Texnologiy
Download 3.9 Mb.
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- C h o „ y a n .
- P o „ l a t .
1.3. Mashinasozlikda ishlatiladigan asosiy materiallar
Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar ish jarayoni davomida ishonchli ishlashi hamda tannarxi arzon, texnologik jihatdan tayyorlash oson bo‗lishi lozim. Asosiy mashinasozlik materiallariga qora, rangli va metallmas materiallar kiradi. Cho„yan. Bu temir (92% gacha), uglerod (2,14% dan 5% gacha) hamda kremniy (4,3% gacha), marganes (2% gacha), oltingugurt (0,07% gacha), fosfor (1,2% gacha) aralashmalaridan tashkil topgan. Cho‗yandan turli vazifalarni bajarishga mo‗ljallangan buyumlarni ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Cho‗yanning asosiy xususiyatlariga - arzonligi, quyma detallar olishning qulayligi, mustahkamligi va qattiqligi kiradi. Cho‗yan murakkab shaklli va yetarlicha mustahkam detallar tayyorlash zarur bo‗lgan hollarda ishlatiladi. Po„lat. Mashinasozlikda ishlatiladigan po‗lat materiallar uglerodli va legirlangan po‗latlarga ajratiladi. Tarkibida ko‗pi bilan 0,6% (ayrim hollarda 0,85% gacha yetadi) uglerod bo‗lgan po‗latlarga konstruksion uglerodli po‗latlar deyiladi. Konstruksion uglerodli po‗latlar sifatiga ko‗ra oddiy va sifatli guruhlarga bo‗linadi. Oddiy po‗latlar muhim bo‗lmagan qurilish konstruksiyalarini, mahkamlash detallarini, parchin mixlar, relslar, vallar, kulachoklar va hokazolarni tayyorlashda ishlatiladi. Sifatli konstruksion uglerodli po‗latlarda oltingugurt miqdori 0,04% gacha, fosfor esa 0,35% gacha, 0,25% nikel, 0,35% gacha xrom bo‗ladi. Sifatli konstruksion po‗lat materiallar texnikalarda ko‗p ishlatiladi. U oddiy po‗latdan mustahkamligi yuqoriligi hamda zarbali kuchlarga chidamliligi bilan farq qiladi. O‗rtacha uglerodli po‗latlarga 40, 45, 50 markali po‗lat materiallar kiradi. Bunday po‗latlar mustahkamligi yoki sirtining qattiqligi yuqori bo‗lgan, shuningdek o‗rtacha yuklangan, lekin ishqalanib yeyiladigan detallar tayyorlash uchun mo‗ljallangan. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling