keldi: bu yerga ishlov berish, ekin ekish (o‗tqazish), unga va tuproqqa qarovni amalga oshirish va hosilni yig‗ishtirib olishdir. Ammo, ushbu
operatsiyalarni bajarish usullari, vositalari va energiya manbalarida katta o‗zgarishlar yuzaga keldi. Shuning uchun operatsiyalarni bajarish usuli bo‗yicha qishloq xo‗jalik ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‗l kuchida,
otda - qo‗l kuchida, mexanizatsiyalashgan - qo‗l kuchida,
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan turlarga bo‗lish mumkin. Qanchalik g‗alati tuyulmasin, bu barcha texnologiyalar qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida XXI asrda ham saqlanib qolmoqda. Odamlarning shaxsiy tomorqalarida va mayda konturli dehqon xo‗jaliklarida ishlarni qo‗lda yoki otda - qo‗l kuchida bajarish texnologiyalari ustun turadi (kartoshka va ozuqa ishlab chiqarishda). Issiqxonalarda esa allaqachon avtomatlashtirilgan mikroiqlim va o‗simliklarning oziqlanishini boshqarish tizimlaridan foydalanilmoqda.
Bugungi kunda qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashgan texnologiyalari eng keng tarqalgan. Mahsulot ishlab chiqarishning turlashtirilgan bazaviy texnologiyalari mavjud - bu
ma‘lum bir turdagi mahsulotni, masalan, mamlakatning bir nechta mintaqalarida ishlatilishi mumkin bo‗lgan don hosilini yetishtirishning eng yaxshi texnikasi va usullarining to‗plamidir. Zonal texnologiyalar - O‗zbekistonning o‗ziga xos tabiiy-iqlim zonalari uchun asosiy yoki maxsus ishlab chiqilgan texnologiyalarning variantlari hisoblanadi. Muayyan texnologiya uchun mashinalarning texnologik majmuasi tushunchasida - biror aniq ishlab chiqarish texnologiyasini to‗liq amalga oshiradigan, qamrov kengligi, ish unumi, agregatlanadigan energiya vositalari bo‗yicha o‗zaro bog‗liq bo‗lgan alohida mashinalar va uskunalar to‗plami nazarda tutilgan.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, avvalo, mehnat qurollarining takomillashuvi bilan bog‗liq. Chunki mexanik mehnat qurollari mehnat unumdorligini keskin oshuvi, ishlab chiqarish ko‗lami kengayishi, mahsulot birligiga xarajatlar qisqaruviga olib keladi.
Mexanik ishlab chiqarish vositalari tarkibida traktorlar va kuch beruvchi mashinalarning o‗rni beqiyos. Shu bilan birga, ish mashinalarining xususiyati qishloq xo‗jaligi ekinlariga ishlov berish texnologiyasini tarkib toptirishda asosiy omildir. Chunki, ish bajaruvchi mashinalarning xususiyati va ularning samaradorlik ko‗rsatkichlariga ko‗ra, kuch beruvchi mashinalarni yaratish talab etiladi. Qishloq xo‗jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish turli mashinalarni bir tartibda - tizimda qo‗llash zaruratini yuzaga keltiradi. Qishloq xo‗jaligidagi ish jarayonlarini mexanik vositalar yordamida bajarilishiga mexanizatsiyalash deyiladi.
Ish jarayonlarning ko‗pchiligida va ayniqsa, asosiy jarayonlarda mexanik vositalarni qo‗llash, ishlarni qo‗l o‗rniga mashinada bajarish kompleks mexanizatsiyalash deyiladi. Mahsulot yoki uning ayrim asosiy qismini yetishtirish bilan bog‗liq bo‗lgan hamma ish jarayonlarining qo‗l mehnati ishtirokisiz faqat mashinalar yordamida bajarilishi avtomatlashtirish deyiladi.
Biron mahsulot yetishtirishda kompleks mexanizatsiya yoki avtomatlashtirishni amalga oshirish uchun mashinalar tizimi bo‗lishi lozim.
Qishloq xojaligida mashinalar tizimi - biror mahsulot yetishtirish jarayonidagi o‗za‘ro ketma-ket keladigan ish jarayonlarida qo‗llaniladigan, bir-birini to‗ldiradigan, miqdori va unumi jihatdan bir- biriga mutanosib turli ish bajaruvchi va kuch beruvchi mashinalarning o‗zaro birligi yoki jamlanmasidir.
Qishloq xo‗jaligida mashinalar tizimi turli tarmoqlarda, ekinlar guruhlari bo‗yicha turlicha bo‗lib, ularda qo‗llaniladigan texnologiyalar xususiyatidan kelib chiqadi. Texnologiyaning tubdan o‗zgarishi, o‗z navbatida, mashinalar tizimiga o‗zgartirishlar kiritishni taqozo etadi. Qishloq xo‗jaligida mashinalar tizimini yaratishda unga qo‗yiladigan talablar hisobga olinishi kerak. Bu talablar quyidagilar:
1. Tizimga kiritilgan mashina uskunalarining soni, unumi jihatidan bir-biri bilan uyg‗unlashgan bo‗lishi. Ish bajaruvchi mashinalar o‗zaro va kuch beruvchi mashina quvvatiga mos kelishi lozim.
2. Ish bajaruvchi mashinalar kombinatsiyalashgan bo‗lishi, ya‘ni bir mashinaning o‗zida bir vaqtda bir necha jarayonni bajarish mumkin bo‗lishini ta‘minlashi kerak.
3. Ish va kuch beruvchi mashinalarning universalligini oshirish, ya‘ni mashina uskunalardan turli ekinlarda, turli ish jarayonlarida foydalanish imkononiyati mavjud bo‘lishi zarur.
Mashinalar universalligining oshuvi korxonaning kam sonli mashina va uskunalar bilan ko‗proq ishlarni bajarish, buning natijasida mahsulot birligini yetishtirish uchun kamroq xarajat qilishi imkonini beradi.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarining o‗ziga xos xususiyatlariga ko‗ra korxona biznes rejalarining muvaffaqiyatli bajarilishi mashina va uskunalarga talab to‗g‗ri aniqlanishi, talab esa korxonaning ixtisoslashishi, joylashishi, intensivlik darajasi, erishilgan va rejalashtirilayotgan mehnat unumdorligi darajasiga hamda mavjud iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, bajarilishi ko‗zda tutilgan ishlar hajmi va ularni bajarish muddatlariga bog‗liq. O‗z navbatida bajariladigan ishlarning hajmi o‗simlikshunoslik tarmoqlarida ekinlar tarkibi va hosildorligi, ekin maydonlari va qabul qilingan agrotexnika usullariga bog‗liq bo‗ladi. Bundan tashqari ishlarning umumiy hajmi korxonada boshqa sohalarda bajarilgan ishlarni ham o‗z ichiga oladi.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling